Ey Robbimiz, ularga azobni ikki barobar qilib ber va ularni katta laʼnat bilan laʼnatlagin.
Siz qidirgan ك ب ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 161 ta oyat mavjud.
va kibr qildi, og'ir keladi, kibr qilib, va ulug'lashingizni (istaydi), katta gunodir, yanada kattaroq (gunoh)dir, yanada kattaroq (gunoh)dir, katta, yanada kattaroqdir, qarilik
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Robbimiz, ularga azobni ikki barobar qilib ber va ularni katta laʼnat bilan laʼnatlagin.
Kufr keltirgan kimsalar: “Bizlarga qiyomat kelmaydi”, – dedilar. Ey Muhammad, ularga: “Yoʻq, g‘aybni biluvchi Robbimga qasamki, albatta, u sizlarga keladi. Osmonlar va Yerdagi bir zarra vaznicha, hatto undan ham kichik yoki katta biror narsa Allohdan maxfiy qolmaydi, barchasi aniq kitobda mavjuddir”, – deb ayting.
Alloh huzurida faqat Oʻzi izn bergan kishilarning shafoatigina foyda beradi. Qachonki, ularga izn berilib, qalblaridan qoʻrquv ketkazilgach, bir-birlariga: “Robbingiz izn uchun nima dedi?” – deydilar. Ularga: “Haqni aytdi va shafoatga izn berdi. U barchadan oliy va ulug‘ Zotdir”, – deb javob aytadilar.
Kufr keltirgan kimsalar: “Biz bu Qurʼonga ham, undan oldingi kitoblarga ham aslo iymon keltirmaymiz”, – dedilar. Ey Rasulim, agar siz oʻsha zolim kimsalarni qiyomat kuni Robbilari huzurida tik turg‘izib qoʻyilib, bir-birlariga gap qaytarayotganlarini koʻrsangiz edi?! Oʻshanda zaif hisoblangan kimsalar mutakabbir kimsalarga: “Agar sizlar boʻlmaganingizda, bizlar, albatta, moʻminlardan boʻlar edik”, – deydilar.
Mutakabbir kimsalar zaif sanalganlarga: “Sizlarga hidoyat kelganidan keyin sizlarni undan biz toʻsdikmi? Aksincha, oʻzingiz gunoh qiluvchilardan boʻlgan edingiz”, – deydilar.
Zaif sanalganlar mutakabbir kimsalarga: “Yoʻq, kecha-yu kunduz bizga qilgan makrlaringizchi?! Oʻshanda sizlar bizlarni Allohga kufr keltirishga va Unga teng sheriklar qilishga buyurar edingiz”, – deydilar. Ular azobni koʻzlari bilan koʻrgan vaqtlarida nadomatni ichlarida tutadilar. Biz kufr keltirgan kimsalarning boʻyinlariga kishanlar solamiz. Ular faqat dunyoda qilib oʻtgan amallariga yarasha jazolanadilar.
Kufr keltirgan kimsalar uchun jahannamda qattiq azob bordir. Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlar uchun esa mag‘firat va ulkan mukofot bordir.
Soʻngra Biz bu kitobni Oʻz bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ularning orasida unga amal qilmay oʻz nafsiga zulm qiluvchi ham bor, ularning orasida oʻrtacha amal qiluvchi ham bor va ularning orasida Allohning izni bilan yaxshiliklarda oʻzib ketuvchilar ham bor. Qurʼonga voris boʻlish bu – Allohning ulug‘ marhamatidir.
Ular yer yuzida takabburlik qilgan va payg‘ambarga qarshi yomon makr qilgan hollarida hidoyatdan uzoqlashdilar. Yomon makr esa, faqat oʻz egalarini qurshab oladi. Bas, ular faqat avvalgi ummatlarning yoʻllariga koʻz tutmoqdalar. Bas, Allohning sunnatiga aslo oʻzgartirish ham topmaysiz, Allohning sunnatida hargiz almashtirish topmaysiz.
Chunki ularga: “Allohdan oʻzga iloh yoʻq”,deyilganda, takabburlik qilar edilar.
Faqat iblisgina kibrlanib sajda qilmadi va kofirlardan boʻldi.
Shunda Alloh unga: “Ey iblis, qudrat qoʻlim bilan yaratgan narsaga sajda qilishingdan seni nima man qildi?! Kibr qildingmi yoki sen Odamga koʻra oliy zotlardan boʻldingmi?!” – dedi.
Bas, Alloh ularga mana shu dunyo hayotida sharmandalikni tottirdi. Oxirat azobi esa yanada kattaroqdir. Agar ular jazoning yomonligini bilganlarida edi, payg‘ambarlarni inkor qilmagan boʻlar edilar.
Yoʻq, ey nafs senga Mening oyatlarim kelganida, sen ularni yolg‘onga chiqarding va kibrlanib, kofirlardan boʻlgan eding!
Qiyomat kunida Allohga nisbatan yolg‘on soʻzlagan kimsalarni yuzlari qoraygan holda koʻrasiz. Takabburlarning joyi jahannamda emasmi?!
Shunda ularga: “Jahannam darvozalaridan kiringlar! Sizlar u yerda mangu qolasizlar!” deyiladi. Bas, takabbur kimsalarning joylari naqadar yomondir!
Kufr keltirgan kimsalarga qiyomat kuni: “Sizlarni dunyoda iymonga chaqirilganda, kofir boʻlgan paytingizdagi Allohning nafrati sizning oʻzingizga hozirgi nafratingizdan kattaroqdir”, – deb nido qilinadi.
Bu azoblar sizlarni yolg‘iz Allohga ibodat qilishga daʼvat qilinganda kufr keltirganingiz, agar Unga shirk keltirilsa, ishonganingiz tufaylidir. Bas, barcha hukm oliy va ulug‘ Allohnikidir.
Shunda Muso: “Men Robbim va Robbingiz boʻlgan Allohdan hisob kuniga iymon keltirmaydigan barcha mutakabbirlarning yomonligidan panoh soʻrayman”, – dedi.
Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan biror dalilsiz tortishadigan kimsalar Alloh nazdida ham, iymon keltirgan zotlar nazdida ham qattiq nafratga qoladilar. Alloh har bir mutakabbir va zoʻravonning qalbini mana shunday muhrlab qoʻyadi.