Biz Musoga Tavrot Kitobini berdik va uni bani Isroil avlodlari uchun hidoyat qilib berib, ularga: “Mendan oʻzgani vakil qilib olmanglar!” – dedik.
Siz qidirgan ك ت ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 319 ta oyat mavjud.
Kitob, Kitobni, yozadilar, yozganidan, Kitobning, bir Kitob (Qur'on), kitob, kitobni, kitob, Kitobda
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Biz Musoga Tavrot Kitobini berdik va uni bani Isroil avlodlari uchun hidoyat qilib berib, ularga: “Mendan oʻzgani vakil qilib olmanglar!” – dedik.
Shuningdek, Biz bani Isroil avlodiga kitobda: “Sizlar, albatta, Shom zaminida ikki marta buzg‘unchilik qilasizlar va katta tug‘yonga ketasizlar”, – deb bildirdik.
Biz har bir insonning qilgan amalini ajralmas qilib boʻyniga bog‘lab qoʻyganmiz. Unga qiyomat kunida uni ochilgan holda uchratadigan nomai aʼmol kitobini chiqarib beramiz.
Qiyomatda unga: “Mana, kitobingni oʻqi! Bugun nafsing oʻzingga qarshi yetarli hisob qiluvchidir”, – deyiladi.
Yer yuzidagi biror qishloq yoki shahar ahli yoʻqki, Biz ularni qiyomat kuni kelishidan oldin halok etuvchi boʻlmasak yoki ularni qattiq azob bilan azoblovchi boʻlmasak. Bularning taqdiri kitobda bitilgandir.
Biz qiyomat kunida barcha odamlarni oʻz rahnamolari bilan chaqiramiz. Bas, kimgaki nomai aʼmoli boʻlgan kitobi oʻng qoʻlidan berilsa, aynan oʻshalar oʻzlariga zarracha zulm qilinmagan holda sevinib kitoblarini oʻqiydilar.

Yoxud sening oltindan bir uying boʻlmaguncha yoki koʻz oʻngimizda osmonga koʻtarilib ketmaguningcha, hargiz senga iymon keltirmaymiz. Bizlarga oʻqiydigan biron kitob tushirmas ekansan, hatto, bu osmonga koʻtarilishingga ham aslo ishonmaymiz. Ey Rasulim, ularga: “Yo pok Parvardigorim, men faqat payg‘ambar boʻlgan bir odam edim-ku!” – deb ayting.
Bandasi Muhammadga hikmat toʻla kitobni nozil qilgan Allohga hamd boʻlsin. Uni odamlarni shubha ostiga qoʻyadigan zarracha ziddiyat va egrilik qilmadi.
Ey Muhammad, sizga vahiy qilingan Robbingizning kitobini tilovat qiling. Uning soʻzlarini oʻzgartiruvchi yoʻq. Undan boshqa aslo hech qanday panohni topa olmaysiz.
Soʻng har bir kishining nomai aʼmoli bitilgan kitobi oʻz qoʻliga keltirib qoʻyiladi. Bas, gunohkorlarning undagi yozilgan narsalardan qoʻrquvga tushib: “Holimizga voy boʻlsin! Bu qanday kitobdirki, na kichik va na katta gunohni qoldirmay, barchasini hisoblab qoʻyibdi”, – deyishlarini koʻrasiz. Ular qilgan neki amallari boʻlsa, barchasini hozir holda topadilar. Robbingiz hech kimga zulm qilmaydi.

Biz unga: “Ey Yahyo, Tavrot kitobini mahkam tutgin”, – dedik. Hamda unga goʻdaklik chog‘idayoq hikmat va ilm ato qildik.
Ey Muhammad, bu kitobda Maryamni yodga oling. U oʻz oilasidan chetga, sharq tomonga chekildi.
Shunda goʻdak tilga kirib: “Men Allohning bandasidirman. Alloh menga kitob berdi va meni payg‘ambar qildi”, – deb gapirib yubordi.
Ey Muhammad, ushbu kitobda Ibrohim payg‘ambarning qissasini ham yodga oling. Shubhasiz, u juda sadoqatli payg‘ambar edi.
Ey Muhammad, ushbu kitobda Muso payg‘ambar qissasini ham yodga oling. Haqiqatan, u tanlab olingan rasul va payg‘ambar edi.
Ey Muhammad, bu kitobda Ismoil payg‘ambar qissasini ham yodga oling. Darhaqiqat, u vaʼdasida sodiq turuvchi hamda rasul va payg‘ambar edi.
Yana bu kitobda Idris payg‘ambar qissasini ham yodga oling. Darhaqiqat, u rostgoʻy payg‘ambar edi.
Yoʻq, unday emas, albatta, Biz uning aytayotgan soʻzini yozib qoʻyamiz hamda unga azobni uzaytirib qoʻyamiz.