Alif, Lom, Ro. Ushbular hikmat toʻla kitob oyatlaridir.
Siz qidirgan ك ت ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 319 ta oyat mavjud.
Kitob, Kitobni, yozadilar, yozganidan, Kitobning, bir Kitob (Qur'on), kitob, kitobni, kitob, Kitobda
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Alif, Lom, Ro. Ushbular hikmat toʻla kitob oyatlaridir.
Agarda odamlarga yetgan zarar ortidan rahmat zavqini tottirsak, birdan ularda oyatlarimiz haqida makr paydo boʻladi. Ey Rasulim: ularga: “Alloh makrlarni yoʻq qilishda tezroqdir”, – deb ayting. Albatta, elchi farishtalarimiz sizlar qilayotgan makrlaringizni yozib bormoqdalar.
Ushbu Qurʼon Allohdan boshqa kimdir tarafidan toʻqib chiqarilgan boʻlishi mumkin emas. Balki u butun olamlar Robbisi tomonidan nozil qilingan, haqligida unda hech qanday shubha boʻlmagan va oʻzidan oldingi ilohiy kitoblarni tasdiqlovchi hamda batafsil bayon etilgan kitobdir.
Ey Rasulim, qanday holatda boʻlmang, Qurʼondan nimani tilovat qilmang, qandaydir bir ishni qilmanglar va oʻshanga kirishganingiz zahoti, albatta, Biz tepangizda guvohmiz. Na Yer yuzida va na osmonlardagi zarra miqdorida boʻladimi yoki undan kichikroqmi yo kattaroq narsami – barchasi Robbingdan chetda maxfiy qolmaydi. Ularning hammasi aniq kitob boʻlgan Lavh ul-Mahfuzda bordir.
Ey Muhammad, agar sizga nozil qilgan tarixiy voqealar xususida shubhada boʻlsangiz, u holda sizdan oldingi Tavrot yoki Injil kitobini oʻqiydigan kishilardan soʻrab koʻring. Robbingizdan sizga haq vahiy kelgandan keyin aslo shubha qiluvchilardan boʻlmang.
Alif, Lom, Ro. Bu oyatlari mustahkam qilingan, soʻngra hikmat sohibi – Hakim va barcha narsalardan xabardor boʻlgan – Xobir Zot tomonidan batafsil bayon qilingan kitobdir.
Yerda oʻrmalab yuruvchi narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasida. U har bir jonzotning doimiy va vaqtinchalik joylashgan makonlarini, qoʻnadigan va xavfsiz boʻlgan joyini biladi. Bularning hammasi bayon qilingan kitob boʻlmish Lavh ul-Mahfuzda yozilgan.
Robbisi tomonidan aniq hujjat boʻlmish Qurʼonga, ortidan Undan bir guvoh boʻlib kelgan Jabroilga, undan oldin esa rahnamo va rahmat sanalmish Musoning kitobi Tavrotga ega boʻlgan kishi, faqat oʻtkinchi dunyo manfaatlarini xohlovchilar bilan barobar boʻladimi?! Aynan oʻshalar u Qurʼonga iymon keltiradilar. Barcha guruhlar orasidan kim u Qurʼonni inkor qilsa, uning vaʼda qilingan joyi doʻzaxdir. Bas, ey Muhammad, siz undan shak-shubhada boʻlmang. Albatta, u Robbingiz tomonidan kelgan haqiqatdir. Lekin odamlarning koʻplari iymon keltirmaydilar.
Darhaqiqat, Biz Musoga ham kitob bergan edik. Bas, u haqda ixtilof qilindi. Agar Robbingizdan qiyomatgacha muhlat haqidagi soʻz oʻtmaganda edi, ularning oralarida shu dunyoning oʻzida hukm qilinar edi. Albatta, u mushriklar u haqda shubha beruvchi gumondalar.
Alif, Lom, Ro. Ushbu oyatlar ochiq-oydin Kitob oyatlaridir.
Alif, Lom, Mim, Ro. Bular muqaddas Kitob boʻlgan Qurʼon oyatlaridir. Ey Muhammad, sizga nozil qilingan bu Qurʼon ayni haqiqatdir, lekin shunda ham odamlarning koʻpchiligi iymon keltirmaydilar.
Biz Tavrot va Injil Kitobini bergan kimsalar sizga nozil qilingan Qurʼon sababli xursand boʻladilar. Biroq yahudiy va nasroniylardan iborat guruhlar orasida Qurʼonning baʼzi bir qismini inkor qiladiganlar ham bor. Ey Muhammad, ularga: “Albatta, men yolg‘iz Allohga ibodat qilishga va Unga hech narsani sherik qilmaslikka buyurildim. Faqat yolg‘iz Unga qul boʻlishga daʼvat qilaman va oxiri qaytar joyim ham Uning huzurigadir”, – deb ayting.
Darhaqiqat, sizdan avval ham koʻplab payg‘ambarlar yuborganmiz va ularga jufti halollar va zurriyotlar berganmiz. Hech bir payg‘ambar uchun Allohning iznisiz biror moʻʼjiza keltirish mumkin emas. Har bir vaqt uchun munosib Kitob bordir.
Alloh nimani xohlasa, uning hukmini bekor qiladi va nimani xohlasa, uni sobit qiladi. Kitobning onasi boʻlgan Lavh ul-Mahfuz Uning huzuridadir.
Kufr keltirgan kimsalar sizga: “Sen Alloh tomonidan yuborilgan elchi emassan”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Men bilan sizning orangizda Allohning guvohligi va ularda Tavrot, Injil va Qurʼon kitobining ilmi bor kishilar guvohligi kifoyadir”, – deb ayting.
Alif, Lom, Ro. Ey Muhammad, bu Qurʼon Robbilarining izni bilan odamlarni zulmatlardan nurga – izzatli va maqtalgan Zotning yoʻliga olib chiqishingiz uchun sizga nozil qilgan Kitobimizdir.
Alif, Lom, Ro. Ushbu oyatlar kitob va ochiq-oydin Qurʼonning oyatlaridir.
Biz biror shahar aholisini uning uchun maʼlum muddat oʻtib ajallari kelmaguncha halok qilmaganmiz.
Biz sizga iymon keltiradigan qavm uchun hidoyat va rahmat manbai boʻlmish kitobni ularga ixtilof qilayotgan narsalarini aniq qilib berishingiz uchungina nozil qildik.
Biz qiyomat kuni har bir ummat orasidan oʻzlaridan boʻlgan payg‘ambarni guvoh qilib keltiramiz. Sizni esa ey Muhammad, ana ular ustiga guvoh qilib keltiramiz. Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat va rahmat manbai hamda musulmonlar uchun xushxabar boʻlgan kitobni nozil qildik.