Bular ochiq-oydin kitobning oyatlaridir.
Siz qidirgan ك ت ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 319 ta oyat mavjud.
Kitob, Kitobni, yozadilar, yozganidan, Kitobning, bir Kitob (Qur'on), kitob, kitobni, kitob, Kitobda
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Bular ochiq-oydin kitobning oyatlaridir.
Biz avvalgi avlodlarni kofir boʻlganlari uchun halok qilganimizdan keyin Musoga odamlar uchun nur, hidoyat va rahmat manbai boʻlgan kitob berdik. Shoyad, ular bundan eslatma olsalar!
Ey Muhammad ularga: “Agar rostgoʻy boʻlsangiz, Alloh huzuridan u ikki kitobdan koʻra toʻg‘riroq boʻlgan biror kitob keltiringlar, men unga ergashay”, – deb ayting.
Biz Qurʼondan ilgari kitob bergan yahudiy va nasroniylarning moʻminlari unga iymon keltiradilar.
Siz oʻzingizga kitob tushirilishidan umidvor ham emasdingiz. Faqat Robbingiz tomonidan rahmat boʻlib u nozil qilindi. Bas, aslo kofirlarga yordamchi boʻlmang.
Biz unga oʻg‘li Ishoq va nabirasi Yaʼqubni ato qildik hamda payg‘ambarlikni va samoviy kitoblarni uning zurriyotiga xos qildik va unga shu dunyoda ham ajru mukofotini berdik, albatta, u oxiratda ham solih zotlardandir.
Ey Muhammad, sizga kitobdan nima vahiy qilingan boʻlsa, oʻshani tilovat qilib bering va namozni toʻliq ado qiling! Albatta, namoz fahsh va yomonlikdan qaytaradi. Albatta, Allohni zikr qilmoq barcha narsadan ulug‘dir. Alloh barcha qilayotgan ishlaringizni bilib turadi.
Ey moʻminlar, ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylarning zulm qilganlaridan boshqalari bilan faqat eng chiroyli tarzda munozara qilinglar. Shuningdek, ularga: “Biz oʻzimizga nozil qilingan Qurʼonga ham, sizlarga nozil qilingan Tavrot va Injil kitobiga ham iymon keltirganmiz. Bizning ilohimiz ham sizlarning ilohingiz ham bir Ilohdir va bizlar, faqat Unga boʻysunuvchilarmiz.
Ey Muhammad, shunday qilib, sizga kitobni nozil qildik. Bas, Biz ilgari Tavrot va Injil kitobini bergan zotlar unga iymon keltiradilar. Ana u Makka ahli orasidagilarda ham unga iymon keltiradigan kishilar bordir. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlar inkor qiladilar.
Ey Muhammad, shunday qilib, sizga kitobni nozil qildik. Bas, Biz ilgari Tavrot va Injil kitobini bergan zotlar unga iymon keltiradilar. Ana u Makka ahli orasidagilarda ham unga iymon keltiradigan kishilar bordir. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlar inkor qiladilar.
Ey Muhammad, siz oldin biror bir kitobni tilovat qilmagan va qoʻlingiz bilan uni yozmagan edingiz. Agar unday boʻlganda buzg‘unchilar, albatta, shubhaga tushgan boʻlar edilar.
Axir oʻzlariga tilovat qilinayotgan ushbu kitobni, sizga nozil qilganimiz ular uchun yetarli emasmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun rahmat va eslatma bordir!
Shunda oʻzlariga Alloh tomonidan ilm va iymon berilgan zotlar: “Aniqki, sizlar Allohning Lavh ul-Mahfuzda yozib qoʻyganidek, tirilish kunigacha turdinglar. Bas, endi mana bu tirilish kunidir. Lekin sizlar buni haq ekanini bilmas edinglar”, – deydilar.
Ushbular hikmatli kitobning oyatlaridir.
Ey insonlar, Alloh osmonlar va Yerdagi barcha narsalarni sizning xizmatingizga boʻysundirib qoʻyganini va sizlarga barcha koʻringan va koʻrinmagan neʼmatlarini mukammal qilib berganini koʻrmadingizmi?! Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular ilmsiz boʻla turib, hidoyat topmagan va aniq kitobga ega boʻlmagan hollarida Alloh haqida tortishadilar.
U haqida hech qanday shubha boʻlmagan kitobning nozil qilinishi barcha olamlarning Robbisi tomonidandir.
Biz Musoga kitob ato qildik, Bas, ey Muhammad, siz uning Tavrotga roʻbaroʻ boʻlganidan shubhada boʻlmang. Biz Tavrotni bani Isroil avlodi uchun hidoyat manbai qildik.
Payg‘ambar, moʻminlarga oʻz jonlaridan ham qiymatliroqdir, uning ayollari esa ularning onalaridir. Allohning kitobida qarindoshlar merosxoʻrlikda bir-birlariga qarindosh boʻlmagan moʻminlardan va muhojirlardan koʻra haqliroqdirlar. Biroq sizlar diniy doʻstlaringizga meros berishlik bilan yaxshilik qilishingiz mumkin. Bu, kitobda bitib qoʻyilgan hukmdir.
Payg‘ambar, moʻminlarga oʻz jonlaridan ham qiymatliroqdir, uning ayollari esa ularning onalaridir. Allohning kitobida qarindoshlar merosxoʻrlikda bir-birlariga qarindosh boʻlmagan moʻminlardan va muhojirlardan koʻra haqliroqdirlar. Biroq sizlar diniy doʻstlaringizga meros berishlik bilan yaxshilik qilishingiz mumkin. Bu, kitobda bitib qoʻyilgan hukmdir.
Alloh dushman guruhlarga yordam bergan, ahli kitobdan iborat kimsalarni oʻz qalʼalaridan tushirdi va qalblariga qoʻrquv soldi. Endi, siz ulardan bir guruhni oʻldirasizlar, bir guruhni esa asir olasizlar.