Lekin Robbingiz marhamat qilgan kimsalar esa bundan mustasnodir. Alloh ularni shuning uchun yaratgandir. Robbingizning “Albatta, jahannamni kofir boʻlgan jin va odamlarning barchasi bilan toʻldiraman”, – degan soʻzi tamoman haqdir.
Siz qidirgan ك ل م masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 75 ta oyat mavjud.
so'zlar, so'zini, biz bilan gaplashishi kerak, so'zlar bilan, ularga gapirmaydi, gapirdi, bir so'zni, gapira olmasliging, bir so'z bilan, va gapiradi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Lekin Robbingiz marhamat qilgan kimsalar esa bundan mustasnodir. Alloh ularni shuning uchun yaratgandir. Robbingizning “Albatta, jahannamni kofir boʻlgan jin va odamlarning barchasi bilan toʻldiraman”, – degan soʻzi tamoman haqdir.
Bularni eshitgan podshoh: “Uni darhol yonimga olib keling, men uni oʻzimga xos kishilardan qilib olaman”, – dedi. Yusuf keltirilib podshoh u bilan gaplashgach: “Sen, albatta, bugundan boshlab bizning huzurimizda martabali va ishonchli kishilardansan”, – dedi.
Bordi-yu bir Qurʼon boʻlib uning kuchi bilan tog‘lar oʻrnidan siljitilsa yoki Yer parchalanadigan boʻlsa yoki boʻlmasa oʻliklar tirilib tilga kiritilsa ham mana shu Qurʼon boʻlar edi. Aksincha, ishlarning barchasi Allohga xosdir. Nahotki, hali ham iymon keltirganlar, agar Alloh xohlasa, barcha odamlarni hidoyatga solar edi, deb tushunmayaptilarmi? Kofir boʻlganlarga esa, Allohning vaʼdasi kelguncha, qilgan ishlari sababli dahshatli ofat yetib turaveradi yoki ularning yurtlari yaqiniga falokatlar tushib kofirlarni sarosimaga solib turadi. Shubhasiz, Alloh vaʼdasiga aslo xilof qilmaydi.
Ey inson, Alloh chiroyli soʻz boʻlgan iymon kalimasiga qanday misol keltirganini koʻrmadingmi?! U soʻz xuddi bir yaxshi daraxt kabidir, uning ildizi yer ostiga mustahkam oʻrnashgan, shoxlari esa osmondadir.
Nopok soʻz boʻlgan kufrning misoli esa uning ildizi yer yuzasidan qoʻporilib qaror topmagan yomon daraxtga oʻxshaydi.
Zotan, mushriklarning oʻzlarida ham ota-bobolarida ham u haqida hech qanday ilm yoʻqdir. Og‘izlaridan chiqayotgan bu soʻz juda og‘irdir. Ular faqat yolg‘on soʻzni aytyaptilar.
Ey Muhammad, sizga vahiy qilingan Robbingizning kitobini tilovat qiling. Uning soʻzlarini oʻzgartiruvchi yoʻq. Undan boshqa aslo hech qanday panohni topa olmaysiz.
Ey Rasulim, ularga: “Agar dengiz suvi Robbimning ilmu hikmat soʻzlarini yozish uchun siyoh boʻlsa va hatto yana shuncha siyoh keltirsak ham, Robbimning soʻzlari tugashidan oldin, dengiz suvlari tugab qolar edi”, – deb ayting.
Ey Rasulim, ularga: “Agar dengiz suvi Robbimning ilmu hikmat soʻzlarini yozish uchun siyoh boʻlsa va hatto yana shuncha siyoh keltirsak ham, Robbimning soʻzlari tugashidan oldin, dengiz suvlari tugab qolar edi”, – deb ayting.
Keyin Zakariyo: “Ey Robbim, menga kampirim homilali boʻlganiga doir bir belgi qilgin”, – dedi. Alloh unga: “Sening belging shuki, sog‘ boʻla turib, uch kecha va kunduzgacha tiling tutilib odamlarga gapira olmaysan”, – dedi.
Endi, yeb-ichgin va koʻzing quvonsin. Bas, agar odamzotdan birortasini koʻrib qolsang va u sendan savol soʻrasa unga: “Men Rahmon roziligi uchun roʻza tutishni nazr qilganman, bas, bugun biror inson bilan gaplashmayman”, – deb aytgin.
Shunda Maryam oʻzi gapirmay, bolasiga ishora qildi. Ular: “Beshikda boʻlgan goʻdak bilan qanday gaplashamiz”, – dedilar.
Agar Robbingiz tomonidan mukofot va jazolar qiyomat kunida boʻlishi haqidagi soʻz va belgilangan muddat aytib oʻtilmaganda edi, ularga darrov azob berilishi lozim edi.
Shoyad, men tark etgan dunyodagi yerimda yaxshi amal qilsam, – deydi. Yoʻq, u aslo dunyoga qaytarilmaydi. Albatta, bu quruq gap boʻlib, u buni gapiruvchi, xolos. Ularning ortida, to qayta tiriladigan kunlarigacha, ikki dunyo oʻrtasini toʻsib turadigan bir toʻsiq bordir.
Alloh ularga: “Jahannamda xor boʻlinglar va Menga gapirmanglar”, – deydi.
Uni eshitgan paytingizda: “Bu mish-mishni gapirish biz uchun joiz emasdir. Ey pok Robbim, bu katta boʻhton-ku!” – desangiz boʻlmasmidi?!
Qiyomat oldidan kofirlarning ustiga aytilgan azob tushganida Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqaramiz. Jonivor ularga odamlar oyatlarimizga aniq ishonmaydigan boʻlganlarini aytib beradi.
Yoki Biz osmondan ularning Allohga shirk keltirishlarini toʻg‘ri deb soʻzlaydigan biror dalil nozil qildikmi?!
Agar yer yuzidagi barcha daraxt qalamlar boʻlib, dengiz siyoh boʻlsa va undan soʻng yana yetti dengiz yozish uchun unga yordamga kelsa ham Allohning soʻzlari tugamaydi. Shubhasiz Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Kimki izzat istaydigan boʻlsa, bas, barcha qudrat Allohnikidir. Har bir chiroyli kalima U tomon chiqadi. Solih amalni esa, Alloh Oʻz dargohiga koʻtaradi. Yomonliklar bilan makr qiladiganlar uchun qattiq azob bordir va ularning makrlari behuda ketib, ham halok boʻladi.