Biz faqat Sengagina ibodat qilamiz va doimo Sendangina madad soʻraymiz.
Siz qidirgan إِيَّا masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 24 ta oyat mavjud.
faqat senga, faqat sendan, va faqat mendan, va mendan, yolg'iz unga, va sizga ham, yolg'iz Unga, ularni, va meni ham, unga
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Biz faqat Sengagina ibodat qilamiz va doimo Sendangina madad soʻraymiz.
Biz faqat Sengagina ibodat qilamiz va doimo Sendangina madad soʻraymiz.
Ey bani Isroil avlodlari, sizlarga avvallari inʼom etgan neʼmatimni esga olinglar. Menga bergan ahdga vafo qilinglar, shunda Men ham sizga bergan ahdga vafo qilaman. Hamda yolg‘iz Mendangina qoʻrqinglar.
Sizlarning oldingizdagi Tavrot va Injilni tasdiqlovchi qilib tushirganim Qurʼonga iymon keltiringlar. Eng birinchilardan boʻlib, unga ishonmasdan kufr keltiruvchi boʻlmanglar. Hamda oyatlarimni oʻtkinchi dunyo manfaati deb, arzimas bahoga almashtirib sotmanglar va faqat Mendangina qoʻrqinglar.ni botilga aralashtirmanglar va oʻzingiz uni Allohdan ekanligini bilib turgan holda haqiqatni odamlardan yashirmanglar.
Ey iymon keltirganlar, Biz sizlar uchun rizq qilib bergan neʼmatlarimizdan halol va pokizalarini tanlab yenglar. Agarda yolg‘iz Ungagina qullik qiluvchi boʻlsangizlar, unda Allohga shukr qilinglar.
Osmonlar va Yer yuzidagi barcha mulk Allohnikidir. Sizlardan avvalgi kitob berilgan kimsalarga ham, sizlarga ham, Allohdan qoʻrqinglar, deb buyurganmiz. Agarda iymon keltirmay, kufr yoʻlida ketsangizlar, bilib qoʻyinki, osmonu Yerdagi barcha narsa Allohnikidir. Shubhasiz, Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘ani va maqtovga sazovor – Hamid Zotdir.
Yoʻq, Uning oʻzigagina iltijo qilgan boʻlardinglar. Alloh xohlasa, balodan qoʻrqib iltijo qilayotganingizni daf qiladi. Sizlar esa shirk keltirib yurganlaringizni unutib yuborasizlar.
Ey Rasulim, ularga: “Kelinglar, Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni oʻqib beraman. U Zotga hech narsani sherik qilmanglar. Ota-onaga yaxshilik qilinglar. Kambag‘allikdan qoʻrqib farzandlaringizni oʻldirmanglar. Biz sizlarga ham, ularga rizq beramiz. Buzuq ishlarning oshkorasiga ham, undagi yashirinchasiga ham yaqinlashmanglar. Alloh oʻldirishni man qilgan jonni nohaq oʻldirmanglar. Shoyad, aql yuritsangiz, deb Alloh sizlarga bularni tavsiya qildi”, – deb ayting.
Muso tayin qilgan vaqtimizga kelish uchun qavmidan buzoqqa sig‘inmagan yetmish kishini tanlab oldi. Shunda ularni shiddatli zilzila tutdi. Keyin Muso: “Ey Robbim, agar istasang edi, ularni ham, meni ham oldinroq halok qilgan boʻlarding. Nahotki oramizdagi baʼzi bir nodonlarning qilmishlari tufayli bizlarni halok qilasan?! Albatta, bular Sening bizga bergan sinovingdir. Sen u sinov bilan xohlagan kishingni yoʻldan adashtirasan va xohlagan kishingni hidoyatga boshlaysan. Yolg‘iz Sen bizlarning egamizsan. Shunday ekan, bizlarni kechir va bizlarga rahm qil. Sen mag‘firat qiluvchilarning eng afzalisan”, – dedi.
Ibrohimning oʻz otasi uchun istig‘for soʻrashi esa faqat unga qilgan vaʼdasi tufayli edi. Unga otasining, shubhasiz, Allohning dushmani ekanligi aniq boʻlgandan keyin undan voz kechdi. Albatta, Ibrohim nola uruvchi qalbi yumshoq insondir.
Barchalarini oʻsha qiyomat kunida toʻplaymiz, soʻngra shirk keltirganlarga: “Sizlar va Allohga sherik qilib olgan but-sanamlaringiz joyingizda turinglar!” – deb ularning oralarini ajratamiz. Shunda sig‘inilgan sheriklari: “Aslida sizlar bizga sig‘inmas edingiz va hatto biz buni sezmas edik”, – deb aytadilar.
Sizlar Undan boshqa, oʻzingiz va ota-bobolaringiz uni nomlab olgan, Alloh ular haqida hech qanday dalil tushirmagan but ismlariga ibodat qilyapsizlar. Hukm faqat Allohning Oʻziga xosdir, U faqat Oʻzigagina ibodat qilishingizni buyurgan. Eng toʻg‘ri din mana shudir. Lekin odamlarning koʻplari buni bilmaydilar.
Alloh taolo: “Ikki xudo qilib olmanglar! Albatta, U yagona ilohdir! Bas, Mendangina qoʻrqinglar”, – dedi.
Bas, ey moʻminlar, Alloh sizlarga rizq qilib bergan neʼmatlardan halol va pokizasini yenglar hamda agar Uning Oʻzigagina ibodat qiluvchi boʻlsangiz, Allohning neʼmatlariga shukr qilinglar.
Robbingiz, faqat Oʻzigagina ibodat qilishlaringizni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr qildi. Ey inson, agar ularning birlari yoki har ikkisi yoningda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “uf” demagin va ularni jerkimagin. Ularga doimo chiroyli bir soʻz aytgin.
Ey insonlar, bolalaringizni kambag‘allikdan qoʻrqib oʻldirmanglar. Ularga ham, sizlarga ham Biz rizq beramiz. Ularni oʻldirish, albatta, katta xatodir.
Dengizda sizlarga biror musibat yetsa, iltijo qiladigan maʼbudalaringiz yoʻq boʻlib qoladi, faqat Uning Oʻzi qoladi. Sizlarga najot berib, yana quruqlikka omon chiqarib qoʻygach esa Undan yuz oʻgirasiz. Haqiqatan, inson noshukrdir.
Ustilariga azob haqidagi soʻz muqarrar boʻlgan kimsalar: “Ey Robbimiz, ana u biz yoʻldan ozdirgan kimsalarni ham xuddi oʻzimiz ozgan kabi yoʻldan ozdirganmiz. Endi, Seni oldingda oʻzimizni oqlayapmiz. Ular aslida bizga ibodat qilmagan edilar”,– deydilar.
Ey iymon keltirgan bandalarim, albatta, Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilinglar!
Borliqda oʻz rizqini koʻtara olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Alloh ularga ham, sizlarga ham rizq beradi. Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.