Bas, faqat Lut unga iymon keltirdi. Keyin Ibrohim: “Albatta, men Robbim buyurgan tomonga hijrat qilib ketuvchiman. Shubhasiz, U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Siz qidirgan ع ز ز masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 119 ta oyat mavjud.
Aziz bo'lgan, g'ururi, doimo ustundir, azizdir, doimo ustun, va yuksaltirgin, azizdir (qat'iy g'olib), doimo g'olib, sharaf, ustundir
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Bas, faqat Lut unga iymon keltirdi. Keyin Ibrohim: “Albatta, men Robbim buyurgan tomonga hijrat qilib ketuvchiman. Shubhasiz, U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Albatta, Alloh Oʻzidan boshqa nimaga duo qilayotganlarini yaxshi biladi. Shubhasiz, U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Allohning yordami bilan bu g‘alabaga erishiladi. Alloh xohlagan kishiga nusrat beradi. Albatta, U izzati ulug‘ – Aziz va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
U ilk bor borliqni yaratib, soʻngra qiyomat kuni Oʻzi uni yana qayta yaratadigan Zotdir. U Zotga bularni qilish juda osondir. Osmonlar va Yerdagi eng oliy sifat Unikidir. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ular u joyda mangu qoladilar. Bu Allohning haq vaʼdasidir. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Agar yer yuzidagi barcha daraxt qalamlar boʻlib, dengiz siyoh boʻlsa va undan soʻng yana yetti dengiz yozish uchun unga yordamga kelsa ham Allohning soʻzlari tugamaydi. Shubhasiz Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ana shu Zot sizlarga koʻringan va koʻrinmaganni biluvchi, oʻta izzatli va oʻta rahmlidir.
Alloh kofir firqalarni g‘azablari bilan ortlariga qaytardi. Ular hech qanday yaxshilikka erishmadilar. Alloh moʻminlarga jang borasida Oʻzi kifoya qildi. Shubhasiz, Alloh kuchli va qudratli Zotdir.
Ey Rasulim, ilm berilgan kimsalar sizga Robbingiz tomonidan nozil qilingan Qurʼonning haq kitob ekanini va u izzatli, hamdga loyiq Zotning yoʻliga hidoyat qilishini biladilar.
Yana mushriklarga: “U Zotga qoʻshib olgan sheriklaringizni menga koʻrsatinlar-chi?! Yoʻq, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir”, – deb ayting.
Alloh odamlar uchun nimaiki rahmatni ochib qoʻysa, bas, uni tutib qoluvchi yoʻqdir. Agar U zot ushlab qolganidan soʻng u narsani bandalarga biron yuboruvchi ham yoʻqdir. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Kimki izzat istaydigan boʻlsa, bas, barcha qudrat Allohnikidir. Har bir chiroyli kalima U tomon chiqadi. Solih amalni esa, Alloh Oʻz dargohiga koʻtaradi. Yomonliklar bilan makr qiladiganlar uchun qattiq azob bordir va ularning makrlari behuda ketib, ham halok boʻladi.
Kimki izzat istaydigan boʻlsa, bas, barcha qudrat Allohnikidir. Har bir chiroyli kalima U tomon chiqadi. Solih amalni esa, Alloh Oʻz dargohiga koʻtaradi. Yomonliklar bilan makr qiladiganlar uchun qattiq azob bordir va ularning makrlari behuda ketib, ham halok boʻladi.
Bularni qilish Allohga qiyin emasdir.
Shuningdek, odamlar, hayvonlar va chorvalar orasida ham turli ranglilari bordir. Allohdan bandalari orasida faqat olimlarigina qoʻrqadilar. Shubhasiz Alloh izzati ulug‘ – Aziz va gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur Zotdir.
Ushbu Qurʼon aziz va rahmli boʻlgan Allohning nozil qilgan kitobidir,
Oʻshanda Biz ularga ikkita payg‘ambarni yuborganimizda qishloq ahli ikkisini ham yolg‘onchiga chiqarishdi. Keyin uchinchi payg‘ambar bilan quvvatlantirdik. Bas, uchchala payg‘ambar qishloq ahliga: “Chindan ham, biz sizlarga yuborilgan elchilarmiz”, degan edilar.
Quyosh toʻxtamay oʻz qarorgohi tomon yurib boradi. Bu qudratli va barcha narsani biluvchi Zotning oʻlchovidir.
Izzat egasi boʻlgan Robbingiz ular sifatlayotgan nuqsonlardan pokdir.
Ammo kufr keltirgan kimsalar haqni qabul qilishdan g‘ururda va doimo tortishuvdalar.