Ey Muhammad, mushriklarga: “Kim sizlarga osmonlardan va yerdan rizq beradi?” – deb ayting. Yana ularga: “Albatta, rizq beruvchi Allohdir. Unday boʻlsa, aniq bizlar yoki sizlar hidoyat uzramiz yoki ochiq-oydin zalolatdamiz” – deb ayting.
Siz qidirgan إِيَّا masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 24 ta oyat mavjud.
faqat senga, faqat sendan, va faqat mendan, va mendan, yolg'iz unga, va sizga ham, yolg'iz Unga, ularni, va meni ham, unga
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Muhammad, mushriklarga: “Kim sizlarga osmonlardan va yerdan rizq beradi?” – deb ayting. Yana ularga: “Albatta, rizq beruvchi Allohdir. Unday boʻlsa, aniq bizlar yoki sizlar hidoyat uzramiz yoki ochiq-oydin zalolatdamiz” – deb ayting.
U kunda Alloh mushriklarning barchasini yig‘ib, keyin farishtalarga: “Ana ular sizlarga ibodat qilarmidilar?” – deydi.
Kecha va kunduz, quyosh va oy Uning ibratli alomatlaridandir. Agar sizlar yolg‘iz Allohga ibodat qiluvchi boʻlsangizlar, quyoshga ham, oyga ham sajda qilmanglar, balki ularni yaratgan Zot – Allohga sajda qilinglar.
Ey iymon keltirganlar, Mening dushmanim va sizlarning dushmaningiz boʻlgan mushriklarni doʻst tutmanglar! Sizlar ularga doʻstlik haqida xabar yuborasizlar, holbuki, ular sizlarga kelgan haq dinni inkor qilganlar. Ular payg‘ambarning va sizlarning Robbingiz boʻlgan Allohga iymon keltirganlaringiz uchun oʻz yurtlaringizdan haydab chiqarmoqdalar. Agar sizlar Mening yoʻlimda jihod qilish va roziligimni istash uchun chiqqan boʻlsangiz ularni doʻst tutmanglar! Sizlar ularga pinhona doʻstlik qilmoqdasizlar. Holbuki, Men sizlar berkitgan va oshkor qilgan narsani yaxshi biluvchiman. Sizlardan kimki shu ishni qilsa, bas, aniqki, u toʻg‘ri yoʻldan ozibdi.