Ey iymon keltirganlar, agar kofirlarga itoat qilsangiz, ortingizga qaytaradilar. Natijada, ziyon koʻruvchilarga aylanib qolasiz.
Siz qidirgan ق ل ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 168 ta oyat mavjud.
qalblarining, ularning qalblarida, qalblaringiz, qalblarimiz, qalblariga, qalbiga, qalblari, qaytib keluvchi, aylanib turganini, qalbida
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey iymon keltirganlar, agar kofirlarga itoat qilsangiz, ortingizga qaytaradilar. Natijada, ziyon koʻruvchilarga aylanib qolasiz.
Iloh ekanligi haqida dalil tushirmagani holda Allohga sherik qilganlari sababli kofirlarning qalblariga qoʻrquv solamiz. Oqibatda ularning borar joylari jahannamdir, zolimlarning borar joylari naqadar yomon joydir!
Keyin bu g‘amning ketidan sizlarga bir omonlik uyqu holatini tushirib, siz moʻminlardan boʻlgan bir toifani bu tuyg‘u qamrab oldi. Munofiqlardan boʻlgan boshqa toifa esa jon talvasasiga tushib, Alloh haqida johilona fikrlari bilan nohaq gumonda boʻlar edilar. Ular: “Oʻzi bizga bu ishdan nima foyda?!” – derdilar. Ey Rasulim, ularga: “Barcha ishlar Allohga oiddir”, – deb ayting. Ular sizga oshkor qilmagan munofiqliklarini ichlarida yashirib yuradilar. Hamda ular: “Agar bizda bu ish yuzasidan tanlov boʻlganida edi, bu yerda oʻldirilmas edik”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Agar uylaringizda oʻtirgan boʻlsangiz ham, oʻldirilishi Alloh tomonidan yozilgan kishilar mutlaqo halokat joylariga kelib qolgan boʻlar edilar. Alloh bu mag‘lubiyatni koʻngillaringizdagi iymon yoki nifoqni sinash va qalblaringizdagi kirlarni tozalash uchun qildi. Shubhasiz, Alloh koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, Yer yuzida hijrat qilib safarda yoki jangda g‘oziy boʻlgan birodarlari haqida: “Agar biz bilan birga boʻlganlarida oʻlmagan va oʻldirilmagan boʻlar edilar”, – deydigan kofirlar kabi boʻlmanglar. Alloh bu tuyg‘uni munofiqlarning qalblarida bir nadomat boʻlsin deb, qilgandir. Alloh tiriltiradi ham, oʻldiradi ham. Alloh qilayotgan hamma ishlaringizni koʻrib turuvchi Zotdir.
Ey Rasulim, Allohning rahmati tufayli ularga yumshoq muomalada boʻldingiz. Agar siz ularga qoʻpol, qattiq qalbli boʻlganingizda, shubhasiz, atrofingizdan tarqalib ketishardi. Shunday ekan, ularni kechiring va xatolari uchun Allohdan mag‘firat tilang. Qilinadigan ishlarda ular bilan maslahatlashing. Qachonki yakuniy qarorni qabul qilsangiz, unda Allohga tavakkul qiling. Albatta, Alloh Oʻziga suyanib ish qiluvchilarni sevadi.
Hamda munofiqlik qilgan kimsalarni bilish uchun edi. Ularga: “Kelinglar, Alloh yoʻlida jang qilinglar yoki mudofaa qilinglar”, – deyilsa, ular: “Agar urush qilishni bilganimizda, sizga ergashar edik”, – deb bahona aytardilar. Oʻsha kuni ular iymondan koʻra kufrga yaqinroq edilar. Ular qalblarida boʻlmaganni og‘izlari bilan aytardilar. Alloh ularning qalblarida yashirganlarini juda yaxshi biluvchidir.
Keyin ular Allohdan buyuk neʼmat va inʼom bilan hech qanday yomonlikka duch kelmay qaytib keldilar. Alloh buyuk fazlu karam sohibidir.
Kofir kimsalarning yurtma-yurt, shaharlarda kezib yurishlari sizni aldab qoʻymasin.
Ey Rasulim, Alloh ana shunday kimsalarning dillaridagi g‘arazni biladi. Siz ularning qilgan ishlaridan yuz oʻgiring. Shunda ham ularga pandu nasihat qilib, nafslariga taʼsir qiladigan yetuk soʻzlarni ayting.
Ahdlarini buzganlari, Allohning oyatlarini inkor qilganlari, anbiyolarni nohaqdan oʻldirganlari va “Daʼvatga quloq tutmaymiz, chunki qalblarimiz qulflangan”, – degan soʻzlari tufayli laʼnatga duchor boʻldilar. Yoʻq, unday emas, aslida Alloh kufrlari tufayli ularning qalblarini muhrlab qoʻygandir. Shunday ekan, ichlaridan, faqat ozchilik iymon keltiradi xolos.
Shundan keyin bergan ahdlarini buzganliklari tufayli ularni laʼnatladik va qalblarini qattiq qilib qoʻydik. Ular Tavrotdagi soʻzlarning joyini oʻzgartirardilar hamda oʻzlariga eslatilgan hukmlarning bir hissasini unutdilar. Ichlaridan ozgina toifadan boshqalarini doimo xiyonat qilayotgan holda ustidan chiqaverasiz. Shunday boʻlsa ham, ularni afv etib, kechirib turavering. Chunki, albatta, Alloh yaxshilik qiluvchi muhsinlarni sevadi.
Muso oʻz qavmiga: “Ey qavmim, Alloh sizlarga bitib qoʻygan muqaddas zaminga kiringlar. Itoatsizlik qilib ortlaringizga oʻgirilib ketmanglar, aks holda, ziyon koʻruvchilarga aylanib qolasiz”, – deb aytgan.
Ey Rasul, og‘izlarida “Iymon keltirdik”, – deydigan, lekin qalblari iymon keltirmagan munofiqlar va yahudiy boʻlgan kimsalardan kufr sari harakat qilayotganlari sizni xafa qilmasin. Ular doimo yolg‘onga quloq osuvchilardir, sizning oldingizga kelmagan boshqa bir yahudiy qavm nomidan josuslik qilib quloq tutib turuvchidirlar. Ular kalimalarni Alloh tarafidan qoʻyilganidan keyin joylarini oʻzgartiradilar. Yahudiylar: “Agar Muhammad tomonidan sizlarga mana bu oʻzgartirilgan hukm berilsa, uni olinglar. Bordi-yu unday hukm berilmasa, uni tark qilinglar”, – deydilar. Alloh kimni fitnaga mubtalo boʻlishini xohlasa, Allohning irodasiga qarshi siz u uchun hech narsa qilishga qodir emassiz. Alloh ana shunday kimsalarning qalblarini tozalashni istamagan. Ular uchun bu dunyoda sharmisorlik, oxiratda esa alamli azob bordir.
Ey Rasul, og‘izlarida “Iymon keltirdik”, – deydigan, lekin qalblari iymon keltirmagan munofiqlar va yahudiy boʻlgan kimsalardan kufr sari harakat qilayotganlari sizni xafa qilmasin. Ular doimo yolg‘onga quloq osuvchilardir, sizning oldingizga kelmagan boshqa bir yahudiy qavm nomidan josuslik qilib quloq tutib turuvchidirlar. Ular kalimalarni Alloh tarafidan qoʻyilganidan keyin joylarini oʻzgartiradilar. Yahudiylar: “Agar Muhammad tomonidan sizlarga mana bu oʻzgartirilgan hukm berilsa, uni olinglar. Bordi-yu unday hukm berilmasa, uni tark qilinglar”, – deydilar. Alloh kimni fitnaga mubtalo boʻlishini xohlasa, Allohning irodasiga qarshi siz u uchun hech narsa qilishga qodir emassiz. Alloh ana shunday kimsalarning qalblarini tozalashni istamagan. Ular uchun bu dunyoda sharmisorlik, oxiratda esa alamli azob bordir.
Ey Rasulim, qalblarida munofiqlik kasali bor kimsalarning ular tomonga oshiqayotganlarini koʻrasiz. Munofiqlar: “Davr kelib bizlarga ulardan bir balo yetib qolishidan qoʻrqamiz”, – deydilar. Shoyad, Alloh musulmonlarga g‘alaba yoki Oʻz huzuridan xayrli bir ish berib qolsa, ana oʻshanda ichlarida saqlab yurganlari uchun pushaymon qiluvchi boʻlib qoladilar.
Keyin ular: “Biz u dasturxondagi neʼmatlardan yeyishni va qalblarimiz xotirjam boʻlishni hamda bizlarga rost gapirganingni bilishni va bu hodisaga guvohlik beruvchilardan boʻlishni istaymiz”, – dedilar.
Ularning orasidan siz Qurʼon oʻqiyotganingizda uni goʻyoki tinglaydigan kimsalar ham bor. Holbuki, biz uni anglamasliklari uchun qalblariga toʻsiqlar va quloqlariga og‘irlik qilib qoʻyganmiz. Agar ular har qanday moʻʼjiza koʻrsalar ham, iymon keltirmaydilar. Hatto siz bilan tortishgani oldingizga kelgan vaqtda kufr keltirgan kimsalar: “Bular avvalgilardan qolgan afsonalardir, xolos”, – deydilar.
Koshki, ularga musibatlarimiz kelganida tazarru qilsalar edi. Lekin ularning qalblari qattiq boʻldi va shayton ularga qilayotgan amallarini chiroyli qilib koʻrsatib qoʻydi.
Ey Rasulim, ularga: “Qani, aytinglar-chi, agar Alloh quloqlaringizni eshitmaydigan, koʻzlaringizni koʻrmaydigan qilib olib qoʻysa hamda qalblaringizga tamg‘a urib qoʻysa, Allohdan boshqa uni sizga qaytarib beradigan iloh kim ekan?” – deb ayting. Qarang, oyatlarni qanday qilib bayon etmoqdamiz, ular shundan keyin ham haqdan yuz oʻgirmoqdalar.
Birinchi marta berilgan moʻʼjizalarga iymon keltirmaganlaridek ularning qalblarini va koʻzlarini teskari qilib qoʻyamiz va tug‘yonlarida tentiragan hollarida tashlab qoʻyamiz.