U Oʻz rahmati boʻlgan yomg‘irdan oldin xushxabar qilib shamollarni yuboradi. Vaqtiki, shamollar og‘ir bulutlarni koʻtarib olgach uni suvsizlikdan qaqrab oʻlib yotgan oʻlkaga haydaymiz. Keyin u bilan suv yog‘dirib u tufayli har turli mevalarni chiqaramiz. Oʻliklarni ham shu tarzda qabrlaridan chiqaramiz. Shoyad, sizlar bundan oʻgit olsangizlar.

