Alloh Isoga yozish va hikmat ilmini hamda Tavrot va Injilni oʻrgatadi.
Siz qidirgan ح ك م masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 210 ta oyat mavjud.
hokim bo'lgansan, hukm beradi, va hikmatini, Hokim bo'lgan, hokimlar(ning oldi)ga, hukm va hikmat egasidir, hukm qilmoq uchun, hokimdir, va Hikmat(dan), va hikmat
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Alloh Isoga yozish va hikmat ilmini hamda Tavrot va Injilni oʻrgatadi.
Oʻshanda Alloh Isoga: “Ey Iso, seni ular emas, albatta, Oʻzim istagan vaqtda seni vafot ettiruvchi va Oʻz huzurimga koʻtarib oluvchiman. Hamda kufr keltirganlarning yomonligidan seni xalos qilib, senga qilingan turli boʻhtonlardan tozalovchiman. To qiyomat kunigacha senga ergashgan haqiqiy moʻminlarni kofirlardan ustun qilaman. Keyin esa barchangizning qaytishingiz Mening huzurimgadir. Ana oʻshanda sizlar dunyoda tortishib, ixtilof qilgan narsalar borasida oʻrtangizda hakam boʻlib, hukm qilaman”, – dedi.
Ey Rasulim, bularni sizga Allohning oyatlaridan va hikmatli eslatmalardan tilovat qilib beryapmiz.
Ey insonlar, shubhasiz, Isoning haqiqiy hayot qissasi mana shudir. Iso Alloh ham emas, uning oʻg‘li ham emas. Zero, Allohdan boshqa iloh yoʻqdir. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Odamzotdan hech kim Alloh unga Kitob, hikmat va payg‘ambarlik berganidan keyin insonlarga yuzlanib: “Allohni qoʻyib, menga qul boʻlinglar”, – deyishi aslo mumkin emas. Lekin “Allohning kitobidan taʼlim bergan va taʼlim olganingiz asosida Allohga sig‘inuvchi Robboniy qullar boʻling!”, – deyishi mumkin.
Oʻshanda Alloh payg‘ambarlardan ahd olib: “Sizga kitob va hikmat berganimdan keyin oʻzingizdagi kitobni tasdiqlovchi Muhammad ismli bir Rasul kelsa, unga aniq ishonib, albatta, yordam qilasizlar!” – degan edi. Keyin yana: “Shunga iqror boʻlib, mazkur ahdnomaga koʻra masʼuliyati og‘ir yukimni qabul qildingizmi?!” – dedi. Ular: “Ha iqror boʻlib qabul qildik”, – deganlar. Shunda Alloh: “Unda barchangiz guvoh boʻlinglar, Men ham sizlar bilan mana shu ahdnomaga shohidlardanman”, – degan edi.
Alloh bu yordamni sizlarga xushxabar boʻlishi va qalblaringiz taskin topishi uchun qildi. G‘alaba esa, faqat izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim boʻlgan Alloh huzuridangina boʻladi.
Darhaqiqat, Alloh oʻzlarini ichidan ularga oyatlarini oʻqib beradigan, shirk va gunohlardan tozalaydigan, kitob va hikmatdan taʼlim beradigan Payg‘ambar yuborib, moʻminlarga neʼmat berdi.
Alloh farzandlaringizga meros borasida bir oʻg‘il uchun ikki qiz ulushi miqdoricha meros berishni amr qiladi. Agar merosxoʻrlar ikkidan ortiq ayol boʻlsalar, ularga marhum qoldirganning uchdan ikkisi tegadi. Bordi-yu yakka qiz boʻlsa, unga merosning yarmi tegadi. Agar marhumning farzandi boʻlsa, ota-onasining har biriga qoldirgan merosning oltidan biri tegadi. Bordi-yu farzandi boʻlmay, faqat ota-onasi merosxoʻr boʻladigan boʻlsa, unda onasiga uchdan bir ulush tegadi. Agar marhumning aka-ukalari boʻlsa, onasiga oltidan bir ulush tegadi. Bu taqsimotlar marhum qilgan vasiyat va uning qarzlari ado qilingandan keyin ijro etiladi. Otalaringiz va bolalaringizdan qaysi birlari sizga manfaati eng yaqinroq ekanini bilmaysizlar. Bular Alloh tarafidan sizlarga qilingan farzdir. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Albatta, Allohning tavbalarni qabul qilishi, faqat bironta yomonlikni bilmasdan qilib qoʻyib, orqasidan darhol tavba qilgan kimsalar uchundir. Alloh ana oʻshalarning tavbasini qabul qiladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Shuningdek, sizning qoʻlingizda urushda asirga tushib mulk boʻlgan joriyalardan tashqari, eri boʻlgan ayollarni ham nikohingizga olish harom qilindi. Bu sizlarga Allohning yozgan hukmlaridir. Mana shu zikr qilinganlardan boshqa ayollarga oriyatli boʻlib, zinokor boʻlmagan holingizda mollaringizdan mahr berib ularni nikohga olishni istashingiz sizlar uchun halol qilindi. Shunday ekan, agar nikohingizga olib ulardan foydalangan boʻlsangiz, belgilangan mahrlarini beringiz. Belgilangan mahrdan keyin oʻzaro kelishsangiz, hamda xotin oʻz mahridan voz kechsa u holda sizlar uchun gunoh yoʻqdir. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Alloh sizlarga shariat hukmlarini ochiq oydin bayon qilishni, sizlarni avvalgi haq yoʻlda yashab oʻtgan kimsalarning yoʻllariga boshlashni va sizning xatolaringizni kechirishni xohlaydi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Agar u er-xotinlarning oralari buzilib ketishidan qoʻrqsangiz, unda er tarafidan bir hakam, ayol tarafidan bir hakam tayinlab yuboring. Agar ikki taraf ham sulh qilishni istasa, Alloh ikkovi orasiga ittifoqlikni soladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Agar u er-xotinlarning oralari buzilib ketishidan qoʻrqsangiz, unda er tarafidan bir hakam, ayol tarafidan bir hakam tayinlab yuboring. Agar ikki taraf ham sulh qilishni istasa, Alloh ikkovi orasiga ittifoqlikni soladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Yoki ular Alloh Oʻz fazlidan bergan neʼmatlarni koʻrolmay odamlarga hasad qilyaptilarmi? Darhaqiqat, Biz oldin ham Ibrohimning sulolasiga kitob, hikmat bergan va ulkan hukmronlikni ham ato etgan edik-ku!
Albatta, oyatlarimizni inkor qilib, kufr keltirgan kimsalarni yaqinda doʻzaxga kiritamiz. Azobni qayta-qayta totishlari uchun terilari kuyib pishgach, yana uning oʻrniga boshqa terini almashtirib turamiz. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Albatta, Alloh omonatni oʻz egalariga topshirishingizni va odamlar oʻrtasida hukm qilgan paytingizda adolat bilan hukm chiqarishga buyuradi. Darhaqiqat, Alloh sizlarga qanday ham yaxshi nasihat qilmoqda. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Albatta, Alloh omonatni oʻz egalariga topshirishingizni va odamlar oʻrtasida hukm qilgan paytingizda adolat bilan hukm chiqarishga buyuradi. Darhaqiqat, Alloh sizlarga qanday ham yaxshi nasihat qilmoqda. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Ey Muhammad, oʻzlarini sizga nozil qilingan Qurʼonga hamda sizdan avvalgi tushirilgan kitoblarga iymon keltirgan deb iddao qilayotgan kimsalarni koʻrmaysizmi? Ular shaytoniy fitnalar bilan muhokama qilishni istaydilar. Vaholanki, ular unga itoat qilmaslikka buyurilgan edilar. Shayton esa ularni tamoman uzoq zalolatga yetaklashni istaydi.
Yoʻq, Robbingga qasam boʻlsinki, ular oʻz oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga sizni hakam qilib, keyin nafslarida siz chiqargan hukmga eʼtiroz qilmay, butunlay taslim boʻlmagunlaricha, hargiz moʻmin boʻla olmaydilar.