Har bir jon oʻlimni totib koʻruvchidir. Qiyomat kunida, albatta, mukofotlaringizni toʻlig‘icha olasiz. Kimki doʻzaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutuqqa erishibdi. Dunyo hayoti esa yolg‘onchi bir zavqdan iboratdir.
Siz qidirgan ف و ز masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 29 ta oyat mavjud.
najotga erishdi, qutulishlarini, muvaffaqiyat, qozonsa edim, bir muvaffaqiyat, najotga erishganlar, najot, muvaffaqiyatdir, najotdir, qutulub murodga yetganlar
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Har bir jon oʻlimni totib koʻruvchidir. Qiyomat kunida, albatta, mukofotlaringizni toʻlig‘icha olasiz. Kimki doʻzaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutuqqa erishibdi. Dunyo hayoti esa yolg‘onchi bir zavqdan iboratdir.
Ey Rasulim, qilgan yomon ishlariga suyunib, qilmagan yaxshi ishlariga maqtalishni xush koʻradigan kimsalarni azobdan najotda deb hisoblamang.
Mana shu Allohning belgilab qoʻygan hududlaridir. Kim Alloh va uning Rasuliga itoat qilsa, uni tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarga kiritadi. Ular u yerda abadiy qoluvchilardir. Mana bu katta yutuqdir.
Mabodo Allohdan inʼom yetib, urushda zafar quchib qolsangiz, xuddi siz va uning orasida oldin hech qanday yaqinlik boʻlmagan begona odamdek: “Qani, endi men ham ular bilan birga jangda boʻlganimda, ulkan yutuq va oʻljalarga erishar edim”, – deb aytadilar.
Mabodo Allohdan inʼom yetib, urushda zafar quchib qolsangiz, xuddi siz va uning orasida oldin hech qanday yaqinlik boʻlmagan begona odamdek: “Qani, endi men ham ular bilan birga jangda boʻlganimda, ulkan yutuq va oʻljalarga erishar edim”, – deb aytadilar.
Shunda Alloh: “Bu kun iymonlariga sodiq qolganlarning rostgoʻyligi foyda beradigan kundir. Ular uchun tagidan anhorlar oqib turuvchi va u yerda abadiy qolinadigan jannatlar bordir. Alloh ulardan rozi va ular ham Allohdan rozi boʻldilar. Mana bu eng katta yutuqdir.
Kimki oʻsha qiyomat kunidagi azobdan qaytarilsa, chindan ham unga Alloh marhamat qilibdi. Mana bu ochiq-oydin yutuqdir.
Allohga iymon keltirgan, Makkadan Madinaga koʻchib oʻtgan va Allohning roziligi yoʻlida mollari va jonlari bilan jang qilgan kimsalarning Alloh nazdidagi darajalari eng balanddir. Ana oʻshalar ajrga sazovordirlar.
Alloh moʻmin va moʻminalarga tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarni hamda u yerda abadiy qolishni va barqarorlik jannatidagi pokiza maskanlarni vaʼda qildi. Allohdan boʻladigan rozilik esa barchasidan ulug‘roqdir. Mana shu ulkan yutuqdir.
Alloh ularning bu amallari uchun ostidan anhorlar oqib turadigan, unda abadiy qolinadigan jannat bog‘larini tayyorlab qoʻygandir. Ana oʻsha – ulkan yutuqdir.
Muhojirlar va ansorlardan avvalgi peshqadamlari hamda orqalaridan ularga ezgulik bilan ergashganlardan Alloh rozi boʻldi, ular ham Undan rozi boʻldilar. Yana ular uchun tagida anhorlar oqib turuvchi va u yerda abadiy qolinadigan jannatlarni tayyorlab qoʻydi. Ana oʻsha eng katta yutuqdir.
Shubhasiz, Alloh moʻminlardan jonlari va mollarini sotib oldi. Albatta, uning evaziga ular uchun jannatni beradi. Alloh yoʻlida jang qilib, oʻldiradilar va yoki oʻldiriladilar. Bu Tavrotda ham Injilda ham Qurʼonda ham Uning zimmasidagi haq boʻlgan vaʼdadir. Allohdan koʻra ahdiga vafodorroq kim bor?! Shunday ekan, ey moʻminlar, bu kelishgan savdolaringizdan xursand boʻlinglar. Ana shuning oʻzi katta yutuqdir.
Ular uchun bu dunyo hayotida ham, oxiratda ham xushxabar bordir. Allohning soʻzlarida oʻzgartirish yoʻq. Ana shu ulkan yutuqdir.
Men esa bugun ularni sabr qilganlari uchun mukofotladim. Albatta, ular ulkan yutuqqa erishganlardir.
Kimki Alloh va payg‘ambariga itoat qilsa va Allohdan qoʻrqib, Unga taqvo qilsa, bas, aynan oʻshalar yutuqqa erishuvchilardir.
Shunda Alloh ishlaringizni oʻnglaydi va gunohlaringizni mag‘firat qiladi. Kimki Allohga va Uning payg‘ambariga itoat qilsa, bas, u ulkan yutuqqa erishibdi.
Shunda Alloh ishlaringizni oʻnglaydi va gunohlaringizni mag‘firat qiladi. Kimki Allohga va Uning payg‘ambariga itoat qilsa, bas, u ulkan yutuqqa erishibdi.
Albatta, mana bu jannat neʼmatlari ulkan yutuqdir!
Alloh, taqvo qilgan zotlarni yutuqlari sababli doʻzax azobidan qutqaradi. Ularga biror yomonlik yetmaydi va ular g‘amgin boʻlmaydilar.
Ey Robbimiz, ularni barcha yomonliklardan asragin, Kimni oʻsha qiyomat kunidagi yomonliklardan asrasang, bas, haqiqatan, unga rahm qilibsan. Mana shu katta yutuqdir.