U Zotga duch keladigan kundagi soʻrashishlari salom demoqlikdir. Alloh ular uchun jannatda ulkan mukofot tayyorlab qoʻygan.
There are 47 verses derived from the masdar-o'zak ك ر م you searched for.
chiroyli, bitmas-tuganmas, mo'l, unga qiymat ber, ustun qilganini, biz juda ikrom qildik, qadrli, qadr qo'yuvchi, Karim, saxiylarcha
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
U Zotga duch keladigan kundagi soʻrashishlari salom demoqlikdir. Alloh ular uchun jannatda ulkan mukofot tayyorlab qoʻygan.
Alloh iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni jannat bilan mukofatlashi uchun ham qiyomat qoim boʻladi. Ana oʻshalar uchun Allohdan mag‘firat va farovon rizq bordir.
Siz faqat eslatma boʻlib kelgan Qurʼonga ergashgan va Rahmondan g‘oyibona qoʻrqqan kishilarnigina ogohlantira olasiz. Bas, oʻsha kimsalarga mag‘firat va ulug‘ mukofot borligi haqida xushxabar bering!
Robbimning meni mag‘firat qilganini va meni mukarram kishilardan qilganini bilsalar edi.
Ularga jannatda turli mevalar boʻladi. Ular izzat-ikromdadirlar,
Biz ulardan oldin firʼavn qavmini ham imtihon qilganmiz va ularga bir sharofatli payg‘ambar kelgan edi.
Yana koʻplab ekinzorlarni va soʻlim joylarni qoldirib g‘arq boʻlib ketdilar.
Ana endi bu azobni totib koʻrgin. Darhaqiqat, sen “izzat va ikrom qilingan”san.
Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishlaringiz uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila va elatlar qilib qoʻydik. Albatta, Alloh nazdida eng mukarramingiz taqvodorrog‘ingizdir. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Ey Muhammad, sizga Ibrohimning aziz va mukarram mehmonlari haqidagi xabar keldimi?
Faqat ulug‘lik va ikrom egasi boʻlgan Robbingizning Oʻzi boqiy qoladi.
Ulug‘lik va ikrom sohibi boʻlgan Robbingizning ismi barakatlidir.
U sovuq ham emas yoqimli ham emasdir.
Albatta, u Alloh tomonidan nozil boʻlgan Qurʼoni Karimdir.
Allohga Uning yoʻlida “qarzi hasana” ehson qiladigan kishi bormi?! Alloh oʻsha kishiga bir necha marta koʻpaytirib qaytaradi. Uning uchun yana sharafli mukofot ham bordir.
Albatta, sadaqa qiluvchi erkaklar va sadaqa qiluvchi ayollar hamda Allohga “qarzi hasana” berganlar uchun savoblari bir necha barobar koʻp qilib qaytariladi va ular uchun yana sharafli mukofot bordir.
Albatta, bu Qurʼon, mukarram Payg‘ambarning Alloh nomidan aytgan soʻzidir!
Aynan oʻshalar jannatlarda ikrom qilinuvchilardir.
U oyatlar Alloh nazdida mukarram sahifalardadir.
Ular hurmatlangan va yaxshilardir.