Qilgan ishlaridan pushaymon boʻlib, qoʻllaridagi tushirilganda: “Ont ichamizki, agar Robbimiz bizga marhamat qilmasa va gunohimizni mag‘firat qilmasa, haqiqatan, bizlar ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolamiz”, – dedilar.
От искомого вами масдар-узак ي د ي образовано 120 аятов.
ularning ikki qo'li, qo'llari bilan, qo'llarining, o'zidan oldingilarini, o'z qo'llaringiz bilan, qo'lidagi, qo'li bilan, ularning oldida, o'zidan oldinaigini, sening qo'lingdadir
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Qilgan ishlaridan pushaymon boʻlib, qoʻllaridagi tushirilganda: “Ont ichamizki, agar Robbimiz bizga marhamat qilmasa va gunohimizni mag‘firat qilmasa, haqiqatan, bizlar ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolamiz”, – dedilar.
Axir u butlarning oyoqlari bormidiki, u oyoqlar bilan yursalar yoki qoʻllari bormidiki, u qoʻllar bilan ushlasalar yoki koʻzlari bormidiki, u koʻzlar bilan koʻrsalar, yoxud quloqlari bormidiki, u quloqlar bilan eshitsalar?! Ey Muhammad, ularga: “But va sanam kabi sheriklaringizga bemalol iltijo qilaveringlar. Menga muhlat bermay xohlaganingizcha makr qilaveringlar”, – deb ayting.
Bu azoblar oʻz qoʻllaringiz bilan qilgan yomon ishlaringiz uchundir. Zero, Alloh oʻz bandalariga zulm qiluvchi emas edi.
Ey Payg‘ambar, qoʻlingizdagi asir olingan kimsalarga: “Agar Alloh qalblaringizda yaxshilikka moyillik koʻrganda edi, sizlardan olingan oʻljadan koʻra yaxshiroq neʼmatni sizlarga ham berar va sizlarni kechirar edi. Zero, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir”, – deb ayting.
Ular bilan jang qilinglar, shunda Alloh sizlarning qoʻllaringiz bilan ularni azoblaydi. Hamda ularni sharmanda qiladi, sizlarni ularning ustidan sizlarga nusrat ato etib, iymon keltirgan qavmning dillariga shifo beradi.
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmaydigan, Alloh va Rasuli harom qilgan narsalarni harom deb bilmaydigan, haq din boʻlmish Islomni din deb qabul qilmaydigan ahli kitob berilgan yahudiy va nasroniylar toki boʻysungan hollarida oʻz qoʻllari bilan jizya bermagunlaricha, jang qilinglar.
Ey Rasulim, ularga: “Sizlar bizni jangda yo shahid, yo g‘olib boʻlishdek ikki xayrli ishdan birining boʻlishini kutmoqdasiz. Bizlar esa sizlarni Alloh Oʻz dargohidan yoki bizning qoʻlimiz bilan sizlarga azob yetishini kutmoqdamiz. Bas, kutaveringlar, albatta, biz ham sizlar bilan birga kutuvchimiz”, – deb ayting.
Munofiq erkaklar ham, munofiq ayollar ham kufrda hammasi birdirlar. Ular yomonlikka buyurib, yaxshilikdan qaytaradilar. Ehson qilmay, qoʻllarini qattiq tutadilar. Ular Allohni unutdilar, bas, shuning uchun Alloh ham ularni rahmatidan uzoqlashtirib unutdi. Shubhasizki, munofiqlar aniq fosiq kimsalardir.
Ushbu Qurʼon Allohdan boshqa kimdir tarafidan toʻqib chiqarilgan boʻlishi mumkin emas. Balki u butun olamlar Robbisi tomonidan nozil qilingan, haqligida unda hech qanday shubha boʻlmagan va oʻzidan oldingi ilohiy kitoblarni tasdiqlovchi hamda batafsil bayon etilgan kitobdir.
Farishtalar unga qoʻl uzatishmaganini koʻrgach, Ibrohim ulardan yotsiradi va ulardan qattiq qoʻrqib ketdi. Ular: “Qoʻrqma, ey Ibrohim, farishtalar taom yemaydi biz Lut qavmini halok qilishga yuborilganmiz”, – dedilar.
Vaqtiki, Zulayho ayollarning ig‘volarini eshitgach, ularning huzuriga odam yubordi va ularga turli mevalarni archish uchun suyanib oʻtiradigan joy tayyorladi hamda ularning har biriga bittadan pichoq berib Yusufga: “Qani, ularning oldiga chiqqin”, – dedi. Ayollar uni koʻrishgach husnining goʻzalligidan beixtiyor Yusufni olqishlab oʻzlari sezmagan hollarida qoʻllarini kesib oldilar. Hamda: “Yo muqaddas Alloh, bu bashar farzandi emas, axir u azizu mukarram farishta-ku!” – deb yubordilar.
Soqiy podshohning yoniga qaytib, Yusuf tushni qanday taʼbir qilganini aytgach podshoh: “Uni darhol mening huzurimga olib keling”, – dedi. Qachonki unga podshohning elchisi kelgach Yusuf: “Xojangning yoniga qaytib borib, oldin undan qoʻllarini kesib olgan ayolarning holi nima boʻlganini soʻra. Albatta, Robbim ularning makrlarini biluvchidir”, – dedi.
Darhaqiqat, ularning oʻtmish qissalarida aql egalari uchun katta ibrat bor edi. Ushbu Qurʼon toʻqib chiqariladigan soʻz emas, balki oʻzidan oldingi samoviy kitoblarni tasdiqlovchi va unga iymon keltiradigan qavm uchun barcha narsalarni batafsil bayon qilib beruvchi hidoyat va rahmat manbai boʻlgan ilohiy kitobdir.
U insonning oldida ham, orqasida ham taʼqib qilib, kuzatib yuruvchi farishtalar boʻlib, ular Allohning amri bilan uni saqlab turadilar. Shubhasiz, bir qavm oʻzidagi holatni oʻzgartirmaguncha Alloh ularning ahvolini oʻzgartirmaydi. Agarda Alloh biror qavmga yomonlikni ravo koʻrsa, bas, uni orqaga qaytarib boʻlmaydi va ular uchun Undan Oʻzga balodan saqlab qoluvchi hokim yoʻqdir.
Yoki sizlarga oʻzingizdan oldin oʻtgan Nuh, Od, Samud va ulardan keyin oʻtgan, qavmlarning xabari kelmadimi? Ularning holatlarini va sanog‘ini yolg‘iz Allohning Oʻzi biladi. Ularga payg‘ambarlari aniq dalillar bilan kelganlarida, ular qoʻllari bilan payg‘ambarlarning og‘izlarini toʻsib: “Biz sizlar unga elchi qilib yuborilgan dinni inkor qildik. Biz, albatta, sizlar bizni daʼvat qilayotgan diningizdan shubhadamiz”, – dedilar.
Baxillik qilib qoʻlingizni boʻyningizga bog‘lab ham olmang. Isrofgarchilik qilish bilan uni butunlay ochib ham yubormang. Aks holda, bunday feʼldan malomat va hasrat ichida oʻtirib qolasiz.
Robbisining oyatlari bilan eslatilib nasihat qilingach, ulardan yuz oʻgirgan va oʻzi qilib oʻtgan gunohlarini unutib qoʻygan kimsadan ham zolimroq kishi bormi?! Darhaqiqat, Biz bu Qurʼonni anglamasliklari uchun ularning qalblariga pardalar va quloqlariga og‘irlik qilib qoʻydik. Demak, agar ularni hidoyatga chaqirsangiz ham hech qachon toʻg‘ri yoʻlda yurmaydilar.
Jabroil: “Biz farishtalar faqat Robbingizning amri bilan tushamiz. Oldimizdagi oxirat ham, ortimizdagi dunyo ham, ikkisi oʻrtasidagi barcha ishlar ham, faqat Uning izmidadir. Robbingiz unutuvchi boʻlmagan”, – deydi.
Qoʻlingni qoʻltig‘ingga tiq, qoramtir boʻlgan qoʻling hech qanday yomonliksiz oppoq holda boʻlib chiqadi. Bu esa yana bir boshqa moʻʼjizadir.
Firʼavn sehrgarlarga: “Men sizlarga ruxsat bermay turib, unga iymon keltirdingizmi?! Shubhasiz, u sizlarga sehr oʻrgatgan kattangizdir. Bas, endi men, albatta, qoʻl va oyoqlaringizni qarama-qarshisiga qilib kesaman va sizlarni xurmo shoxlariga osaman, oʻshanda menmi yoki Musoning xudosimi qaysimiz azoblashda qattiqroq va uzoqroq ekanligini bilib olasizlar”, – dedi.