Allohdan oʻzga iltijo qilayotganlaringiz, shubhasiz, oʻzingizga oʻxshash bandalardir. Agar iddaongizda rostgoʻy boʻlsangizlar, ularga iltijo qilib koʻringlar-chi, qani, sizlarning duolaringizga ijobat qilsinlar!
Siz qidirgan د ع و masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 212 ta oyat mavjud.
va chaqiring, duo qil, chaqirmay, duosiga, duo qiluvchining, menga duo qilgani, chaqiryaptilar, chaqiryapti, ularni (o'ziga) chaqir, chaqirilganlari
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Allohdan oʻzga iltijo qilayotganlaringiz, shubhasiz, oʻzingizga oʻxshash bandalardir. Agar iddaongizda rostgoʻy boʻlsangizlar, ularga iltijo qilib koʻringlar-chi, qani, sizlarning duolaringizga ijobat qilsinlar!
Allohdan oʻzga iltijo qilayotganlaringiz, shubhasiz, oʻzingizga oʻxshash bandalardir. Agar iddaongizda rostgoʻy boʻlsangizlar, ularga iltijo qilib koʻringlar-chi, qani, sizlarning duolaringizga ijobat qilsinlar!
Axir u butlarning oyoqlari bormidiki, u oyoqlar bilan yursalar yoki qoʻllari bormidiki, u qoʻllar bilan ushlasalar yoki koʻzlari bormidiki, u koʻzlar bilan koʻrsalar, yoxud quloqlari bormidiki, u quloqlar bilan eshitsalar?! Ey Muhammad, ularga: “But va sanam kabi sheriklaringizga bemalol iltijo qilaveringlar. Menga muhlat bermay xohlaganingizcha makr qilaveringlar”, – deb ayting.
Undan oʻzga sizlar iltijo qilayotgan narsalar sizlarga yordam qilishga qodir emaslar va ular oʻzlariga ham yordam koʻrsata olmaydilar.
Agarda u but-sanamlarni hidoyatga chaqirsangiz ham baribir eshitmaydilar. Ularning goʻyo sizga qarab turganlarini koʻrasiz, vaholanki, ular koʻrmayaptilar.
Ey iymon keltirganlar! Sizlarni huzurli hayotga chorlovchi narsa bilan daʼvat qilsa, darhol Allohga va Rasulga itoat qilib, javob beringlar! Hamda bilib qoʻyinglarki, albatta, Alloh kishi bilan uning qalbi orasini egallab turadi. Shak-shubhasiz, Uning huzurida jam boʻlasizlar.
Ularning u yerdagi duolari: “Ey Alloh, Senga tasbeh aytamiz!” – deyish va u yerdagi soʻrashishlari “Salom”dir. Duolarining oxiri esa: “Olamlar Robbisi boʻlgan Allohga hamd!” – aytmoqlikdir.
Ularning u yerdagi duolari: “Ey Alloh, Senga tasbeh aytamiz!” – deyish va u yerdagi soʻrashishlari “Salom”dir. Duolarining oxiri esa: “Olamlar Robbisi boʻlgan Allohga hamd!” – aytmoqlikdir.
Agar insonga biror bir zarar yetsa, yotgan, oʻtirgan yoki turgan holida ham Bizga iltijo qiladi. Bas, vaqti kelib undan zararini ketkazsak, goʻyo unga yetgan zararidan Bizga duo qilmagandek ketaveradi. Shunday qilib, tajovuzkor isrofchilarga qilayotgan ishlari chiroyli qilib qoʻyildi.

U sizlarni quruqlik va dengizda sayr qildiradigan Zotdir. Sizlar kemada boʻlgan chog‘ingizda va mayin shamollar bilan u yoʻlovchilarni olib ketardi. Hamda ular bu sayr bilan xursand boʻlib turganlarida birdan qattiq shamol esib, ularga har tarafdan toʻlqin urib kelib, oʻzlarini u toʻlqin bilan qurshovda qolganlarini sezib, Allohga dinni xolis qilgan hollarida: “Agar bizni mana shundan xalos qilsang, albatta, shukr qiluvchi bandalardan boʻlamiz”, – deya iltijo qiladilar.
Alloh odamlarni salomatlik diyori boʻlgan jannatga chaqiradi va xohlagan kishini toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi.
Yoki “Uni Muhammad toʻqib chiqargan”, – deydilarmi?! Ey Rasulim, unda ularga: “Bas, agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, Allohdan boshqa kuchingiz yetgan kimsalarni yordamga chaqirib, unga oʻxshash bir dona sura keltirib koʻring-chi?!” – deb ayting.
Ogoh boʻlinglar, shubhasiz, osmonlar va Yerda kim yoki neki bor barchalari Allohnikidir. Allohdan boshqa, sheriklarga ergashib va ularga iltijo qiladiganlar faqatgina gumonga ergashadilar va ular faqat taxmin qiladilar.
Alloh ularga: “Ikkingizning duongiz ijobat qilindi. Endi toʻg‘ri boʻlinglar va bilmaydigan nodon kimsalarning yoʻliga aslo ergashmanglar”, – dedi.
Allohni qoʻyib, senga foyda ham, zarar ham yetkaza olmaydigan narsalarga iltijo qilma. Agar bunday qilsang, u holda sen, albatta, zolimlardan boʻlasan.
Yoki: “Uni Muhammad toʻqib chiqaryapti”, – deydilarmi? Ey Rasulim, ularga: “Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, shunga oʻxshash oʻnta toʻqilgan surani keltirib, Allohdan boshqa imkoningiz yetganicha yordamga va guvohlikka kimni boʻlsa ham, chaqiringlar!” – deb ayting.
Qavm Solihga: “Ey Solih, bundan oldin oramizda qandaydir umid qilinadigan kishi eding. Endi bizni bobolarimiz sig‘inadigan narsalarga ibodat qilishimizdan qaytarasanmi? Albatta, biz sen daʼvat qilayotgan narsalardan shubhadamiz”, – dedilar.
Ularga Biz zulm qilmadik, aksincha, ular oʻzlariga oʻzlari zulm qildilar. Robbingizning azob farmoni kelganda esa, Allohni qoʻyib sig‘ingan soxta ilohlari hech qanday foyda bermadi va ularga zarardan boshqa narsani orttirmadi.
Buni eshitgan Yusuf: “Ey Robbim, ular taklif qilishayotgan narsadan koʻra menga zindon yaxshiroqdir. Agar ularning makrlarini mendan daf qilmasang, ularga moyil boʻlib, johillardan boʻlib qolaman”, – dedi.