Ey iymon keltirganlar, sizlardan oldingi kitob berilganlar ichidan diningizni masxara va oʻyin qilib olgan kimsalarni va kofirlarni doʻst qilib olmanglar. Agar haqiqiy moʻmin boʻlsangiz, yolg‘iz Allohdan qoʻrqinglar.
Siz qidirgan ك ت ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 319 ta oyat mavjud.
Kitob, Kitobni, yozadilar, yozganidan, Kitobning, bir Kitob (Qur'on), kitob, kitobni, kitob, Kitobda
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey iymon keltirganlar, sizlardan oldingi kitob berilganlar ichidan diningizni masxara va oʻyin qilib olgan kimsalarni va kofirlarni doʻst qilib olmanglar. Agar haqiqiy moʻmin boʻlsangiz, yolg‘iz Allohdan qoʻrqinglar.
Ey Rasulim, ularga: “Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Bizlar Allohga, oʻzimizga nozil qilingan Qurʼonga, bundan oldin nozil qilingan kitoblarga iymon keltirganimiz hamda sizlarning aksariyatingiz esa buzg‘unchilardan boʻlganingiz uchun bizni yoqtirmaysizlar”, – deb ayting.
Agar ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar iymon keltirib Allohdan qoʻrqqanlarida edi, albatta, ularning xatolarini kechirgan va neʼmatlar bilan toʻla jannatga kirgizgan boʻlar edik.
Ey Rasulim, ularga: “Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Tavrotga, Injilga va Robbingiz tomonidan sizlarga nozil qilingan Qurʼon hukmlariga toʻg‘ri amal qilmaguningizgacha aniq bir din ustida emassizlar”, – deb ayting. Robbingizdan sizga nozil qilingan Qurʼon ulardan koʻpchiligining tug‘yon va kufrini yanada orttiradi. Shunday ekan, kofir qavmlar uchun qayg‘urmang.
Ey Rasulim, ularga: “Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Haqsiz ravishda diningiz xususida haddingizdan oshmanglar. Hamda avvalari haq yoʻldan adashgan va koʻplab insonlarni adashtirgan hamda toʻg‘ri yoʻldan toygan qavmning havoyi nafslariga ergashmanglar”, – deb ayting.
Ular Elchimiz Muhammadga nozil qilingan Qurʼonni eshitgan paytlarida, uning haq ekanini bilganlari uchun koʻzlaridan yosh toʻlib oqayotganini koʻrasiz. Hamda ular: “Ey Robbimiz, iymon keltirdik va bizlarni haqiqatga guvohlik beruvchilardan qilib yozgin”, – deydilar.
Alloh oʻsha kunda: “Ey Maryam oʻg‘li Iso, senga va volidangga bergan neʼmatlarimni xotirlagin. Oʻshanda seni Ruh ul-Qudus boʻlgan Jabroil bilan qoʻllagan edim. Odamlarga beshikda ekaningda ham, navqiron chog‘ingda ham gapirarding. Hamda senga yozish va hikmat ilmini hamda Tavrot va Injilni oʻrgatdim. Mening iznim bilan loydan qush shaklini oʻxshatib yasar, keyin unga puflarding va u Mening iznim bilan haqiqiy bir qush boʻlib qolar edi. Mening iznim bilan tug‘ma koʻr va pes kasalligini tuzatar eding. Mening iznim bilan oʻliklarni ham tiriltira olar eding. Ularga ochiq-oydin dalillar bilan kelganingda ular orasidagi kufr keltirgan kimsalar: “Bu aniq sehrdir”, – degan edilar. Oʻshanda bani Isroil avlodlarining yomonligidan seni toʻsib qolganimni ham yodga ol”, – deydi.
Ey Muhammad, agar sizga qog‘oz ustiga yozilgan bir kitob nozil qilib, uni qoʻllari bilan ushlab koʻrsalar ham, kufr keltirgan kimsalar, albatta: “Bu aniq sehrdan boshqa narsa emas”, – deb inkor qilar edilar.
Ey Rasulim, ularga: “Osmonlar va Yer yuzidagi barcha narsa kimning mulkidir?” – deb ayting. Keyin esa: “Barchasi Allohnikidir”, – deng. Alloh Oʻziga maxluqotlari uchun marhamat qilishni yozdi. U sizlarni shak-shubhasiz boʻladigan qiyomat kunida toʻplaydi. Faqat oʻzlariga ziyon qilgan kimsalar iymon keltirmaydilar.
Biz kitob bergan yahudiy va nasroniylar u Muhammadning payg‘ambar ekanligini xuddi oʻz oʻg‘illarini tanigandek bilardilar. Faqat oʻzlariga ziyon qilgan kimsalar iymon keltirmaydilar.
Yer yuzida sudralib yuruvchi hayvonlar va samoda ikki qanoti bilan uchayotgan qushlar ham xuddi sizlar kabi bir guruh maxluqdirlar. Biz Lavh ul-Mahfuzdagi kitobda hamma narsani benuqson qilib yozib qoʻydik. Oxirida esa barchalari Robbilari huzurida toʻplanadilar.
Ey Rasulim, agar sizning yoningizga oyatlarimizga iymon keltiradigan kimsalar kelsalar ularga: “Sizlarga salom boʻlsin, Robbingiz Oʻziga maxluqotlari uchun marhamat qilishni yozdi. Sizlardan kimki bilmay turib biron bir yomon ishni qilib qoʻysa va uni orqasidan tavba qilib oʻzini tuzatsa, shak-shubhasiz, U gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
G‘aybning kalitlari Uning huzuridadir. Undan boshqasi ularni bilmaydi. U Zot quruqlik va dengizdagi barcha narsalarni biladi. Biror bir barg uzilib tushsa ham, uni biladi. Hatto Yer qaʼridagi qorong‘iliklarda bir urug‘ ham, xoʻlu quruq – barcha mavjudotlar ham aniq kitob boʻlgan Lavh ul-Mahfuzda yozib qoʻyilgandir.
Ana ular, biz ularga kitob, hikmat ilmi va payg‘ambarlik bergan zotlardir. Bularni anavi mushriklar inkor qilsalar, u holda ularni inkor etmaydigan qavmni unga vakil qilib qoʻyganmiz.
Yahudiylar: “Alloh inson zotiga hech narsa nozil qilmagan”, – deb Allohning shaʼnini Unga loyiq tarzda toʻg‘ri qadrlamadilar. Ey Rasulim, ularga: “Unda sizlar u kitobni alohida qog‘oz sahifalar holida qilib olib, baʼzilarini maʼlum qilgan, aksariyatini esa yashirgan, ilgari ota-bobolaringiz ham sizlar ham bilmagan maʼlumotlar sizlarga bildirilgan hamda odamlarga nur va hidoyat boʻlib Muso keltirgan kitobni kim nozil qildi?” – deb ayting. Ularga javoban: “Ularni Alloh nozil qildi”, – deng. Shundan keyin ularni oʻz hollariga tashlab qoʻying, botqoqlarida chalg‘ib yuraversinlar.
Bu Qurʼon oʻzidan avvalgi kitoblarni tasdiqlovchi, u bilan shaharlar onasi boʻlgan Makka va uning atrofidagi odamlarni ogohlantirishingiz uchun Biz nozil qilgan muborak kitobdir. Oxiratga ishonadigan kimsalar unga iymon keltiradilar. Hamda ular namozlarini muhofaza qiladilar.
Ey Rasulim, ularga: “Allohdan oʻzgani istab hakam qilib olaymi? Axir U sizlarga bu kitobni batafsil qilib nozil qilgan Zotdir”, – deb ayting. Biz kitob bergan yahudiy va nasroniy boʻlgan kimsalar aslida, albatta, bu Qurʼonning, haqiqatan, Robbingiz tarafidan nozil qilinganligini biladilar. Bas, shunday ekan, aslo shubha qiluvchilardan boʻlmang.
Ey Rasulim, ularga: “Allohdan oʻzgani istab hakam qilib olaymi? Axir U sizlarga bu kitobni batafsil qilib nozil qilgan Zotdir”, – deb ayting. Biz kitob bergan yahudiy va nasroniy boʻlgan kimsalar aslida, albatta, bu Qurʼonning, haqiqatan, Robbingiz tarafidan nozil qilinganligini biladilar. Bas, shunday ekan, aslo shubha qiluvchilardan boʻlmang.
Soʻngra bani Isroil avlodlaridan yaxshilik qilganlarga neʼmatimizni batamom berish, har bir narsani batafsil bayon qilish uchun hidoyat va rahmat qilib Muso payg‘ambarga Tavrot kitobni berdik. Shoyad, ular Robbilariga roʻbaroʻ kelishga iymon keltirsalar.
Mana bu Qurʼon – Biz nozil qilgan muborak kitobdir. Unga ergashinglar va Allohdan qoʻrqinglar, shoyad, rahm qilinasizlar.