Jinlar: “Ey qavmimiz, darhaqiqat, biz Musodan keyin nozil qilingan, oʻzidan oldingi ilohiy kitoblarni tasdiqlovchi, haq dinga va toʻg‘ri yoʻlga boshlaydigan bir kitobni tingladik”, – dedilar.
There are 523 verses derived from the masdar-o'zak ب ي ن you searched for.
orasidagi (oldidagi), tushuntirsin, orasida, ochiq dalillar, ochiq-oydin dalillar bilan, -, ochiq-oydin, orasini, ochiq-oydin bo'lgandan keyin, oralarida
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Jinlar: “Ey qavmimiz, darhaqiqat, biz Musodan keyin nozil qilingan, oʻzidan oldingi ilohiy kitoblarni tasdiqlovchi, haq dinga va toʻg‘ri yoʻlga boshlaydigan bir kitobni tingladik”, – dedilar.
Kim Allohning daʼvatchisini qabul qilmasa, bas, u yer yuzida biron joyga qochib qutuluvchi emasdir va uning uchun Allohdan boshqa doʻstlar ham yoʻqdir. Ana oʻshalar aniq zalolatdadirlar.
Axir, Robbisi tomonidan aniq hujjatga ega boʻlgan kishi bilan qilgan yomon ishi oʻziga chiroyli koʻringan va havoyi nafslariga ergashgan kofir kimsalar barobar boʻladimi?!
Chindan ham, oʻzlariga hidoyat yoʻli aniq boʻlganidan keyin yana ortlariga qaytib ketgan kimsalarga shayton bu ishlarni chiroyli qilib koʻrsatdi va ular uchun puch orzularni uzaytirib qoʻydi.
Albatta, kufr keltirgan va boshqalarni ham Allohning yoʻlidan toʻsgan hamda oʻzlariga hidoyat yoʻli aniq boʻlganidan keyin yana Payg‘ambarga qarshilik qilgan kimsalar, Allohga biror zarar yetkaza olmaydilar. Alloh ularning payg‘ambarga qarshilik qilish yoʻlidagi barcha ishlarini behuda ketkazadi.
Ey Muhammad, Biz sizga aniq fathni berdik.
Muhammad Allohning Rasulidir. U bilan birga boʻlgan moʻminlar kofirlarga qattiq, oʻz oralarida moʻminlarga nisbatan rahm-shafqatlidirlar. Ularni doimo Allohdan fazl va rozilik istab, ruku va sajda hollarida koʻrarsiz. Ularning yuzlarida sajda izlaridan qolgan belgilar bordir. Mana shu sifatlar ularning Tavrotdagi misollaridir. Ularning Injildagi misollari esa, goʻyo urug‘ini yorib chiqib, quvvatga kiradigan, yoʻg‘onlashib oʻz novdasida tik turadigan va dehqonlarni hayron qoldiradigan oʻsimlikka oʻxshaydi. Bu moʻminlarning kuchayishi sababli kofirlarning jahlini chiqarish uchundir. Alloh ulardan iymon keltirgan va solih amallarni qilganlariga mag‘firat va ulkan ajrni vaʼda qildi.
Ey iymon keltirganlar, Alloh va Uning Payg‘ambari oldida uning iznisiz biror soʻz aytmang yoki biron ishda ulardan oldin oʻtmanglar. Allohdan qoʻrqinglar, albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Ey moʻminlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar haqiqiy holatni bilmagan holingizda biror qavmga aziyat yetkazib qoʻyib, keyin qilgan ishlaringizdan pushaymon boʻlmasligingiz uchun u xabarni aniqlab koʻringlar.
Agar moʻminlardan ikki toifa oʻzaro urushib qolsalar, darhol ular oʻrtasini isloh qilinglar. Bas, agar ulardan biri, ikkinchisining ustiga tajovuzkorlik qilsa, bas, to tajovuzkor toifa Allohning amriga qaytguncha, sizlar tajovuz qilgan toifa bilan urushinglar. Agar u toifa tajovuzkorlikdan qaytsa, sizlar darhol ularning oʻrtasini adolat bilan tuzatib qoʻyinglar va adolat qilinglar. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni sevadi.
Agar moʻminlardan ikki toifa oʻzaro urushib qolsalar, darhol ular oʻrtasini isloh qilinglar. Bas, agar ulardan biri, ikkinchisining ustiga tajovuzkorlik qilsa, bas, to tajovuzkor toifa Allohning amriga qaytguncha, sizlar tajovuz qilgan toifa bilan urushinglar. Agar u toifa tajovuzkorlikdan qaytsa, sizlar darhol ularning oʻrtasini adolat bilan tuzatib qoʻyinglar va adolat qilinglar. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni sevadi.
Albatta, moʻminlar aka-ukadirlar. Bas, sizlar ikki og‘a-iningiz oʻrtasini tuzatib qoʻyinglar va Allohdan qoʻrqinglar, shoyad, rahm qilinsangizlar.
Biz osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi barcha narsani olti kunda yaratdik va Bizga hech qanday charchoq yetmadi.
Muso qissasida ham ibrat bor. Oʻshanda, Biz uni aniq hujjat bilan firʼavnning yoniga yuborgan edik.
Ey Rasulim, ularga: “Bas, Allohga iymon keltirish uchun chopinglar. Albatta, men sizlar uchun Uning azobidan aniq ogohlantiruvchiman”, – deb ayting.
Alloh bilan birga yana boshqa iloh bor, deb aytmanglar. Albatta, men sizlar uchun Uning azobidan aniq ogohlantiruvchi payg‘ambarman.
Balki, ularda ustiga chiqib, farishtalarning soʻzlarini eshitib oladigan narvon bordir?! U holda ularning eshitib oluvchisi Allohning amridan aniq hujjat keltirsin!
Bizlarning oramizdan oʻshanga eslatma tushirilibdimi?! Yoʻq, u kazzob va kibrlidir.
Suvning ular bilan tuya oʻrtasida taqsimlab qoʻyilgani va har bir ichishga navbat bilan hozir boʻlish kerakligi haqida ularga xabar bergin.
Unga nutq bayon qilishni oʻrgatdi.