Ey Rasulim, agarda sizni yolg‘onchiga chiqarayotgan boʻlsalar, g‘amgin boʻlmang, darhaqiqat, sizdan oldin ochiq dalillar, sahifalar va nur tarqatuvchi kitob keltirgan Rasullar ham yolg‘onchiga chiqarilgan edilar.
Siz qidirgan ك ت ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 319 ta oyat mavjud.
Kitob, Kitobni, yozadilar, yozganidan, Kitobning, bir Kitob (Qur'on), kitob, kitobni, kitob, Kitobda
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Rasulim, agarda sizni yolg‘onchiga chiqarayotgan boʻlsalar, g‘amgin boʻlmang, darhaqiqat, sizdan oldin ochiq dalillar, sahifalar va nur tarqatuvchi kitob keltirgan Rasullar ham yolg‘onchiga chiqarilgan edilar.
Albatta, molu davlat va jonlaringiz bilan imtihon qilinasizlar. Sizlardan avvalgi kitob berilgan yahudiy va nasroniylar va mushriklar tomonidan koʻplab ozor eshitasizlar. Agar mana shu hollarga sabr qilib, Allohdan qoʻrqsangizlar, bu qilganlaringiz ishlarning muqarrarligidandir.
Ey Rasulim, Alloh kitob berilgan kimsalardan: “Albatta, u kitobni odamlarga, aniq bayon qilib berasizlar va uni hech kimdan yashirmaysizlar”, – deb ahd olganini eslang. Shundan keyin ham ular uni ortlariga qarab uloqtirdilar va uni oʻtkinchi dunyo manfaatiga aldanib arzimas bahoga sotdilar. Ularning bu qilayotgan oldi-sotdilari naqadar xunuk ish edi.
Shuningdek, albatta, ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylardan ham Allohga, sizlarga nozil qilingan kitobga va oʻzlariga nozil qilinganlarga Allohga bosh ekkan hollarida iymon keltiruvchi, Allohning oyatlarini oʻtkinchi dunyo manfaati uchun arzimas bahoga sotib yubormaydigan zotlar ham bor. Ana oʻshalar uchun ham Robbilari huzurida ajrlari bordir. Albatta, Alloh juda tez hisob-kitob qiluvchi Zotdir.
Shuningdek, sizning qoʻlingizda urushda asirga tushib mulk boʻlgan joriyalardan tashqari, eri boʻlgan ayollarni ham nikohingizga olish harom qilindi. Bu sizlarga Allohning yozgan hukmlaridir. Mana shu zikr qilinganlardan boshqa ayollarga oriyatli boʻlib, zinokor boʻlmagan holingizda mollaringizdan mahr berib ularni nikohga olishni istashingiz sizlar uchun halol qilindi. Shunday ekan, agar nikohingizga olib ulardan foydalangan boʻlsangiz, belgilangan mahrlarini beringiz. Belgilangan mahrdan keyin oʻzaro kelishsangiz, hamda xotin oʻz mahridan voz kechsa u holda sizlar uchun gunoh yoʻqdir. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Ey Muhammad, Tavrot kitobidan nasiba berilgan kimsalarning hidoyat oʻrniga zalolatni sotib olishlarini va sizlarni ham toʻg‘ri yoʻldan adashishingizni istayotganlarni koʻrmadingizmi?
Ey kitob berilgan yahudiy va nasroniylar, qilingan itoatsizlik tufayli yuzlarni tekislab, ularni chappa qilib yuborishimizdan yoki “shanba kuni egalari”ni qanday laʼnatlagan boʻlsak sizlarni ham shunday laʼnatga duchor qilishimizdan oldin sizdagi Tavrotni tasdiqlovchi qilib nozil qilganimiz Qurʼonga iymon keltiringlar. Allohning amri, shubhasiz, amalga oshadi.
Ey Muhammad, Tavrot kitobidan nasiba berilgan kimsalarning but va shaytonlarga sig‘inib, kofirlarga qarata: “Bularga sig‘inish iymonlilardan koʻra toʻg‘riroq yoʻldir”, – deb aytayotganlarini koʻrmaysizmi?!
Yoki ular Alloh Oʻz fazlidan bergan neʼmatlarni koʻrolmay odamlarga hasad qilyaptilarmi? Darhaqiqat, Biz oldin ham Ibrohimning sulolasiga kitob, hikmat bergan va ulkan hukmronlikni ham ato etgan edik-ku!
Agar biz ularga: “Oʻzlaringizni oʻldiring yoki yurtingizdan chiqib keting”, – deb amr qilganimizda edi, ulardan, faqat ozgina qismi bu buyruqni bajargan boʻlardi. Koshki, ular aytilgan nasihatlarga amal qilsalar edi, oʻzlari uchun yaxshiroq va iymonlari uchun oʻta mustahkam ish boʻlar edi.
Ey Rasulim, ularga: “Hozircha urush qilishdan tiyilib, namozlarni ado etinglar va zakot beringlar”, – deb ayitilgan kimsalarning holatini koʻrmadingizmi? Vaqti kelib ularga jang farz qilingach, birdaniga ular orasidagi bir qism jamoa odamlardan xuddi Allohdan qoʻrqqandek hatto yanada qattiq qoʻrquv bilan choʻchiy boshladilar. Hamda ular: “Ey Robbimiz, nega bizlarga jangni farz qilding? Uni bizlarga yaqin bir muddatga ortga surib tursang boʻlmasmidi?” – dedilar. Ey Rasulim, ularga: “Oʻtkinchi dunyoning lazzati ozginadir. Allohdan qoʻrqqanlar uchun esa oxirat hayoti afzaldir. Sizlarga qilchalik ham zulm qilinmaydi”, – deb ayting.

Munofiqlar: “Xoʻp, itoat qilamiz”, – deydilar. Biroq sizning oldingizdan chiqqach, ulardan boʻlgan bir toifa aytgan gaplaringizdan boshqasini qilishga kechalari til biriktiradilar. Bilib qoʻysinlar, Alloh ularning kechalari xufyona til biriktirib yurganlarini yozib qoʻymoqda. Bas, ey Rasulim, ulardan yuz oʻgiring va Allohga suyanib tavakkul qiling. Vakillikka Allohning Oʻzi kifoya qiladi.
Namozni ado etib boʻlgach, oyoqda turgan holda boʻlasizmi, oʻtirgan boʻlasizmi yoki yonboshlab yotgan boʻlasizmi doimo Allohni zikr qilinglar. Dushman xavfidan omon boʻlgan paytingizda namozni toʻla-toʻkis ado etinglar. Chunki namoz iymon keltirganlar zimmasida vaqti belgilab qoʻyilgan farz amalidir.
Ey Rasulim, shubhasiz, sizga bu kitobni odamlar orasida Alloh sizga koʻrsatganiga muvofiq adolat bilan hukm qilishingiz uchun haq qilib nozil qildik. Siz xoin kimsalarning tarafini oluvchi boʻlmang.
Ey Muhammad, agar sizga Allohning fazli va marhamati boʻlmaganda edi, ulardan bir toifa sizni yoʻldan urib adashtirishga harakat qilardi. Lekin ular faqat oʻzlarini adashtiradilar hamda sizga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Chunki Alloh sizga ilohiy kitobni va hikmatni tushirdi. Shuningdek, sizga bilmagan narsalaringizni oʻrgatdi. Darhaqiqat, Allohning sizga qilgan lutfi karami ulug‘dir.
Bu oxirat mukofotlari sizlarning orzu havaslaringiz va ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylarning xomxayollari bilan boʻlmaydi. Kimki yomon amal qilsa, oʻsha yomonligi bilan jazolanadi. Hamda oʻziga Allohdan boshqa bir doʻst ham, yordamchi ham topa olmaydi.
Ey Rasulim, sizdan xotinlarning hukmlari haqida fatvo soʻraydilar. Fatvo soʻrayotganlarga: “Ular haqida Alloh sizlarga qoʻlingizdagi kitobda tilovat qilib berilgan oyatlar orqali fatvo bermoqda. Qurʼonda yetim qizlar xususida ularga farz qilib qoʻyilgan mahrlarini bermasdan nikohga olishni koʻzlashingiz haromligini hamda qaramoqsiz qolgan ojiz bolalar va yetimlarning haqlarida adolatda boʻlishingiz borasida aytib oʻtilgan”, – deb ayting. Yaxshi amallardan boʻlgan nima ishni qilayotgan boʻlsangiz, Alloh, albatta, uni bilib turuvchi Zotdir.

Osmonlar va Yer yuzidagi barcha mulk Allohnikidir. Sizlardan avvalgi kitob berilgan kimsalarga ham, sizlarga ham, Allohdan qoʻrqinglar, deb buyurganmiz. Agarda iymon keltirmay, kufr yoʻlida ketsangizlar, bilib qoʻyinki, osmonu Yerdagi barcha narsa Allohnikidir. Shubhasiz, Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘ani va maqtovga sazovor – Hamid Zotdir.