Ey Rasulim, Alloh tomonidan beriladigan ulkan fazl haqida moʻminlarga xushxabar bering.
Siz qidirgan ف ض ل masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 104 ta oyat mavjud.
sizni ustun qildim, yaxshilikni, lutfidan, lutf, sizni ustun qilganimni, lutfini, yaxshilik qilishni, ikrom, ustun qildik, va lutf
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Rasulim, Alloh tomonidan beriladigan ulkan fazl haqida moʻminlarga xushxabar bering.
Biz Dovud payg‘ambarga ulug‘ fazl ato qilib: “Ey tog‘lar va qushlar! Dovud bilan birga tasbeh aytinglar”, – dedik. Hamda uning uchun temirni xamirdek yumshoq qilib qoʻydik.
Ikki dengiz teng boʻlmaydi. Bunisi shirin-totli va yutumli, unisi esa shoʻr-nordondir. Sizlar ularning har biridan yangi baliq goʻshtini tutib yeysizlar va taqadigan zeb-ziynat chiqarib olasizlar. Allohning fazlidan istashlaringiz uchun suvni yorib ketayotgan kemalarni koʻrasizlar. Shoyad, bularga shukr qilsangizlar.
Alloh ularga ajrlarini toʻliq qilib beradi va Oʻz fazlini ularga yanada ziyoda qiladi. Albatta, U mag‘firatli va koʻp savob beruvchidir.
Soʻngra Biz bu kitobni Oʻz bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ularning orasida unga amal qilmay oʻz nafsiga zulm qiluvchi ham bor, ularning orasida oʻrtacha amal qiluvchi ham bor va ularning orasida Allohning izni bilan yaxshiliklarda oʻzib ketuvchilar ham bor. Qurʼonga voris boʻlish bu – Allohning ulug‘ marhamatidir.
U Oʻz fazli bilan bizlarni abadiy turadigan diyorga tushirdiki, bu yerda bizlarga mashaqqat ham charchoq ham yetmaydi.
Alloh sizlarga unda orom olishingiz uchun kechani va kasb-kor qilishingiz uchun yorug‘ kunduzni yaratgan Zotdir. Albatta, Alloh odamlarga nisbatan fazlu karam sohibidir. Lekin odamlarning koʻplari shukr qilmaydilar.
Qiyomatda zolimlarni qilgan yomon ishlaridan qoʻrqib turgan hollarida koʻrasiz. Bu jazo baribir ularga tushuvchidir. Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar esa jannat bog‘larida boʻlib, ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Mana shuning oʻzi katta fazldir.
U iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarning duolarini ijobat qiladi va ularga Oʻz fazlidan ziyoda qiladi. Kofirlar uchun esa shiddatli azob bordir.
Bu Robbingiz tomonidan boʻlgan fazldir. Mana shu katta yutuqdir.
Alloh sizlarga dengizni unda Oʻz amri bilan kemalar yurishi uchun va Uning fazlidan istakda boʻlishingiz uchun beminnat xizmatkor qilib qoʻydi. Shoyadki, bu neʼmatlar uchun shukr qilsangizlar.
Darhaqiqat, Biz bani Isroil avlodiga kitob, hikmat va payg‘ambarlik ato qildik va ularni pokiza narsalardan rizqlantirdik hamda ularni oʻz davrlaridagi olamlardan afzal qildik.
Muhammad Allohning Rasulidir. U bilan birga boʻlgan moʻminlar kofirlarga qattiq, oʻz oralarida moʻminlarga nisbatan rahm-shafqatlidirlar. Ularni doimo Allohdan fazl va rozilik istab, ruku va sajda hollarida koʻrarsiz. Ularning yuzlarida sajda izlaridan qolgan belgilar bordir. Mana shu sifatlar ularning Tavrotdagi misollaridir. Ularning Injildagi misollari esa, goʻyo urug‘ini yorib chiqib, quvvatga kiradigan, yoʻg‘onlashib oʻz novdasida tik turadigan va dehqonlarni hayron qoldiradigan oʻsimlikka oʻxshaydi. Bu moʻminlarning kuchayishi sababli kofirlarning jahlini chiqarish uchundir. Alloh ulardan iymon keltirgan va solih amallarni qilganlariga mag‘firat va ulkan ajrni vaʼda qildi.
Bu Alloh tomonidan sizlarga boʻlgan fazl va neʼmatdir. Alloh, hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ey insonlar, Robbingiz tomonidan boʻladigan mag‘firatga hamda Alloh va Uning payg‘ambarlariga iymon keltirgan kimsalar uchun tayyorlab qoʻyilgan, kengligi osmon va Yerning kengligi kabi boʻlgan jannatga shoshilinglar! Bu Allohning fazli boʻlib, uni Oʻzi xohlagan kishilarga ato qiladi. Alloh buyuk fazl sohibidir.

Ahli kitoblar oʻzlari Allohning fazlidan biror narsaga yetishga qodir boʻla olmasliklarini va fazl Allohning “qoʻli”da boʻlib, uni faqat Oʻzi xohlagan kishilarga ato qilishini bilishlari uchun Alloh shunday qildi. Alloh ulkan fazl sohibidir.

Yana u oʻljalar oʻz diyorlaridan va mol-mulklaridan haydab chiqarilgan kambag‘al muhojirlarnikidir. Zero, ular Allohdan fazl va rizolik istaganlar hamda Alloh va Uning payg‘amabariga yordam berganlar. Aynan oʻshalar iymonlarida sodiqdirlar.