Hamda ular: “Sen faqat Robbimizdan bizga kelgan aniq oyatlarga iymon keltirganimiz uchun bizlardan oʻch olmoqdasan. Ey Robbimiz, bizlarga sabru toqat yog‘dirgan va Senga taslim boʻlganlar qatorida jonimizni olgin”, – dedilar.
От искомого вами масдар-узак ص ب ر образовано 103 аятов.
sabr bilan, biz chiday olmaymiz, sabr bilan, sabr qiluvchilar bilan, sabr qiluvchilarni, jasurdilar, va sabr qiladilar, sabr, sabr qiluvchilar, sabr qiladi
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Hamda ular: “Sen faqat Robbimizdan bizga kelgan aniq oyatlarga iymon keltirganimiz uchun bizlardan oʻch olmoqdasan. Ey Robbimiz, bizlarga sabru toqat yog‘dirgan va Senga taslim boʻlganlar qatorida jonimizni olgin”, – dedilar.
Muso oʻz qavmiga: “Allohdan yordam soʻranglar va sabr qilinglar. Yer yuzi barchasi Allohnikidir. Uni Oʻz bandalaridan xohlagan kishiga meros qilib beradi. Oqibat esa Allohdan qoʻrqqanlar uchundir”, – dedi.
Bechorahol boʻlib yurgan Muso qavmini Biz barakatli qilgan yerning g‘arbu sharqini meros qilib berdik. Shunday qilib, sabr qilganlari tufayli bani Isroil avlodlariga Robbingni bergan chiroyli soʻzi qaror topdi. Firʼavn va uning qavmi yasagan binolarni va baland qilib koʻtargan qasrlarini yer bilan yakson qildik.
Allohga va Uning Rasuliga itoat qilinglar va oʻzaro ixtilofga tushib tortishmanglar. Aks holda, sustlashib, kuch-quvvatingiz ketib qoladi. Sabr-toqatli boʻlinglar, Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.
Allohga va Uning Rasuliga itoat qilinglar va oʻzaro ixtilofga tushib tortishmanglar. Aks holda, sustlashib, kuch-quvvatingiz ketib qoladi. Sabr-toqatli boʻlinglar, Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.
Ey Payg‘ambar! Moʻminlarni dushmanga qarshi jangga chorlang! Agar sizlardan yigirma nafar sabrli moʻmin kishi boʻlsa, ikki yuz nafar dushman ustidan g‘alaba qiladi. Bordi-yu sizlardan yuz nafar boʻlsa, unda ming nafar kofir kimsalarga g‘olib keladi. Buning sababi esa, ularning fahmlamaydigan qavm ekanliklaridandir.
Endi esa Alloh sizlardan yukni yengillashtirdi va sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, agar sizlardan yuzta sabrli moʻmin boʻlsa, endi ikki yuzta kofirni yengadi. Bordi-yu sizlardan ming nafar boʻlsa, Allohning izni bilan ikki ming nafarni yengadi. Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.
Endi esa Alloh sizlardan yukni yengillashtirdi va sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, agar sizlardan yuzta sabrli moʻmin boʻlsa, endi ikki yuzta kofirni yengadi. Bordi-yu sizlardan ming nafar boʻlsa, Allohning izni bilan ikki ming nafarni yengadi. Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.
Ey Rasulim, siz, faqat oʻzingizga vahiy qilingan narsaga ergashing va toki Alloh hukm qilguncha sabr qiling. Albatta, U hukm qiluvchilarning eng yaxshisidir.
Lekin og‘ir kunlarda sabr qilgan va yaxshi amallarni, qiladigan zotlar borki, ana ular uchun mag‘firat va ulkan mukofot bordir.
Ey Muhammad, bular Biz sizga Qurʼonda vahiy qilayotgan g‘ayb xabarlaridandir. Bularni oldin siz ham qavmingiz ham bilmas edingiz. Bas, kofirlarning sizga yetkazayotgan ozorlariga sabr qiling. Albatta, goʻzal oqibat Allohdan qoʻrquvchi kimsalar uchundir.
Sabr qiling, bas, albatta, Alloh goʻzal ish qiluvchilarning mukofotini zoe qilmaydi.
Uning koʻylagi ustiga bir chorva hayvonining qonini surib soxta qon bilan keltirdilar. Yaʼqub oʻg‘illariga qarab: “Yoʻq, sizlarga nafsingiz bu yomon ishni qilishga undagan. Bas, mening vazifam chiroyli sabr qilishdir. Nima ham deyman, siz taʼriflayotgan voqealarga chidash uchun Alloh menga madadkordir.
Yaʼqub ularga: “Aksincha, sizlarga nafsingiz yomon ishni chiroyli qilib koʻrsatibdi. Endi mening ishim chiroyli sabr qilmoqdir. Shoyad, Alloh ularning ikkovini jamlab yana bag‘rimga keltirsa. Albatta, U hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir”, – dedi.
Ular dahshatga tushib: “Sen oʻsha Yusufmisan?” – deb soʻradilar. Yusuf ularga qarab: “Ha, men Yusufman, bu esa ukamdir. Darhaqiqat, Alloh bizni yana birlashtirib marhamat qildi. Albatta, kimda-kim Allohdan qoʻrqsa va sabr qilsa, shubhasiz, Alloh xayrli ish qiluvchilarning ajrini yoʻqqa chiqarmaydi”, – dedi.
Ular Robbilarining roziligini istab turli mashaqqatlarga sabr qiladigan, namozlarini toʻliq qoim qiladigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan bildirmay va bildirib ehson qiladigan hamda yomonlikni yaxshilik bilan qaytaradigan solih kimsalardir. Aynan ular uchun oxirat diyorining goʻzal oqibati bor.
Alloh yoʻlida har qanday mashaqqatlarga sabr qilib oʻtganlaringiz uchun endi bu yerda sizlarga salomatlik boʻlgay. Oxirat diyorining oqibati naqadar yaxshi!
Darhaqiqat, Biz Musoni oyatlarimiz bilan bani Isroil qavmiga yuborib unga: “Qavmingni kufr zulmatlaridan iymon nuriga olib chiq va ularga Allohning oʻtmishdagi xalqlar boshiga solgan falokat kunlarini eslatib qoʻy”, – dedik. Albatta, mana bunda har bir sabrli va shukr qiluvchi kishi uchun alomatlar bordir.
Nima uchun bizlarni toʻg‘ri yoʻlimizga hidoyat qilgan Allohga tavakkul qilmas ekanmiz?! Albatta, biz yetkazgan aziyatlaringizga sabr qilamiz. Tavakkul qiluvchilar, faqat Allohga suyansinlar.
Qiyomat kunida barcha odamlar Allohning huzuriga chiqdilar. Takabburlik qilgan kimsalarga bechorahol ergashuvchilar: “Bizlar dunyo hayotida sizlarga tobe edik, endi sizlar bizlarni Allohning biror azobidan qutqaruvchi boʻla olasizlarmi?” – dedilar. Shunda ular: “Agar Alloh bizni haq yoʻlga hidoyat qilganida, biz ham sizlarni hidoyat qilgan boʻlar edik. Endi esa, dod-faryod qilamizmi yoki sabr qilamizmi, biz uchun baribir. Bizga endi qochishga joy yoʻq”, – dedilar.