Jannat ahli kichik xatolardan boshqa katta gunohlardan va buzuqliklardan ham yiroq yuradigan kimsalardir. Albatta, Robbingiz mag‘firati keng boʻlgan Zotdir. U Odamni yer tuprog‘idan paydo qilgan paytidanoq va sizlar onalaringiz qornida homila boʻlgan vaqtdayoq sizlarni yaxshi biluvchidir. Bas, sizlar oʻzlaringizni oqlamay qoʻyaqolinglar! U taqvodor kishilarni yaxshi biluvchidir.

