Bas, agar yuz oʻgirsalar, ularga: “Men sizlarga vahiyni hammaga barobar qilib eshittirdim. Sizlarga vaʼda qilinayotgan qiyomat yaqinmi yo uzoqmi bilmayman”, – deng.
Siz qidirgan و ع د masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 151 ta oyat mavjud.
kelishgan edik, sakining ular bilan kelishmang, sizga va'da qiladi, sizga va'da qilmoqda, so'zidan, (yordam) va'dasini, va'da qilganingiz, bergan so'zdan, va'da qilgandir, (Shayton) ularga so'z beradi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Bas, agar yuz oʻgirsalar, ularga: “Men sizlarga vahiyni hammaga barobar qilib eshittirdim. Sizlarga vaʼda qilinayotgan qiyomat yaqinmi yo uzoqmi bilmayman”, – deng.
Ular sizdan azobning tezroq kelishini soʻraydilar. Holbuki, Alloh vaʼdasiga aslo xilof qilmaydi. Darvoqe, Robbingiz nazdidagi bir kun sizlar hisoblayotgan ming yil kabidir.
Qachonki, ularga aniq oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirgan kimsalarning yuzlarida eʼtiroz alomatini koʻrasiz. Ular, oʻzlariga oyatlarimizni tilovat qilayotgan zotlarga hujum qilishgacha boradilar. Ey Rasulim, ularga: “Endi, sizlarga bundan ham yomonroq narsaning xabarini beraymi? U doʻzax boʻlib, Alloh uni kufr keltirgan kimsalarga vaʼda qilgan va u naqadar yomon borar joydir”, – deb ayting.
Ular: “Hud, sizlarga oʻlib tuproq va suyaklarga aylangan paytingizda ham, albatta, qabrlaringizdan chiqariluvchisiz, deb vaʼda bermoqdami?” – dedilar.
Sizlar vaʼda qilinayotgan narsa mantiqan juda-juda uzoqdir!
Darvoqe, bizlar ham, ota-bobolarimiz ham oldin mana shu gaplarga vaʼda qilingan edik. Bu faqat avvalgilarning afsonalaridir.
Ey Rasulim: “Ey Robbim, menga kofirlarga vaʼda qilinayotgan narsani, koʻrsatadigan boʻlsang?!” – shunday degin:
Albatta, Biz ularga vaʼda qilayotgan narsani sizga koʻrsatishga qodirmiz.
Alloh sizlardan iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarga xuddi oldin yashab oʻtgan iymonli zotlarni yer yuziga oʻrinbosar qilganidek, ularni ham yer yuziga oʻrinbosar qilishni va ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan Islom dinini mustahkam qilishni hamda ularning Makkadagi koʻrgan xavf-xatarlaridan soʻng Madinada xotirjamlikka aylantirib qoʻyishni vaʼda qildi. Ular, faqat Menga ibodat qiladilar va Menga biror narsani sherik qilmaydilar. Kimki ushbu vaʼdadan keyin noshukrlik qilsa, bas, ular fosiqlardir.
Ey Muhammad, ularga: “Qani, mana shu doʻzax yaxshimi yoki taqvodorlarga mukofot va qaytish joyi boʻlib, ularga vaʼda qilingan abadiylik jannatimi?!” deb ayting.
Ular uchun u yerda mangu qoluvchi hollarida, istagan narsalari bordir. Bu Robbingiz zimmasidagi masʼuliyatli vaʼdadir.
Keyin ularga vaʼda qilingan narsalari kelsa ham,
Darhaqiqat, bizlarga ham, ota-bobolarimizga ham oldin mana shu narsa vaʼda qilingan edi. Bu faqat avvalgilarning afsonalari, , xolos!
Kofirlar: “Agar rostgoʻy boʻlsangiz qani, aytinglar-chi, shu vaʼda qilinayotgan azob qachon boʻladi?” – deydilar.
Shunday qilib, Biz Musoning onasining koʻzlari quvonishi va tashvish chekmasligi hamda Allohning vaʼdasi haq ekanini bilishi uchun uni yana onasiga qaytardik. Lekin odamlarning koʻpchiligi Allohning vaʼdasi haq ekanini bilmaydilar.
Axir, Biz unga goʻzal jannat vaʼdasini vaʼda qilgan va unga erishgan kishi, oʻtkinchi dunyo hayoti matohidan uni ozgina foydalantirib, soʻngra qiyomat kunida mangu azobga hozir qilinuvchi kimsa kabi boʻlardimi?!
Axir, Biz unga goʻzal jannat vaʼdasini vaʼda qilgan va unga erishgan kishi, oʻtkinchi dunyo hayoti matohidan uni ozgina foydalantirib, soʻngra qiyomat kunida mangu azobga hozir qilinuvchi kimsa kabi boʻlardimi?!
Bu Allohning haq vaʼdasidir. Alloh vaʼdasiga aslo xilof qilmaydi. Lekin odamlarning aksariyati buni bilmaydilar.
Bu Allohning haq vaʼdasidir. Alloh vaʼdasiga aslo xilof qilmaydi. Lekin odamlarning aksariyati buni bilmaydilar.
Bas, ey Muhammad, ularning ozorlariga sabr qiling. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Oxiratga ishonmaydigan kimsalar sizni sust deb hisoblamasinlar.