U osmonlaru Yerni yoʻqdan bor qiluvchi Zotdir. Agar biror ishni qiladigan boʻlsa, unga, faqat “Boʻl!” desa bas, albatta, u boʻladi.
Siz qidirgan ق ض ي masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 63 ta oyat mavjud.
hukm qilgani, tugatgach, va tugatilishini, xohlagan, sening bergan hukmingga, tugatganingiz, qo'ygan, tugatilgan bo'lardi, tugatilgan edi, tugagunicha
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
U osmonlaru Yerni yoʻqdan bor qiluvchi Zotdir. Agar biror ishni qiladigan boʻlsa, unga, faqat “Boʻl!” desa bas, albatta, u boʻladi.
Haj arkonlariga doir ibodatlaringizni ado etganingizdan keyin ilgari ota-bobolaringiz bilan faxrlanib, ularni esga olganingizdek, hatto ulardan ham kuchliroq holda Allohni yodga olinglar. Odamlarning orasida shunday kimsalar ham borki, ular: “Ey Robbimiz, bizlarga, faqat shu dunyoda bergin”, – deydi. Unday kimsalarga oxiratda nasiba yoʻqdir.
Yoki haqni inkor qiluvchilar Allohning azobini farishtalar bilan bulutlar soyasi orasidan ularga chiqib kelib, beriladigan jazo amri boʻlishini kutib oʻtiribdilarmi? Oxirida barcha ishlar, albatta, Allohga qaytariladi.
Shunda Maryam: “Ey Robbim, menga hali odamzodning qoʻli tegmay turib qaydan mendan bola boʻlsin”, – dedi. Alloh unga: “Ha shunday, Alloh Oʻzi istagan narsasini xohlagan tarzda yaratadi. Agar biror bir ishni boʻlishi uchun qaror bersa, unga “boʻl”, – desa tamom u boʻladi”, – dedi.
Yoʻq, Robbingga qasam boʻlsinki, ular oʻz oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga sizni hakam qilib, keyin nafslarida siz chiqargan hukmga eʼtiroz qilmay, butunlay taslim boʻlmagunlaricha, hargiz moʻmin boʻla olmaydilar.
Namozni ado etib boʻlgach, oyoqda turgan holda boʻlasizmi, oʻtirgan boʻlasizmi yoki yonboshlab yotgan boʻlasizmi doimo Allohni zikr qilinglar. Dushman xavfidan omon boʻlgan paytingizda namozni toʻla-toʻkis ado etinglar. Chunki namoz iymon keltirganlar zimmasida vaqti belgilab qoʻyilgan farz amalidir.
U sizlarni boshida loydan yaratgan keyin esa oʻlim vaqtini tayin qilgan Zotdir. Hamda belgilangan yana bir ajal zamoni Uning huzuridadir. Sizlar shundan keyin ham shubha qilmoqdasizlar.
Yana ular: “Uni yoniga bir farishta ham tushirilsa edi”, – deydilar. Agarda farishta tushirganimizda edi sizning ishingiz allaqachon bitirilgan boʻlar edi. Soʻngra ularga tavbalari uchun muhlat ham berib oʻtirilmas edi.
Ey Rasulim, ularga: “Agar sizlar tez boʻlishni xohlayotgan azobning hukmi menda boʻlganda edi, unda men bilan sizning orangizdagi ish allaqachon nihoyasiga yetardi”, – deb ayting. Alloh zolim kimsalarning qilmishlarini yaxshiroq biluvchidir.
U tunlari sizlarni vafot ettirib uxlatadigan va kunduzlari nimalar qilganingizni biladigan Zotdir. Soʻngra belgilangan umr muddati ado qilinishi uchun sizlarni undan yana tiriltirib uyg‘otadi. Oxirida qaytishingiz yana Uning huzurigadir. Keyin sizlarga bu dunyoda qilgan amallaringizning xabarini beradi.
Ikki jamoa toʻqnashgan paytda sizlar vodiyning Madinaga yaqin tarafida, u mushriklar esa vodiyning chekka tomonida ekanini eslanglar. Sizlar oʻlja qilib olmoqchi boʻlgan karvon esa sizdan pastroqda edi. Bordi-yu mushriklar bilan jang qilish uchun oldindan vaʼdalashgan boʻlsangiz ham, baribir muayyan vaqt va joy haqida kelisha olmay ixtilof qilgan boʻlar edingiz. Lekin Alloh jangda halok boʻlganlar ham dalil bilan halok boʻlishlari, hayotda qolganlar ham dalil bilan tirik qolishlari uchun ishni tamomiga yetkazish maqsadida sizlarni dushman bilan toʻsatdan toʻqnashtirib qoʻydi. Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.
Sizlar jangda yov bilan yuzma-yuz kelganingizda, Alloh boʻlishi kerak boʻlgan ilohiy amrni qilish uchun u dushmanlarni sizlarning koʻzingizga kamaytirib, sizlarni ham ularning koʻzlariga ozchilik qilib koʻrsatganini esga oling. Zero, barcha ishlar Allohga qaytariladi.
Agar Alloh odamlarga yaxshilikni tez keltirganidek, yomonlikni ham tezlatsa edi, ularning ajallari bitgan boʻlar edi. Bas, Bizga roʻbaroʻ boʻlishdan umid qilmaydigan gunohkorlarni tug‘yonlarida tentirab yurishlariga tashlab qoʻyamiz.
Avvaliga odamlar islom dinida birlashgan yagona ummat boʻlib, vaqt oʻtishi bilan haq dindan uzoqlashib, keyin ixtilofga tushdilar. Agarda Robbingizdan qiyomatgacha muhlat berish haqida soʻz oʻtmaganida, oralarida tortishayotgan narsalari haqida allaqachon hukm qilingan boʻlar edi.
Har bir ummat uchun Rasul yuborilgandir. Qachonki ularga Rasullari kelsa, oralarida odillik bilan hukm chiqariladi va ularga zarracha zulm qilinmaydi.
Zulm qilgan har bir nafs egasida bordi-yu Yer yuzidagi hamma narsa boʻlgan taqdirda ham, dahshatli azobdan qutulish uchun, albatta, uni fido qilib yuborgan boʻlar edi. Ular jahannam azobini koʻrishgach, pushaymonliklarni ichlarida saqlaydilar. Oʻrtalarida adolat bilan hukm chiqariladi va ularga zarracha zulm qilinmaydi.
Ey Rasulim, ularga Nuh payg‘ambar haqidagi xabarni oʻqib bering! Oʻshanda Nuh oʻz qavmiga aytgandi: “Ey qavmim, agar orangizda uzoq muddat turishim va Allohning oyatlarini eslatishim sizlarga og‘irlik qilgan boʻlsa, bas, unda men Allohning Oʻziga suyanib, tavakkul qildim. Sheriklaringiz bilan birga jam boʻlib ishlaringizni qilaveringizlar. Keyin qilayotgan ishlaringizni oshkor tutaveringizlar oʻzlaringizga maxfiy boʻlib qolmasin. Soʻngra menga nisbatan istagan hukmingizni ijro qilaveringlar hamda menga shartingizni qoʻyib, muhlat berib oʻtirmanglar.
Albatta, Biz bani Isroil avlodlarini goʻzal va omonlik maskaniga yerlashtirdik va ularga pokiza narsalardan rizq qilib berdik. Ular to oʻzlariga Tavrot ilmi kelmaguncha, ixtilof qilmadilar. Albatta, Robbingiz qiyomat kunida ixtilof qilgan narsalari haqida oralarida hukm chiqaradi.
Kofirlar g‘arq boʻlgandan keyin: “Ey yer, suvingni yut va ey osmon, yog‘ishni bas, qilib oʻzingni tutgin”, – deyildi. Suv orqaga tortildi, ilohiy farmon ado etildi va kema Judiy tog‘i ustiga joylashdi. Hamda: “Zolim qavmlarga halokat boʻlsin!” – deyildi.
Darhaqiqat, Biz Musoga ham kitob bergan edik. Bas, u haqda ixtilof qilindi. Agar Robbingizdan qiyomatgacha muhlat haqidagi soʻz oʻtmaganda edi, ularning oralarida shu dunyoning oʻzida hukm qilinar edi. Albatta, u mushriklar u haqda shubha beruvchi gumondalar.