Ey Rasulim, odamlardan shunday toifalar borki, ularning dunyo hayotidagi balandparvoz gap-soʻzlari sizni taajjubga soladi. U Islomga ashaddiy dushman boʻlgani holda munofiqlarcha dilidagi soxta iymonini pesh qilib Allohni guvoh qiladi.
Siz qidirgan خ ص م masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 18 ta oyat mavjud.
raqiblarning, bir-biri bilan tortishganlari, himoyachisi, bir raqib (bo'lib chiqdi), ikki raqib tomon, tortishuvchi, tortishib, bir-biri bilan tortishuvchi, tortishib turishganda, bir raqib
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Rasulim, odamlardan shunday toifalar borki, ularning dunyo hayotidagi balandparvoz gap-soʻzlari sizni taajjubga soladi. U Islomga ashaddiy dushman boʻlgani holda munofiqlarcha dilidagi soxta iymonini pesh qilib Allohni guvoh qiladi.
Ey Rasulim, mana bular g‘ayb xabarlaridan boʻlib, uni sizga vahiy qilib bildirmoqdamiz. Oralaridan qaysi birlari Maryamni qaramog‘iga olishga kafil boʻladi deb, qurʼa tashlash maqsadida qalamlarini otgan vaqtlarida siz u yerda yoʻq edingiz. Shuningdek, ular bu borada talashib tortishganlarida ham ularning yonida boʻlmagansiz.
Ey Rasulim, shubhasiz, sizga bu kitobni odamlar orasida Alloh sizga koʻrsatganiga muvofiq adolat bilan hukm qilishingiz uchun haq qilib nozil qildik. Siz xoin kimsalarning tarafini oluvchi boʻlmang.
Alloh insonni bir tomchi suv boʻlgan nutfadan yaratdi. Endi esa u Robbisiga qarshi ochiq-oydin xusumatchi boʻlib turibdi.
Mana shu ikki raqib boʻlgan moʻmin va kofir Robbilarining dini xususida tortishdilar. Bas, kufr keltirganlar uchun qiyomatda olovdan kiyimlar bichilib, boshlari ustidan qaynoq suv toʻkiladi.
Mana shu ikki raqib boʻlgan moʻmin va kofir Robbilarining dini xususida tortishdilar. Bas, kufr keltirganlar uchun qiyomatda olovdan kiyimlar bichilib, boshlari ustidan qaynoq suv toʻkiladi.
Ular u yerda tortishib gaplashadilar.
Qasam boʻlsinki, Biz Samud qabilasiga birodarlari Solihni payg‘ambar qilib yubordik. Solih payg‘ambar oʻz qavmiga: “Allohga ibodat qilinglar”, – dedi. Bas, ular daʼvatga quloq solmay birdan kelisha olmaydigan ikki guruhga boʻlinib oldilar.
Ular tortishib turganlarida, toʻsatdan ularni tutib oluvchi birgina qichqiriqni kutmoqdalar, xolos.
Biz uni bir tomchi nutfadan yaratganimizni, inson bilmaydimi?! Endi, esa u birdan, ochiq-oydin xusumatchi boʻlib turibdi!
Ey Muhammad, sizga bir-birlari bilan daʼvolashuvchining xabari keldimi? Oʻshanda ular Dovud ibodat qilayotgan mehrobga chiqqan edilar.
Daʼvogarlar Dovud huzuriga kirishganda, u ulardan qoʻrqib ketdi. Ular: “Qoʻrqmagin, bizlar bir-birimizga zulm qilgan ikki daʼvogarlarmiz. Bas, bizning oʻrtamizda haqqoniy hukm qil va birortamizga jabr qilma hamda bizlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlagin”, – dedilar.
Albatta, doʻzax ahlining ana shunday tortishishlari aniq haqiqatdir.
Menda ular bahslashayotgan farishtalardan boʻlgan oliy guruh haqida hech qanday bilim boʻlmagan edi.
Soʻngra, albatta, sizlar qiyomat kuni Robbingiz huzurida tortishasizlar.
Hali zeb-ziynat ichida parvarish qilinadigan, munozarada oʻz fikrini ochiq bayon qilib bera olmaydigan zaifa bir qiznimi?!
Ular: “Bizlarning ilohlarimiz yaxshiroqmi yoki umi?!” – deydilar. Ular sizga bu misolni faqatgina tortishish uchun keltiradilar. Aslida ular xusumatchi qavmdirlar.
Alloh unga: “Mening dargohimda bahslashmanglar! Men ilgari sizlarga kofir boʻlganingiz sababli oxiratda azobga duchor boʻlishingiz haqida vaʼda berganman”, – deydi.