Darhaqiqat, Biz Odam bolalarini mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizda ulov va kemalarga mindirib qoʻydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni Oʻzimiz yaratgan koʻp maxluqotlardan afzal qilib qoʻydik.
Siz qidirgan ف ض ل masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 104 ta oyat mavjud.
sizni ustun qildim, yaxshilikni, lutfidan, lutf, sizni ustun qilganimni, lutfini, yaxshilik qilishni, ikrom, ustun qildik, va lutf
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Darhaqiqat, Biz Odam bolalarini mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizda ulov va kemalarga mindirib qoʻydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni Oʻzimiz yaratgan koʻp maxluqotlardan afzal qilib qoʻydik.
Darhaqiqat, Biz Odam bolalarini mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizda ulov va kemalarga mindirib qoʻydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni Oʻzimiz yaratgan koʻp maxluqotlardan afzal qilib qoʻydik.
Faqat Robbingizning marhamati bilangina u qalbingizda boqiydir. Haqiqatan, sizga Uning fazli kattadir.
Shunda uning qavmidan kofir boʻlgan zodagonlar: “Bu ham xuddi sizlarga oʻxshagan odam. Lekin sizlardan ustun boʻlmoqchi. Agar Alloh payg‘ambar yuborishni istasa edi, ularni farishtalar qilib tushirgan boʻlar edi. Nuhning bu soʻzlarini avvalgi ota-bobolarimizdan eshitmaganmiz”, – dedilar.
Agar sizlarga Allohning fazli boʻlmaganida, er yoki xotin sharmanda boʻlar edi. Shubhasiz, Alloh koʻplab tavbalarni qabul qiluvchi – Tavvob va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Agar sizlarga dunyo va oxiratda Allohning fazli boʻlmaganida edi, albatta, ichiga shoʻng‘igan bu lofingiz sababli sizlarni katta azob tutgan boʻlar edi.
Agar sizlarga Allohning fazli va rahmati boʻlmaganida edi, jazoni tayin qilgan boʻlar edi. Zero, Alloh bandalariga shafqatli – Raʼuf va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, shaytonning izidan ergashmanglar. Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, shayton buzuqlik va yomonlikka buyuradi. Agar sizlarga Allohning fazli va rahmati boʻlmaganida edi, sizlardan biror kishi gunohdan poklanmas edi. Lekin Alloh Oʻzi xohlagan kishisining gunohlarini poklaydi. Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Sizlardan fazilat va boylik egalari qarindoshlarga, miskinlarga, va muhojirlarga Alloh yoʻlida ehson qilmaslikka qasam ichmasin, balki ularni afv qilib, kechirib yuborsinlar. Alloh sizlarni mag‘firat qilishini istamaysizlarmi?! Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Orangizdagi nikohlanmagan erkak va ayollarni hamda qul va choʻrilaringizdan holati yaxshilarini uylantiringlar. Agar ular kambag‘al boʻlsalar, Alloh ularni Oʻz fazli bilan boy qiladi. Alloh fazlu karami keng – Vosiʼ va barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Nikoh uchun imkon topa olmaganlar, to Alloh ularni Oʻz fazlidan boy qilgunicha iffatlarini haromdan saqlasinlar. Qoʻl ostingizdagi qullardan ozod qilinishiga doir mukotaba tuzishni istaydiganlari boʻlsa hamda ularda yaxshilik borligini bilsangiz, ular bilan mukotaba tuzing va Allohning sizga bergan molidan ularga ham bering. Oʻtkinchi dunyo hayotining matohini istab, iffatni istagan choʻrilaringizni buzuqlikka majburlamang. Kim ularni buzuqlikka majbur qilgan boʻlsa, albatta, Alloh majburlanganlaridan keyin kechiruvchi va rahmlidir.
Alloh qilgan amallarining ularga eng goʻzali bilan mukofotlashi va fazlu karamidan savobni orttirib berishi uchun ibodat qiladilar. Alloh Oʻzi xohlagan kishilarga behisob rizq beradi.
Qasamki, Biz Dovud va Sulaymonga yetuk bilim ato qildik va u ikkovlari: “Bizlarni koʻpgina moʻmin bandalaridan afzal qilib qoʻygan Allohga hamd boʻlsin!” – dedilar.
Sulaymon payg‘ambarlik va podshohlikda otasi Dovudga voris boʻldi va: “Ey odamlar, bizga qushlarning va boshqa jonzotlarning tili oʻrgatildi va shohlarga beriladigan barcha narsalardan berildi. Albatta, bu aynan ochiq-oydin fazlning oʻzidir”, – dedilar.
Kitobdan ilmi bor boʻlgan bir zot esa: “Men uni koʻzingni ochib yumguningcha senga keltiraman”, – dedi. Keyin Sulaymon u taxtning oldida turganini koʻrgach: “Bu Robbimning shukr qilamanmi yoki noshukrlik qilamanmi, imtihon qilish uchun bergan fazlidandir. Kim shukr qilsa, bas, albatta, u faqat oʻzi uchun shukr qiladi. Kimki noshukrlik qilsa, bas, albatta, Robbim hamma narsadan behojat va ulug‘ Zotdir”, – dedi.
Albatta, Robbingiz odamlarga fazlu marhamatlidir. Lekin ularning koʻpchiligi shukr qilmaydilar.
Alloh sizlar uchun kechani orom olishingiz, kunduzni esa unda Uning fazlidan rizq istashingiz uchun yaratdi. Shoyadki, sizlar bu neʼmatlarga shukr qilsangizlar.
Uning belgilaridan yana biri – kechasi va kunduzi uxlashlaringiz hamda kunduzlari Uning fazlidan istashingizdir. Albatta, bunda haqni eshitadigan qavm uchun ibratlar bordir.
Bu ajrlar Allohga iymon keltirib, solih amallarni qilganlarni Oʻz fazlidan mukofatlashi uchundir. Shubhasiz, U kofirlarni sevmaydi.
Sizlarga Oʻz rahmatidan bahramand qilishi uchun hamda Uning fazlidan rizq talab qilishingiz uchun shamollarni yomg‘irdan xushxabar beruvchi qilib yuborishi va amri bilan dengizda kemalarning suzib yurishi, Allohning qudratiga dalolat qiladigan belgilaridan biridir.