Yoki ularning oldilarida oʻta izzatli va neʼmatlar beruvchi Robbingizning rahmat xazinalari bor ekanmi?!
Siz qidirgan ع ز ز masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 119 ta oyat mavjud.
Aziz bo'lgan, g'ururi, doimo ustundir, azizdir, doimo ustun, va yuksaltirgin, azizdir (qat'iy g'olib), doimo g'olib, sharaf, ustundir
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Yoki ularning oldilarida oʻta izzatli va neʼmatlar beruvchi Robbingizning rahmat xazinalari bor ekanmi?!
Ularning biri: “Darvoqe, mana bu mening birodarim, uning toʻqson toʻqqizta sovliq qoʻyi bor, mening esa birgina sovliq qoʻyim bor. Keyin u shu bir dona qoʻyga ham koʻz olaytirib: “Uni ham menga topshir deb meni bahsda yengib qoʻydi”, dedi.
U osmonlar va Yerning hamda ularning oʻrtasidagi barcha narsaning qudratli va mag‘firatli Robbisidir.
Iblis: “Bas, Sening izzatingga qasam boʻlsinki, albatta, ularning hammasini yoʻldan ozdiraman”, dedi.
Ushbu kitobning nozil qilinishi izzatli, va hikmatli Alloh tomonidandir.
U osmonlar va Yerni haq hikmat bilan yaratdi. U kechani kunduzning ustiga oʻraydi, kunduzni esa kechaning ustidan oʻraydi. U quyoshni ham, oyni ham amriga boʻysundirib qoʻygan. Ularning har biri maʼlum muddatgacha yurib boradi. Ogoh boʻlinglar, U hamma narsaga kuchi yetuvchi – Aziz va bandalariga oʻta kechirimli G‘affor Zotdir!
Kimni Alloh toʻg‘ri yoʻlga boshlasa, bas, uning uchun biror yoʻldan ozdiruvchi boʻlmaydi. Alloh qudratli va dushmanlardan intiqom oluvchi Zot emasmi?!
Ushbu Qurʼon izzatli va bilimli Alloh tomonidan nozil qilingan kitobdir.
Ey Robbimiz, ularni ham, ularning ota-bobolarini ham, juftlari va zurriyotlari orasidagi solih boʻlgan kishilarni ham ularga Oʻzing vaʼda qilgan Adn jannatlariga kiritgin. Shubhasiz, Sen izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotsan.
Sizlar meni Allohga kufr keltirishga va oʻzim bilmaydigan narsalarni Unga sherik qilishga chaqiryapsizlar. Men esa, sizlarni izzatli va juda mag‘firatli Zotga daʼvat qilyapman.
Bas, ikki kunda yetti qavat osmonni barpo qildi va har bir osmonga qilishi kerak boʻlgan ishini vahiy qildi. Biz dunyoga yaqin osmonni yulduzli chiroqlar bilan bezadik va uni ofatlardan saqladik. Bu izzati ulug‘ – Aziz va barcha narsani biluvchi – Aʼlim Zotning oʻlchovidir.
Shubhasiz, oʻzlariga eslatma boʻlib kelgan Qurʼonni inkor qilgan kimsalar azobga duchor boʻladilar. Albatta, u aziz kitobdir.
Ey Muhammad, izzatli va hikmatli Alloh sizga va sizdan oldingi payg‘ambarlarga shunday vahiy qiladi.
Alloh bandalariga mehribondir. U Oʻzi xohlagan kishilarga keng rizq beradi. U barcha narsaga kuchi yetuvchi – Qoviy va izzati ulug‘ boʻlgan – Aziz Zotdir.
Ey Muhammad, qasam boʻlsinki, agar ulardan: “Osmonlar va Yerni kim yaratgan?” – deb soʻrasangiz, albatta ular: “Ularni qudratli va oʻta biluvchi Alloh yaratgan”, – deydilar.
Biroq Alloh rahmat qilgan kishilargagina yordam beriladi. Shubhasiz, U izzati ulug‘ – Aziz va marhamati cheksiz boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ana endi bu azobni totib koʻrgin. Darhaqiqat, sen “izzat va ikrom qilingan”san.
Bu Qurʼon Aziz va Hakim boʻlgan Alloh tomonidan nozil qilingan kitobdir.
Osmonlar va Yerdagi buyuklik yolg‘iz Unikidir! Shubhasiz, U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Bu Qurʼon Aziz va Hakim boʻlgan Alloh tomonidan nozil qilingan kitobdir.