Solih payg‘ambar ulardan yuz oʻgirib: “Ey qavmim, haqiqatan, men Robbimning sizlarga yuborilgan amrlarini yetkazdim va sizlarga nasihat qildim, biroq sizlar nasihat qiluvchilarni sevmaysizlar”, – dedi.
От искомого вами масдар-узак ب ل غ образовано 77 аятов.
yetguncha, yetishganlarida, bitirganini, yetguncha, faqat yetkazishdir, menga kelib yetgan, chiroyli, yetkazdir, yetkazmagan bo'lasan, yetkazishdir
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Solih payg‘ambar ulardan yuz oʻgirib: “Ey qavmim, haqiqatan, men Robbimning sizlarga yuborilgan amrlarini yetkazdim va sizlarga nasihat qildim, biroq sizlar nasihat qiluvchilarni sevmaysizlar”, – dedi.
Shuʼayb payg‘ambar ulardan yuz oʻgirib: “Ey qavmim, haqiqatan, men Robbimning sizlarga yuborilgan amrlarini yetkazdim va sizlarga nasihat qildim. Axir qanday qilib kofir qavmlarga achinaman”, – dedi.
Ular yetib boradigan muayyan muddatga qadar vaqtinchalik ustilaridan azobni olib tashladik. Lekin yana ular bergan ahdlarini buzmoqda edilar.
Ey Rasulim, agar mushriklardan birortasi sizdan omonlik soʻrasa, uni himoyangizga oling. Toki ular Allohning kalomini eshitsinlar, balki, ibrat olarlar. Undan keyin uni tinch joyiga yetkazib qoʻying. Mana bu ularning haqiqatni bilmaydigan qavm ekanliklaridir.
Agar sizlar iymondan yuz oʻgirsangiz, bas, men sizlarga u bilan yuborilgan haq dinni toʻla-toʻkis yetkazdim. Agar iymon keltirmasangiz, unda Robbim sizlarni halok qilib oʻrinlaringizga boshqa qavmni xalifa qilib keltiradi. Sizlar esa Unga hech qanday zarar yetkaza olmaysiz. Albatta, Robbim hamma narsani qoʻriqlovchi – Hafiz Zotdir.
Yusuf voyaga yetgach, unga hikmat va ilm berdik. Biz yaxshi ish qiluvchilarni shu tarzda mukofotlaymiz.
Haqiqiy duo, faqat Unga qilinadi. Undan boshqani qoʻyib butlariga iltijo qilayotganlarida u mushriklarning birorta duosini ijobat qilmaydi. Ular xuddi ikki kaftini suvga uzatib, suv og‘ziga yetib kelishini kutib turgan odamga oʻxshaydilar. Vaholanki, u suv unga yetib keluvchi emasdir. Kofirlarning duosi yoʻqotishdan boshqa narsa emas.
Haqiqiy duo, faqat Unga qilinadi. Undan boshqani qoʻyib butlariga iltijo qilayotganlarida u mushriklarning birorta duosini ijobat qilmaydi. Ular xuddi ikki kaftini suvga uzatib, suv og‘ziga yetib kelishini kutib turgan odamga oʻxshaydilar. Vaholanki, u suv unga yetib keluvchi emasdir. Kofirlarning duosi yoʻqotishdan boshqa narsa emas.
Ey Rasulim, agar sizga u kofirlarga vaʼda qilganlarimizning baʼzilarini koʻrsatsak ham yoki sizni bundan oldinroq vafot ettirsak ham, albatta, sizning zimmangizda Islomni odamlarga toʻliq yetkazish bordir. Bizning zimmamizda esa qiyomat kuni hisob-kitob qilish bor.
Ey odamlar, Alloh tarafidan nozil qilingan bu Qurʼon insoniyatga u bilan ogohlantirilishlari va U yagona iloh ekanini bilishlari hamda aql egalari eslatma olishlari uchun bir yetkazishdir.
Shuningdek, ular yuklaringizni jon mashaqqatisiz yetib bora olmaydigan yurtlarga koʻtarib boradi. Shubhasiz, Robbingiz bandalariga shafqatli – Raʼuf va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Allohga shirk keltirgan kimsalar: “Agar Alloh xohlaganida, biz ham, ota-bobolarimiz ham Undan oʻzga biror narsaga ibodat qilmagan va Uning hukmisiz biror narsani harom qilmagan boʻlar edik”, – deydilar. Ulardan oldin oʻtgan kofirlar ham shunday qilgan edilar. Payg‘ambarlar zimmasida faqat Allohning vahiysini odamlarga ochiq-oydin yetkazish vazifasi bordir.
Ey Muhammad, agar ular haqdan yuz oʻgirsalar, u holda sizning zimmangizda, faqat haqiqatni ravshan qilib yetkazish bor, xolos.
Robbingiz, faqat Oʻzigagina ibodat qilishlaringizni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr qildi. Ey inson, agar ularning birlari yoki har ikkisi yoningda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “uf” demagin va ularni jerkimagin. Ularga doimo chiroyli bir soʻz aytgin.
Toki yetuklik chog‘iga yetmaguncha, yetimning moliga yaqinlashmang. Lekin u yaxshilik niyati bilan chiroyli tarzda boʻlsa, yetimning molidan foydalanib turish mumkin. Ahdga vafo qilinglar, chunki ahd qiyomat kuni soʻraladigan ishdir.
Ey inson, Yer yuzida kibrlanib yurma. Chunki sen kuch quvvating bilan aslo yerni tesha olmaysan va uzunlikda tog‘larga ham yeta olmaysan.
Bir zamonlar Muso oʻzining xizmatkor yigiti Yushoga: “To ikki dengiz birlashgan joyga yetmagunimcha, hatto koʻp yillar oʻtib ketsa ham, yuraveraman”, – degan edi.
Ular yoʻlga tushib, qachonki, ikki dengiz qoʻshiladigan yerga yetib borishgach baliqlarini u yerda unutib qoldirdilar. Shundan keyin baliq dengizda yoʻlini topib suzib ketdi.
Shunda Muso: “Agar bundan keyin ham sendan biror narsa haqida soʻrasam, meni oʻzingga hamroh qilmagin. Chunki men tomondan uzrda meʼyorga yetgan boʻlasan”, – dedi.
Endi devor esa, shu shahardagi ikki yetim bolaniki boʻlib, uning ostida ular uchun bir xazina koʻmilgan edi. Ularning marhum otasi solih kishi edi. Bas, Robbing ular voyaga yetishgach, Robbingdan rahmat boʻlib xazinalarini chiqarib olishlarini iroda qildi. Men bu ishlarni oʻzimcha qilganim yoʻq. Mana shu unga sabr qilishga toqating yetmagan narsalarning taʼvilidir.