Keyin sizlar qiyomat kunida, albatta, qayta tirilasizlar.
Siz qidirgan ب ع ث masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 67 ta oyat mavjud.
sizni qayta tiriltgan edik, yubor, keyin yubordi, yubordi, tiriltdi, yuborish bilan, yuboring, va yuborgan edik, shu payt yubordi, tiriltiladi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Keyin sizlar qiyomat kunida, albatta, qayta tirilasizlar.
Bu hayotimiz faqat shu dunyodagi yashashimizdir. Ayrimlarimiz oʻlsak, boshqalarimiz yashayveramiz. Biz qayta tiriluvchilar emasmiz.
Ular: “Bizlar oʻlib, tuproq va suyaklarga aylanganimizda, yana qayta tiriluvchimizmi?!” – dedilar.
Shoyad, men tark etgan dunyodagi yerimda yaxshi amal qilsam, – deydi. Yoʻq, u aslo dunyoga qaytarilmaydi. Albatta, bu quruq gap boʻlib, u buni gapiruvchi, xolos. Ularning ortida, to qayta tiriladigan kunlarigacha, ikki dunyo oʻrtasini toʻsib turadigan bir toʻsiq bordir.
Ey Muhammad, qachonki, ular sizni koʻrsalar: “Alloh mana shu odamni payg‘ambar qilib yubordimi?!” deb masxara qiladilar.
Agar Biz xohlasak, har bir qishloq va shaharga bir ogohlantiruvchi payg‘ambar yuborgan boʻlar edik.
Firʼavnning aʼyonlari: “Hozirchalik uni va akasi Horunni oʻz holiga tashlab qoʻy. Shaharlarga sehrgarlarni yig‘ib keluvchilarni joʻnatgin”, – dedilar.
Barcha odamlar qayta tiriladigan kunda meni sharmanda qilma.
Yana ularga: “Allohdan oʻzga osmonlar va Yerdagi biror kimsa g‘ayb xabarlarini bilmaydi. Shuningdek, ular qachon qayta tirilishlarini ham sezmaydilar”, – deb ayting.
Robbingiz shahar va qishloqlarning ona markazlariga ularga oyatlarimizni tilovat qiladigan bir payg‘ambar yubormagunicha, ularni halok qiluvchi boʻlmadi. Lekin yurtlarning aholisi zolimlardan boʻlganda halok qiluvchi boʻldik.
Shunda oʻzlariga Alloh tomonidan ilm va iymon berilgan zotlar: “Aniqki, sizlar Allohning Lavh ul-Mahfuzda yozib qoʻyganidek, tirilish kunigacha turdinglar. Bas, endi mana bu tirilish kunidir. Lekin sizlar buni haq ekanini bilmas edinglar”, – deydilar.
Shunda oʻzlariga Alloh tomonidan ilm va iymon berilgan zotlar: “Aniqki, sizlar Allohning Lavh ul-Mahfuzda yozib qoʻyganidek, tirilish kunigacha turdinglar. Bas, endi mana bu tirilish kunidir. Lekin sizlar buni haq ekanini bilmas edinglar”, – deydilar.
Ey insonlar, sizlarni yaratish ham, qayta tiriltirish ham xuddi bir jonni yaratish va qayta tiriltirishning oʻzginasi kabi osondir. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Ular: “Holimizga voy boʻlsin! Kim bizlarni qabrdagi uxlayotgan joyimizdan uyg‘otdi?” – deydilar. Mana shu Rahmon vaʼda qilgan va payg‘ambarlar tasdiqlagan narsadir.
Bizlar oʻlib, tuproq va suyaklarga aylanib ketganimizda chindan ham, yana qayta tiriluvchi boʻlamizmi?!
Aniq, u baliq qornida, to qayta tiriladigan qiyomat kunigacha qolib ketgan boʻlar edi.
Iblis iltijo qilib: “Robbim, u holda menga odamlar tiriladigan kungacha muhlat bergin”, – dedi.
Darvoqe, oldin Yusuf sizlarning ajdodlaringizga aniq hujjatlarni keltirganida ham, sizlarga keltirilgan dalillarga shak keltirib, qattiq turib olgan edingiz. Nihoyat, u vafot etgan paytda: “endi, Yusufdan soʻng Alloh aslo payg‘ambar yubormaydi”, – dedingiz. Haddan oshuvchi va shak keltiruvchi kimsalarni Alloh mana shunday yoʻldan ozdirib qoʻyadi.
Yana ular: “Bizlar oʻlib tuproq va suyaklarga aylangach, rostdan ham qayta tiriltiriluvchimizmi?!” – der edilar.
Oʻsha kunda Alloh ularning barchalarini qayta tiriltirib, dunyoda qilgan amallarining xabarini beradi. U amallarni Alloh hisoblab qoʻygan. Odamlar esa unutib yuborganlar. Alloh barcha narsaga guvohdir.