U haqiqatni biladigan qavm uchun arabiy Qurʼon holida nozil qilinib, oyatlari mufassal bayon qilingan kitobdir.
Siz qidirgan ك ت ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 319 ta oyat mavjud.
Kitob, Kitobni, yozadilar, yozganidan, Kitobning, bir Kitob (Qur'on), kitob, kitobni, kitob, Kitobda
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
U haqiqatni biladigan qavm uchun arabiy Qurʼon holida nozil qilinib, oyatlari mufassal bayon qilingan kitobdir.
Shubhasiz, oʻzlariga eslatma boʻlib kelgan Qurʼonni inkor qilgan kimsalar azobga duchor boʻladilar. Albatta, u aziz kitobdir.
Ey Muhammad, darhaqiqat, Biz Musoga Tavrot kitobini ato qilganimizda, u haqida ham ixtilof qilingan. Agar oldin Robbingiz tomonidan qiyomat xususidagi soʻz oʻtmaganida, ularning oʻrtasida allaqachon hukm chiqarilgan boʻlar edi. Chindan ham, ular bu Qurʼon haqida shak-shubhadalar.
Avvalgi oʻtgan qavmlar oʻzlariga ajralmaslik haqida bilim kelganidan soʻng oʻzaro hasad qilishib, firqalarga boʻlinib ketganlar. Agar Robbingiz tomonidan azoblashni maʼlum muddatgacha kechiktirish haqida soʻz oʻtmaganida, ular orasida albatta hukm chiqarilgan boʻlar edi. Aniqki, ulardan keyin Tavrot va Injil kitoblariga voris qilingan yahudiy va nasroniy kimsalar undan shubhadadirlar.
Bas, ey Muhammad shuning uchun ham siz oʻzingizga buyurilganidek daʼvat qiling va toʻg‘ri yoʻlda boʻling hamda ularning havoyi nafslariga ergashmang. Ularga: “Men Alloh nozil qilgan kitobga iymon keltirdim va sizlarning oʻrtangizda adolatli boʻlishga buyurildim. Alloh bizning ham Robbimiz, sizning ham Robbingizdir. Bizning amallarimiz oʻzimizga, sizlarning amallaringiz esa oʻzingizgadir. Bizlar bilan sizlarning oʻrtangizda janjalga oʻrin yoʻqdir. Alloh qiyomatda barchamizni bir oraga jamlaydi va qaytib borish faqat Uning Oʻzigadir”, deb – ayting.
Alloh haq bilan kitobni va adolat tarozisini tushirgan Zotdir. Qaerdan bilasiz, ehtimol, qiyomat soati yaqindir.
Ey Muhammad, shunday qilib, xuddi avvalgi payg‘ambarlarga vahiy qilganimizdek amrimiz bilan sizga Ruhni vahiy qildik. Siz bundan oldin kitobni ham iymon mohiyatini ham bilmas edingiz. Lekin Biz bu Qurʼonni bir nur qildik va u bilan bandalarimizdan Oʻzimiz xohlagan kishilarni hidoyat qilamiz. Albatta, siz vahiy yordamida odamlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlaysiz.
Ochiq-oydin kitob boʻlgan Qurʼonga qasamki,
Darhaqiqat, ushbu Qurʼon dargohimizdagi ona kitobdadir. Uning qadri oliy martabali va hikmatlidir.
Rahmonning bandalari boʻlgan farishtalarni mushriklar qizlar dedilar. Yoki mushriklar ularning yaratilishiga guvoh boʻlganmidilar?! Unday boʻlsa ularning bu guvohliklari, albatta, yozib qoʻyiladi va ular qiyomat kunida soʻroq qilinadilar.
Yoki ularga bu Qurʼondan oldin biror kitob berganmiz-u, ular uni mahkam tutib oluvchi boʻldilarmi?!
Balki ular Biz ularning sirlarini va pichirlashib qilgan maslahatlarini eshitmaymiz, deb oʻylaydilarmi?! Yoʻq! Bizning elchi farishtalarimiz ularning oldilarida boʻlib, qilgan barcha ishlarini yozib bormoqdalar.
Aniq kitob boʻlgan Qurʼonga qasam boʻlsin.
Bu Qurʼon Aziz va Hakim boʻlgan Alloh tomonidan nozil qilingan kitobdir.
Darhaqiqat, Biz bani Isroil avlodiga kitob, hikmat va payg‘ambarlik ato qildik va ularni pokiza narsalardan rizqlantirdik hamda ularni oʻz davrlaridagi olamlardan afzal qildik.
Qiyomat kuni barcha ummatni qoʻrquv va iztirobdan tiz choʻkkan holda koʻrasiz. Har bir ummat oʻz nomai aʼmolini koʻrishga chaqiriladi, Bugun qilib oʻtgan amallaringizga koʻra jazolanasizlar.
Mana bu nomai aʼmol kitobimiz sizlarga faqat haqiqatni aytib beradi. Darhaqiqat, Biz sizlar qilib yurgan amallaringizni ushbu nomai aʼmolga koʻchirib turar edik.
Bu Qurʼon Aziz va Hakim boʻlgan Alloh tomonidan nozil qilingan kitobdir.
Ey Muhammad, mushriklarga: “Sizlar Allohni qoʻyib iltijo qilayotgan butlaringiz haqida xabar berib menga koʻrsatinglar-chi, ular yerdan nimani yaratganlar?! Yoki ular uchun osmonlarni yaratishda sheriklik bormi?! Agar rostgoʻy boʻlsangizlar, menga ushbu Qurʼondan oldin nozil qilingan biror kitobni yoki biror ilmiy asarni keltiringlar-chi!” – deb ayting.
Ushbu Qurʼondan oldin Musoning yoʻl boshlovchi va rahmat boʻlgan kitobi Tavrot bor edi. Bu Qurʼon arabiy tildagi oʻzidan oldingi ilohiy kitoblarni tasdiqlovchi bir kitobdir. U zulm qilgan kimsalarni oxirat azobidan ogohlantirish va yaxshilik qiluvchilarga jannat haqida bashorat beruvchi boʻlib nozil qilingan.