Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan biror dalilsiz tortishadigan kimsalar Alloh nazdida ham, iymon keltirgan zotlar nazdida ham qattiq nafratga qoladilar. Alloh har bir mutakabbir va zoʻravonning qalbini mana shunday muhrlab qoʻyadi.
Siz qidirgan ك ب ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 161 ta oyat mavjud.
va kibr qildi, og'ir keladi, kibr qilib, va ulug'lashingizni (istaydi), katta gunodir, yanada kattaroq (gunoh)dir, yanada kattaroq (gunoh)dir, katta, yanada kattaroqdir, qarilik
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan biror dalilsiz tortishadigan kimsalar Alloh nazdida ham, iymon keltirgan zotlar nazdida ham qattiq nafratga qoladilar. Alloh har bir mutakabbir va zoʻravonning qalbini mana shunday muhrlab qoʻyadi.
Oʻshanda ular doʻzaxda oʻzaro tortishib, zaiflar mutakabbirlarga: “Bizlar dunyoda sizlarga ergashgan edik, endi, sizlar bizlardan doʻzax otashining biror boʻlagini daf qila olasizlarmi?” – deydilar.
Takabburlik qilgan kimsalar: “Bizlarning barchamiz, shubhasiz, endi, bu yerdamiz. Alloh bandalari oʻrtasida hukm chiqarib boʻldi”, – deydilar.
Albatta, Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan biror hujjatsiz tortishadigan kimsalarning koʻngillarida kibr bor. Ular oʻzlari orzu qilgan bu kibrlariga yetishuvchi emaslar. Bas, siz Allohdan panoh soʻrang. Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Albatta, osmonlar va Yerni yaratish insonlarni yaratishdan kattaroq ishdir. Lekin odamlarning koʻpchiligi buni bilmaydilar.
Robbingiz: “Menga duo qilinglar, Men sizlarning duolaringizni ijobat qilaman”, – dedi. Albatta, Menga qullik qilishdan kibr qilgan kimsalar yaqinda boʻyinlarini eggan holarida jahannamga kiradilar.
Jahannam eshiklaridan u joyda mangu qoluvchi boʻlgan hollaringizda kiringlar. Bas, mutakabbirlarning borar joyi naqadar yomondir.
Bas, Od qavmi yer yuzida nohaq kibrlanib: “Dunyoda bizdan ham quvvatliroq kim bor?” – dedi. Axir, ularni yaratgan Alloh kuch-qudratda ulardan quvvatliroq ekanini bilmadilarmi?! Ular Bizning oyatlarimizni inkor qilar edilar.
Bas, agar sajda qilishdan bosh tortib kibrlansalar, bilingki, Robbingiz huzuridagi farishtalar kecha-yu kunduz hech malol olmay Unga tasbeh aytib sajda qiladilar.
Ey iymon keltirganlar, Alloh sizlar uchun din qilib Nuhga buyurgan narsani va Biz siz Muhammadga vahiy qilgan narsani, shuningdek, Biz Ibrohim, Muso va Iso payg‘ambarlarga buyurgan narsani shariat qildi va: “Dinni barpo qilinglar va unda firqalarga ajralmanglar”, – dedi. Ey Muhammad, mushriklarga siz unga daʼvat qilayotgan narsa og‘irlik qildi. Alloh dinga Oʻzi xohlagan kishilarni tanlab oladi va Oʻziga tavba qiluvchi kishilarni hidoyat qiladi.
Qiyomatda zolimlarni qilgan yomon ishlaridan qoʻrqib turgan hollarida koʻrasiz. Bu jazo baribir ularga tushuvchidir. Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar esa jannat bog‘larida boʻlib, ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Mana shuning oʻzi katta fazldir.
Ular katta gunohlardan va fahsh ishlardan chetlanadigan, g‘azablangan vaqtlarida esa kechirib yuboradigan kimsalardir.
Biz ularga qaysi bir moʻʼjizani koʻrsatsak, albatta, u oʻzidan oldingi sherigidan kattaroq boʻlar edi. Shoyad kufrdan iymonga qaytsalar, deb ularni azobga tutdik.
Dahshatli ushlash bilan tutadigan qiyomat kunida Biz ulardan intiqom oluvchimiz.
U oʻziga tilovat qilinayotgan Alloh oyatlarini eshitadi, keyin xuddi ularni eshitmagandek, kibrlangan holda yana kufrda davom etadi. Bas, ey Muhammad, unga alamli azob borligi haqida xushxabar bering.
Ammo kufr keltirgan kimsalarga: “Axir, sizlarga dunyoda ekaligingizda oyatlarim tilovat qilinmaganmi?! Bas, sizlar kibrlandingiz va gunohkor qavmlardan boʻldingiz”, – deyiladi.
Osmonlar va Yerdagi buyuklik yolg‘iz Unikidir! Shubhasiz, U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ularga: “Ey mushriklar, qani aytinglar-chi, agar ushbu Qurʼon Allohning huzuridan boʻlsa-yu, sizlar uni inkor qilib turibsiz holbuki, bani Isroil avlodidan boʻlgan bir guvoh ham bu Qurʼonning oʻxshashiga guvohlik berib, iymon keltirib turibdi. Sizlar esa iymon keltirmay takabbarlik qilganingiz nimasi?! Albatta, Alloh zolimlar qavmini hidoyat qilmas”, – deb ayting.
Kufr keltirgan kimsalar doʻzaxga koʻndalang qilinadigan kunda ularga: “Sizlar dunyo hayotingizdayoq mazangizni qilib, huzurlanib boʻlgansiz. Bugun Yer yuzida nohaq takabburlik va fosiqlik qilganingiz uchun xorlik azobi bilan jazolanasizlar”, – deyiladi.
Darhaqiqat, u oʻsha payt Robbisining qudratiga dalolat qiluvchi buyuk alomatlarni koʻrdi.