Agarda u shahar ahllari sizlardan xabardor boʻlib qolsalar, sizlarni toshboʻron qiladilar yoki sizlarni oʻz dinlariga qaytaradilar va unday boʻlsa, hech qachon najot topa olmaysizlar.
Siz qidirgan ف ل ح masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 40 ta oyat mavjud.
umidlariga yetganlar, najotga erishasiz, najotga erishganlardir, muvaffaqiyatga erishingiz, najotga erishingiz, najot yuzi ko'rmasliklari, qutulishmaydi, qutulganlardir, muvaffaqiyatga erishasiz, falohga erishganlardir
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Agarda u shahar ahllari sizlardan xabardor boʻlib qolsalar, sizlarni toshboʻron qiladilar yoki sizlarni oʻz dinlariga qaytaradilar va unday boʻlsa, hech qachon najot topa olmaysizlar.
Endi, bor makr-hiylangizni yig‘ing, keyin saf tortib kelinglar. Bugun ustun boʻlgan kishilar zafar quchadilar.
Alloh unga: “Qoʻlingdagi narsani tashla, sehrgarlarning yasagan narsalarini yutib yuboradi. Ularning yasagani faqat bir sehrgarning makridir. Sehrgar esa, qaerga borsa ham zafar topmaydi”, – dedi.
Ey iymon keltirganlar, ruku va sajda qilinglar hamda yolg‘iz Robbingizga ibodat qilinglar. Hamda doimo yaxshilik qilinglar, shoyadki, najot topsangiz.
Haqiqatan, moʻminlar najot topdilar.
Bas, kimning yaxshilik tarozilari og‘ir kelsa, ana oʻshalar najot topuvchilardir.
Kimki oʻzida hech qanday dalil boʻlmagan holda Alloh bilan birga boshqa biror soxta ilohga iltijo qilsa, bas, uning hisob-kitobi Robbisining huzuridadir. Albatta, kofir boʻlganlar azobdan qutulmaydilar.
Shuningdek, moʻmina ayollarga ham: “Koʻzlarini nomahram erkaklardan tiysinlar va avratlarini zinodan saqlasinlar. Hamda sirtdan koʻrinib turadigandan boshqa ziynatlarini koʻrsatmasinlar va roʻmollarini koʻkraklari ustiga tashlab olsinlar. Ular zeb-ziynatlarini erlari yo otalari, yo erlarining otalari, yo oʻg‘illari, yo erlarining oʻg‘illari, yo oʻzlarining aka-ukalari, yo aka-ukalarining oʻg‘illari, yo opa-singillarining oʻg‘illari, yo oʻzlari kabi ayollar, yo qoʻl ostilaridagi choʻrilar, yo juda keksayib yoki aqlsiz-devona boʻlib ayollarga hojati boʻlmagan erkak xizmatkor, ayollarning avratlaridan xabardor boʻlmagan bolalardan boshqalarga koʻrsatmasinlar. Hamda yashirgan ziynatlarini bildirib, oyoqlarini yerga urmasinlar”, – deb ayting. Ey moʻminlar, barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, Shoyad, shunda zafar topsangiz.
Albatta, moʻminlarning Allohga va Rasuliga oralarida hukm chiqarishi uchun chaqirilganlarida ularning gaplari: “Eshitdik va itoat qildik”, – deyishlari kerak edi. Ana oʻshalar najot topuvchilardir.
Muso: “Robbim Oʻzining huzuridan kimga hidoyat keltirganini ham, oxirat diyoridagi oqibat kimga boʻlishini ham juda yaxshi biluvchidir. Albatta, zolimlar zafar topmaydilar”, – dedi.
Bas, kim gunohlaridan tavba qilib, iymon keltirsa va solih amal qilgan boʻlsa, shoyadki u azobdan qutuluvchilardan boʻlsa.
Kechagina uning oʻrnini orzu qilganlar: “Vo ajab, Alloh bandalaridan oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qilib, xohlaganining rizqini tor qilib qoʻyar ekan-da! Agar Alloh bizlarga lutf qilmaganida, bizlarni ham yerga yuttirgan boʻlar edi. Vo ajab, kofirlar najot topmas ekan-da!” – deb qoldilar.
Bas, qarindosh, miskinlar va musofir haqini xayru-ehson qilish bilan ado qiling. Ana shu Allohning roziligini istaydiganlar uchun yaxshi amaldir. Aynan mana shunday odamlar oxiratda najot topuvchidirlar.
Robbilari tarafidan hidoyat topganlar ham ana oʻshalardir va najot topuvchilar ham ularning oʻzidir.
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan qavmning Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilar bilan doʻstlashganlarini topmaysiz. Hatto ular oʻz otalari, yoki farzandlari, yoki aka-ukalari, yoki qarindosh urug‘lari boʻlsa ham. Aynan ularning qalblariga Alloh iymonni bitib qoʻygan va ularni oʻz tomonidan boʻlgan ruh bilan quvvatlantirgan. Alloh ularni taglaridan anhorlar oqib turadigan va u yerda mangu qoladigan jannatlarga kiritadi. Alloh ulardan rozi boʻladi va ular ham Allohdan rozi boʻladilar. Aynan ular Allohning hizbidirlar. Ogoh boʻlinglarki, albatta, Allohning hizbigina najot topuvchilardir!
Muhojirlardan oldin Madina diyorida yashagan va iymonni saqlagan ansorlar esa oldilariga hijrat qilib kelgan kishilarni yaxshi koʻradilar va qalblarida ularga berilgan narsa sababli hasad sezmaydilar. Hamda oʻzlarida ehtiyoj boʻla turib, ehson qilishda oʻzgalarni ustun qoʻyadilar. Kimki oʻz nafsining ziqnaligidan saqlana olsa, bas, ana oʻshalar zafar topuvchilardir.
Bas, qachonki, namoz tugaganidan keyin, yer yuzida tarqalib, Allohning fazlidan istayveringlar! Allohni koʻp yod qilinglar, shoyad shunda najot topsangiz.
Bas, qoʻlingizdan kelganicha Allohga taqvo qilinglar, nasihatga quloq tuting, itoat qiling va muhtojlarga ehson qilinglar. Mana shu oʻzingiz uchun yaxshiroqdir. Kimki oʻz nafsining ziqnaligidan saqlansa, bas, aynan oʻshalar zafar topuvchilardir.
Darhaqiqat, kim gunohlardan poklansa, zafar topadi.
Haqiqatan, uni iymon bilan poklagan kishi najot topdi.