Shundan keyin, toʻlg‘oq dardi uni bir xurmo daraxti shoxiga olib bordi keyin Maryam: “Koshki edi, mana bunday kundan oldin oʻlib, butunlay unutilib ketsaydim”, – dedi.
Siz qidirgan م و ت masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 165 ta oyat mavjud.
o'lim, o'liklar, o'ldiradi, o'limingizning, o'liklarni, o'limni, unday bo'lsa o'lmang, o'lim holi, o'likdirlar, o'lgan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Shundan keyin, toʻlg‘oq dardi uni bir xurmo daraxti shoxiga olib bordi keyin Maryam: “Koshki edi, mana bunday kundan oldin oʻlib, butunlay unutilib ketsaydim”, – dedi.
Menga tug‘ilgan kunimda ham, vafot etadigan kunimda ham, qayta tiriladigan kunimda ham salom boʻlgay.
Iymonsiz odam: “Oʻlganimdan keyin yana tirik holda qabrimdan chiqarilamanmi?” – deydi.
Haqiqatan, kimda-kim Robbisining huzuriga gunohkor holida kelsa, albatta, uning uchun jahannam bordir, u joyda na oʻlib qutiladi va na yashab rohatda qoladi.
Ey Muhammad, Biz sizdan avval biror odamzotga hayotida abadiylik bermaganmiz. Nima, siz oʻlsangiz, ular abadiy qoluvchimilar?!
Har bir jon egasi oʻlimni totuvchidir. Biz sizlarni sabringizni sinash yomonlik bilan ham, shukr qilishingizni bilish uchun yaxshilik bilan ham sinab, imtihon qilamiz. Keyin, albatta, Bizning huzurimizga qaytarilasizlar.
Bular, Alloh, albatta, haq ekani va Uning Oʻzi qiyomatda oʻliklarni qayta tiriltirishi hamda U barcha narsaga qodir ekanidan dalolatdir.
Alloh yoʻlida yurtlaridan hijrat qilgan, keyin oʻldirilgan yoki vafot etgan zotlarni, albatta, Alloh jannatda goʻzal rizq bilan rizqlantiradi. Albatta, Allohning Oʻzi rizq beruvchilarning eng yaxshisidir.
U sizlarga hayot bergan, soʻngra ajallaringiz yetganida oʻlim beradigan, keyin qiyomatda sizga yana qayta hayot beradigan Zotdir. Darhaqiqat, inson juda noshukrdir.
Soʻngra, albatta, ey siz insonlar, mana shundan keyin, albatta, vafot etuvchidirsizlar.
Ular: “Hud, sizlarga oʻlib tuproq va suyaklarga aylangan paytingizda ham, albatta, qabrlaringizdan chiqariluvchisiz, deb vaʼda bermoqdami?” – dedilar.
Bu hayotimiz faqat shu dunyodagi yashashimizdir. Ayrimlarimiz oʻlsak, boshqalarimiz yashayveramiz. Biz qayta tiriluvchilar emasmiz.
U Zot hayot beradi va oʻldiradi. Kecha va kunduzning almashib turishi ham Unga bog‘liqdir. Axir, aql ishlatmaysizlarmi?!
Ular: “Bizlar oʻlib, tuproq va suyaklarga aylanganimizda, yana qayta tiriluvchimizmi?!” – dedilar.
Toki u mushriklardan birortasiga oʻlim oni kelganida: “Ey Robbim, meni yana hayotga qaytaringlar”, – deydi.
Mushriklar esa Uni qoʻyib, biror narsa yarata olmaydigan, aksincha, oʻzlari yaraluvchi boʻlgan, oʻzlariga zarar ham foyda ham berishga ega boʻlmaydigan, oʻlimga ham, hayotga ham, qayta tirilishga ham molik boʻlmaydigan soxta ilohlarni qilib unga sig‘indilar.
Bu yomg‘ir suvi bilan qaqrab yotgan oʻlik shaharlarni tiriltirish va Oʻzimiz yaratgan koʻplab chorva hayvonlari hamda insonlarni sug‘orish uchundir.
Oʻlmaydigan hamisha tirik Zotga tavakkul qiling hamda Unga hamdu sano bilan tasbeh ayting. Bandalarining gunohlaridan xabardor boʻlishda Uning Oʻzi yetarlidir.
U mening jonimni oladi, soʻngra qiyomat kuni qayta tiriltiradi.
Albatta, siz oʻz daʼvatingizni qalbi oʻliklarga eshittira olmaysiz. Hamda haqdan yuz oʻgirib ketayotgan karlarga ham chaqiriqni uqtira olmaysiz.