Soʻng uzoq vaqt oʻtmasdan hudhud kelib: “Men sen bilmagan narsalardan ogoh boʻldim va senga Sabaʼ shahridan ishonchli xabar keltirdim”, – dedi.
Siz qidirgan ح و ط masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 28 ta oyat mavjud.
to'liq qurshagan, va qurshagan bo'lsa, tushuna olmaydilar, qurshagan, qurshaydi, qurshab olinganlariga, tushuna olmaganlari, har tomondan qurshab oluvchi, qurshab to'sib qo'yilishingiz, o'shanda yo'q qilindi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Soʻng uzoq vaqt oʻtmasdan hudhud kelib: “Men sen bilmagan narsalardan ogoh boʻldim va senga Sabaʼ shahridan ishonchli xabar keltirdim”, – dedi.
Bas, ular savol-javobga kelishgach, Alloh ularga: “Sizlar aniq bilmagan holingizda oyatlarimni yolg‘onga chiqardingizmi?! Yoki nima qilgan edingiz?” – deydi.
Ular sizdan azobni tezlatishni talab qiladilar. Albatta, jahannam kofirlarni oʻrab turuvchidir.
Ogoh boʻlinglar, albatta, ular qiyomatda Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishdan shubhadalar. Ogoh boʻlinglarki, albatta, U barcha narsani qamrab oluvchidir.
Yana sizlar hali qodir boʻlmagan boshqa oʻljalar ham borki, Alloh ularni oʻljalaringiz ekanini Oʻz ilmi bilan ihota qilib qoʻygandir. Alloh barcha narsaga qodir Zotdir.
Alloh yetti qavat osmonni va Yerdan ham oʻshancha miqdorni yaratgan Zotdir. Allohning amri u osmon va Yer oʻrtasida nozil boʻlib turadi. Bular toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanini va Alloh barcha narsani Oʻz ilmi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchundir.
Toki payg‘ambarlar Robbilarining elchilik vazifalarini ummatga yetkazganliklarini bilish uchun shunday qiladi. Alloh payg‘ambarlar huzuridagi barcha narsani ihota qilib olgan. Hamda borliqdagi har bir narsaning sanog‘ini hisoblab qoʻygandir.
Holbuki, Alloh ularning ortidan barcha narsani bilib ihota qilib turuvchidir.