Ey Rasulim, bandalarimga aytingki, ular oʻzaro suhbatlarda doimo eng chiroyli soʻzlardan soʻzlasinlar. Chunki shayton ularning oralarini buzib turadi. Darhaqiqat, shayton insonga aniq dushmandir.
Siz qidirgan ح س ن masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 194 ta oyat mavjud.
chiroyli munosabatda bo'lganlarga, yaxshilik qilasizlar, chiroyli so'z, ishini chiroyli qilib, yanada chiroylii, chiroyli tarzda, va yaxshilik qiling, yaxshilik qilganlarni, chiroy, yaxshilik qilganlarning
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Rasulim, bandalarimga aytingki, ular oʻzaro suhbatlarda doimo eng chiroyli soʻzlardan soʻzlasinlar. Chunki shayton ularning oralarini buzib turadi. Darhaqiqat, shayton insonga aniq dushmandir.
Ey Muhammad: “Istasangiz, Alloh deb duo qilinglar yoki Rahmon deb duo qilinglar. Qanday duo qilsangiz ham joizdir. Zero, barcha goʻzal ismlar Unga xosdir”, – deb ayting. Ey Muhammad, namozingizni juda baland ovozda jahriy qilib yubormang, toki mushriklar eshitib, Qurʼonni haqorat qilmasinlar va uni oʻta past ovozda maxfiy qilib ham yubormang, toki sahobalaringiz tinglab, foydalansinlar. Shu jahriylik va maxfiylik oʻrtasida bir yoʻl tuting.
Qurʼon haq va toʻg‘ridir. Oʻz huzuridan keladigan qattiq azob bilan ogohlantirish va yaxshi ishlarni qiladigan moʻminlarga chiroyli mukofot xushxabarini berish uchun nozil boʻlgan.
Albatta, Biz odamlardan qaysi birlari chiroyliroq amal qilishlarini sinash uchun Yer yuzidagi bor narsani unga ziynat qilib qoʻydik.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalar haqida esa, albatta, Biz yaxshi amallarni qilgan kishilarning mukofotini yoʻqqa chiqarmaymiz.
Aynan ular uchun ostilaridan anhorlar oqib turadigan mangu Adn nomli jannatlar bor boʻlib, ular u yerda oltin bilakuzuklar bilan bezanadilar hamda yupqa va qalin ipakdan yashil liboslar kiyib soʻrilarda suyanib oʻtiradilar. U naqadar yaxshi mukofot va naqadar chiroyli boʻlgan maskan.
Nihoyat yoʻlida ketayotib quyosh botadigan joyga yetgach, uning loyqa buloq tomon botayotganini koʻrdi va uning oldida tug‘yonga ketgan bir qavmga duch keldi. Biz unga vahiy qilib: “Ey Zulqarnayn, yo ularni azoblaysan yoki ularga jazo bermay yaxshilik qilasan”, – dedik.
Ammo kim iymon keltirib, solih amal qilsa, bas, unga goʻzal mukofot bordir. Biz ham unga ishimizdan osonlarini buyuramiz.
Kofir boʻlganlari sababli ularning qilgan saʼy-harakatlari shu dunyo hayotidayoq yoʻq boʻlib ketgan, ammo johilliklari sababli oʻzlarini chiroyli ish qilayotgan kishilar, – deb hisoblaydigan kimsalardir!.
Qachonki ularga aniq oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirganlar kibrlanib iymon keltirganlarga: “Ikki guruhning qaysi biri dunyodagi maqom va mavqe jihatidan yaxshiroqdir?” – dedilar.
Holbuki, ulardan oldin uy anjomlari va koʻrinish jihatidan yaxshiroq boʻlgan qanchadan-qancha avlodlarni halok qilganmiz.
Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir faqat yolg‘iz Uning Oʻzi bordir. Eng goʻzal ismlar Unikidir.
Keyin, Muso oʻz qavmiga g‘azablangan va afsuslangan holda qaytib kelib: “Ey qavmim, Robbingiz sizlarga Tavrot nozil qilinishi haqida chiroyli vaʼda qilmaganmidi?! Sizlarga oʻtgan vaqt uzun koʻrinib ketdimi yoki ustingizga Robbingiz tomonidan g‘azab tushishini xohlab, menga bergan vaʼdangizni buzdingizmi?!” – dedi.
Albatta, Biz tomondan ular uchun goʻzallik tayyorlab qoʻyilgan kimsalarga kelsak, ular doʻzaxdan uzoq qilinganlardir.
Allohga qilgan qurbonliklaringizning goʻshtlari ham, qonlari ham yetib bormaydi. Lekin Unga sizlardan taqvo yetib boradi. Sizlarni hidoyat qilgani sababli Allohni ulug‘lashingiz uchun ularni sizlarga boʻysundirib qoʻydi. Goʻzal ish qiluvchilarga xushxabar bering.
Alloh yoʻlida yurtlaridan hijrat qilgan, keyin oʻldirilgan yoki vafot etgan zotlarni, albatta, Alloh jannatda goʻzal rizq bilan rizqlantiradi. Albatta, Allohning Oʻzi rizq beruvchilarning eng yaxshisidir.
Soʻngra nutfadan laxta qonni yaratdik, keyin laxta qonni parcha goʻsht qildik, keyin esa parcha goʻshtga suyaklarni qildik. Soʻngra bu suyaklarga goʻsht qopladik, keyin unga jon kirgizib, oldingi holidan butunlay boshqacha bir vujudni paydo qildik. Yaratuvchilarning eng goʻzali boʻlgan Alloh barakatlidir!
Siz ular qilayotgan yomonlikni eng chiroyli soʻzlar bilan daf qilib turing. Biz ular sifatlayotgan narsani yaxshi biluvchimiz.
Alloh qilgan amallarining ularga eng goʻzali bilan mukofotlashi va fazlu karamidan savobni orttirib berishi uchun ibodat qiladilar. Alloh Oʻzi xohlagan kishilarga behisob rizq beradi.
Jannat ahllari esa u kunda eng yaxshi maskan va eng chiroyli oromgohlarda boʻladilar.