Agarda kimda-kim bir xato yoki og‘ir gunoh ishga qoʻl urib, uni begunoh odam ustiga otsa chindan ham boʻhton va aniq bir gunohni gardaniga olgan boʻladi.
Siz qidirgan أ ث م masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 48 ta oyat mavjud.
gunoh, gunohi, gunoh(idan), gunoh bir tarzda, gunohga, lekin ularning gunohi, gunohkor, gunohkordir, va gunohga kirib, bir gunoh
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Agarda kimda-kim bir xato yoki og‘ir gunoh ishga qoʻl urib, uni begunoh odam ustiga otsa chindan ham boʻhton va aniq bir gunohni gardaniga olgan boʻladi.
Ey iymon keltirganlar, Allohning hajga doir belgilarini, jang qilish harom qilingan oylarni, qurbonlik uchun keltirilgan hadyalarni, qurbonlikka atalganini bildirish maqsadida ularga ilib qoʻyilgan taqinchoqlarni hamda Robbilaridan fazlu karam va rozilik istab Bayt ul-Haromga niyat qilib keluvchilar haqini poymol qilishni oʻzingizga halol deb hisoblamanglar. Ehromdan chiqib halol boʻlgach, bemalol ov qilaveringlar. Sizlarni Masjid ul-Haromga borishga qarshilik koʻrsatgan qavmning xusumati ularga dushmanlik qilishingizga jalb qilmasin. Sizlar, faqat ezgulik va taqvo yoʻlida koʻmaklashinglar, gunoh va dushmanlik yoʻlida esa hamkorlik qilmanglar. Allohdan qoʻrqinglar va Alloh azobi qattiq boʻlgan Zotdir.
Sizlarga oʻlimtik hayvon, qon, choʻchqa goʻshti, Allohdan oʻzganing nomi bilan soʻyilgan, boʻg‘ilib oʻlgan, urib oʻldirilgan, tepalikdan yiqilib tushib oʻlgan, suzib oʻldirilgan, yirtqich hayvonlar ularning bir boʻlagini parchalab yegan jonivorlar harom qilindi. Biroq jonlari chiqmasdan burun yetib kelib, ularni soʻyib olsangiz, haloldir. Shu bilan birga, but-sanamlarga atab soʻyilgan hayvonlar, fol choʻplariga qarab qismatingizni bilish uchun fol ochish ham harom qilindi. Bugun esa endi kofirlar diningizga zarar yetkaza olishdan umidlarni uzdilar. Shuning uchun ham ulardan aslo qoʻrqmanglar, faqat Mendan qoʻrqinglar. Bugun diningizni kamoliga yetkazdim, neʼmatimni sizlarga toʻliq qilib berdim hamda sizlar uchun Islomni tanlab, din boʻlishiga rozi boʻldim. Agarda kimki qattiq ocharchilikda nochor qolib, gunohga mayl boʻlmagan holda harom qilinganlardan bir miqdor yesa, gunoh boʻlmaydi. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Albatta, men gunohimni va gunohingni ustingga olib, oqibatda jahannam ahlidan boʻlib ketishingni xohlayman. Ha, zolimlarning jazosi shudir.
Albatta, men gunohimni va gunohingni ustingga olib, oqibatda jahannam ahlidan boʻlib ketishingni xohlayman. Ha, zolimlarning jazosi shudir.
Ulardan koʻpchiligini gunoh ishlarda, dushmanlik qilishda va harom yeyishga oshiqayotganlarni koʻrasiz. Qilayotgan bu ishlari naqadar yomon ishdir.
Ahli kitob boʻlgan ruhoniylar va ulamolar ularni gunoh gaplarni aytishlaridan va harom topib yeyishlaridan man qilsalar edi?! Ularning bu qilayotgan xatti-harakatlari naqadar yomondir.
Ey iymon keltirganlar, agar sizlardan biringizga oʻlim holati yaqinlashib qolsa, vasiyat chog‘ida orangizdan ikki nafar adolatli kishini guvoh qilinglar. Agarda boshqa yerlarda safarda boʻlib oʻlim musibati sizlarga yetib qolsa, unda, oʻzingizdan boʻlmagan boshqa ikki nafar kimsani guvoh qilinglar. U ikki guvohni namozdan keyin ushlab turasizlar. Agarda ular haqida gumon qilsangizlar, unda ular: “Qarindosh boʻlsa ham, u qasamni arzimas bahoga sotmaymiz. Allohning guvohligini yashirmaymiz. Agar bunday qilsak, bizlar, albatta, gunohkorlardan boʻlib qolamiz”, – deb Alloh nomiga qasam ichsinlar.
Agar u ikki shohidning gunoh ish qilib xiyonat qilganligi fosh boʻlib qolsa, unda ularning oʻrinlariga meros olishga haqi boʻlgan kimsalardan boshqa ikki nafar munosibroq kishi guvohlikka turadi. Ular ham: “Bizning guvohligimiz shohidlik uchun u ikkovining guvohligidan koʻra toʻg‘riroqdir. Biz haddimizdan oshmaganmiz aks holda, biz beshak zolimlardan boʻlib qolamiz”, – deb Alloh nomiga qasam ichsinlar.
Gunoh ishlarning ochiqchasini ham, yashirinchasini ham tark qilinglar. Gunoh ishlarni kasb qilgan kimsalar, albatta, qilmishlariga yarasha jazo oladilar.
Gunoh ishlarning ochiqchasini ham, yashirinchasini ham tark qilinglar. Gunoh ishlarni kasb qilgan kimsalar, albatta, qilmishlariga yarasha jazo oladilar.
Ey Rasulim, ularga: “Robbim menga faqat buzuq ishlarning ochiqchasi va yashirinchasini, gunoh ishlarni, nohaq ravishda haddan oshishni, sherik ekanligiga doir unda hech qanday hujjat tushirmagan narsalarni Allohga sherik qilishingizni va Allohning shaʼniga nisbatan oʻzingiz bilmagan narsalarni aytishlaringizni harom qildi”, – deb ayting.
Albatta, bu tuhmatni vujudga keltirgan kimsalar orangizdan boʻlgan bir toʻdadir. Bu tuhmatni oʻzingiz uchun yomonlik deb oʻylamanglar, balki u sizlar uchun yaxshidir. Ulardan har bir kishi uchun oʻzi orttirgan gunohning jazosi bordir. Ularning orasidan gunohning kattasini koʻtargan kimsa uchun esa katta azob bordir.
Ular Alloh bilan birga boshqa soxta ilohga iltijo qilmaydilar. Alloh oʻldirishni harom qilgan jonni nohaq oʻldirmaydilar. Hamda zino qilmaydilar. Kimki mana shu gunohlardan birontasini qilsa, uqubatga duchor boʻladi.
Ular barcha oʻta uydirmachi va oʻta gunohkorlarga tushadilar.
Moʻmin va moʻminalarga, ular biror narsa qilmasalar ham ozor beradigan kimsalar, albatta, oʻz ustilariga ochiq boʻhton va gunohni olgan boʻladilar.
Ular katta gunohlardan va fahsh ishlardan chetlanadigan, g‘azablangan vaqtlarida esa kechirib yuboradigan kimsalardir.
U gunohkorning taomidir.
Har bir tuhmatchi va gunohkorning holiga voy boʻlsin!
Ey iymon keltirganlar, koʻp gumonlardan chetda boʻlinglar, chunki baʼzi gumonlar gunohdir! Oʻzgalarning aybini izlab josuslik qilmanglar va biringiz biringizni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi oʻlgan birodarining goʻshtini yeyishni yaxshi koʻradimi?! Uni yomon koʻrasiz-ku, shundaymi?! Allohdan qoʻrqinglar! Shubhasiz, Alloh tavbalarni koʻplab qabul qiluvchi – Tavvob va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.