Ey Rasulim, ularga: “Agar dengiz suvi Robbimning ilmu hikmat soʻzlarini yozish uchun siyoh boʻlsa va hatto yana shuncha siyoh keltirsak ham, Robbimning soʻzlari tugashidan oldin, dengiz suvlari tugab qolar edi”, – deb ayting.
There are 42 verses derived from the masdar-o'zak ب ح ر you searched for.
dengizni, dengizda, dengiz, "bahira", va dengizda bo'lgan, va dengizning, dengizdan, va dengizda, ikki dengizning, dengizning
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey Rasulim, ularga: “Agar dengiz suvi Robbimning ilmu hikmat soʻzlarini yozish uchun siyoh boʻlsa va hatto yana shuncha siyoh keltirsak ham, Robbimning soʻzlari tugashidan oldin, dengiz suvlari tugab qolar edi”, – deb ayting.
Ey Rasulim, ularga: “Agar dengiz suvi Robbimning ilmu hikmat soʻzlarini yozish uchun siyoh boʻlsa va hatto yana shuncha siyoh keltirsak ham, Robbimning soʻzlari tugashidan oldin, dengiz suvlari tugab qolar edi”, – deb ayting.
Biz Musoga: “Bandalarim bani Isroil avlodini tunda olib ket va ular uchun asong bilan urib dengizdan quruq yoʻl och. Ortingdan dushmanlar yetib kelishidan xavf qilmagan va g‘arq boʻlishdan ham qoʻrqma”, – deb vahiy yubordik.
Alloh sizlarga yerdagi narsalarni va dengizda Uning amri bilan suzib ketayotgan kemalarni boʻysundirib qoʻyganini hamda osmonni Uning iznisiz yerga qulab tushishdan tutib turishini koʻrmadingizmi?! Shubhasiz, Alloh odamlarga shafqatli – Raʼuf va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Yoki kofirlarning qilgan amallari ustma-ust toʻlqin va uning ustida qora bulut qoplab olgan tubsiz dengizdagi qorong‘iliklarga oʻxshaydi. Ular bir-birining ustidagi zulmatlardir. U oʻz qoʻlini chiqarib qarasa ham uni koʻra olmaydi. Alloh kimga iymon nurini bermasa, bas, uning uchun hech qanday nurdan asar boʻlmaydi.
Alloh ikki dengizni bunisi chuchuk va shirin, unisi shoʻr va achchiq qilib oqizib qoʻygan va aralashib ketmasligi uchun ularning oʻrtasida toʻsiq va ochilmas parda qilib qoʻygan Zotdir.
Bas, Biz Musoga: “Asong bilan dengizga urgin”, – deb vahiy yubordik. Keyin dengiz boʻlinib, har boʻlagi ulkan tog‘dek boʻldi. Soʻng Muso va uning qavmi dengiz oʻrtasidan ochilgan yoʻlga tomon yurdilar.
Yoki Yerni barcha jonzotlar uchun qarorgoh qilib, uning oʻrtasida daryolar paydo qilgan va uning uchun baland tog‘lar barpo qilgan hamda shoʻr va chuchuk boʻlgan ikki dengiz oʻrtasida toʻsiq qilgan Zot yaxshiroqmi?! Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Yoʻq, odamlarning koʻpchiligi haqiqatni bilmaydilar.
Yoki sizlarga quruqlik va dengiz qorong‘iliklarida toʻg‘ri yoʻlni koʻrsatadigan va Oʻz rahmat yomg‘iri oldidan shamollarni xushxabar qilib joʻnatadigan Zot yaxshiroqmi?! Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan munazzah va oliydir.
Odamlarning oʻz qoʻllari bilan qilgan yomon ishlari tufayli quruqlik va dengizda har xil buzg‘unchiliklar oʻrtaga chiqdi. Bu ularning oʻz qilmishlaridan tavba qilib qaytishlari uchun qilgan baʼzi yomon ishlarining jazosini ularga tottirish uchundir.
Agar yer yuzidagi barcha daraxt qalamlar boʻlib, dengiz siyoh boʻlsa va undan soʻng yana yetti dengiz yozish uchun unga yordamga kelsa ham Allohning soʻzlari tugamaydi. Shubhasiz Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.

Kemalar Allohning neʼmati bilan sizga Uning moʻʼjizalarini koʻrsatish uchun dengizda suzib yurganini koʻrmadingmi?! Albatta, bunda qiyinchiliklarga sabr qiluvchi va neʼmatlarga shukr qiluvchilar uchun belgilar bordir.
Ikki dengiz teng boʻlmaydi. Bunisi shirin-totli va yutumli, unisi esa shoʻr-nordondir. Sizlar ularning har biridan yangi baliq goʻshtini tutib yeysizlar va taqadigan zeb-ziynat chiqarib olasizlar. Allohning fazlidan istashlaringiz uchun suvni yorib ketayotgan kemalarni koʻrasizlar. Shoyad, bularga shukr qilsangizlar.
Dengizdagi tog‘lardek suzib yuruvchi ulkan kemalar ham Uning alomatlaridandir.
Ikkiga ayrilgan dengizni ochiq holda qoʻyaver. Ular g‘arq qilinuvchi qoʻshindir.
Alloh sizlarga dengizni unda Oʻz amri bilan kemalar yurishi uchun va Uning fazlidan istakda boʻlishingiz uchun beminnat xizmatkor qilib qoʻydi. Shoyadki, bu neʼmatlar uchun shukr qilsangizlar.
Toʻlib toshgan dengiz bilan qasam.
U ikki dengizni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib yonma-yon oqizib qoʻydi.
Dengizda yelkanlari tog‘lar kabi baland koʻtarilgan suzib yuruvchi kemalar ham U Zotnikidir.