Endi, Yaʼjuj va Maʼjuj qabilasi u toʻsiqning ustiga chiqishga ham, uni teshib oʻtishga ham kuchlari yetmaydi.
Siz qidirgan ط و ع masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 129 ta oyat mavjud.
o'z ixtiyori bilan qilsa, ko'ngildan, kuchlari yetsa, kuchlari, kuch yetolmaydi, va itoat qildik, itoat qiling, va menga itoat qiling, ixtiyoriy ravishda, kuchi yetgan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Endi, Yaʼjuj va Maʼjuj qabilasi u toʻsiqning ustiga chiqishga ham, uni teshib oʻtishga ham kuchlari yetmaydi.
Endi, Yaʼjuj va Maʼjuj qabilasi u toʻsiqning ustiga chiqishga ham, uni teshib oʻtishga ham kuchlari yetmaydi.
Ularning koʻzlari dunyoda Mening eslatmalarimdan toʻsilgan edi. Ular nasihatlarni eshitishga ham qodir emas edilar.
Holbuki, Horun buzoqqa sig‘inishlaridan oldin ularga: “Ey qavmim, sizlar bu bilan imtihon qilindingiz. Robbingiz, shubhasiz, yagona Rahmondir. Bas, menga ergashinglar va amrimga itoat qilinglar!” – degan edi.
Yoʻq, qiyomat toʻsatdan kelib qoladi va ularni lol qilib qoʻyadi. Bas, uni qaytarishga kuchlari yetmaydi va ularga tavba qilish uchun muhlat ham berilmaydi.
Yoki ularda Bizdan boshqa himoya qiladigan “ilohlar” bormi?! Axir u butlarning oʻzlariga yordam berishga ham kuchlari yetmaydiku! Shuningdek, ular Biz tomondan himoya ham qilinmaydilar.
Qasam boʻlsinki, agar sizlar oʻzingizga oʻxshagan odamga itoat qilsangiz, u holda albatta, sizlar ziyon koʻruvchisiz.
Munofiqlar: “Allohga va payg‘ambarga iymon keltirdik va itoat qildik”, – deydilar. Lekin shundan keyin ulardan bir guruh dindan yuz oʻgirib ketadi. Ana oʻshalar moʻminlardan emasdir.
Albatta, moʻminlarning Allohga va Rasuliga oralarida hukm chiqarishi uchun chaqirilganlarida ularning gaplari: “Eshitdik va itoat qildik”, – deyishlari kerak edi. Ana oʻshalar najot topuvchilardir.
Kimki Alloh va payg‘ambariga itoat qilsa va Allohdan qoʻrqib, Unga taqvo qilsa, bas, aynan oʻshalar yutuqqa erishuvchilardir.
Munofiqlar agar siz buyursangiz, albatta, jihodga chiqishlari haqida jon-jahdlari bilan qasam ichdilar. Ularga: “Qasam ichmanglar, jihod maʼlum bir toatdir, qasam ichishga hojat yoʻqdir. Alloh qilayotgan barcha ishlaringizdan xabardor Zotdir.
Ey Rasulim, ularga: “Allohga itoat qilinglar va Payg‘ambarga itoat qilinglar. Bas, agar yuz oʻgirib ketsangiz, uning oʻz zimmasiga yuklangan narsa, Allohning buyrug‘ini yetkazishdir. Sizning esa oʻz zimmangizga yuklatilgan narsa, unga itoatdir. Payg‘ambar zimmasida faqat sizlarga haq dinni ochiq-oydin yetkazish bordir.

Ey moʻminlar, namozni toʻliq ado qilinglar, haqdorlarga zakotni beringlar va Rasulga itoat etinglar, shoyad, shunda rahm qilinsangizlar.
Ey Muhammad, sizga qanday misollar keltirishganiga nazar soling. Bas, ular haq yoʻldan ozdilar. Endi, toʻg‘ri yoʻl topishga kuchlari yetmaydi.
Mana, sizlar uni “iloh” deb sig‘ingan butlaringiz aytayotgan gaplaringizni yolg‘onga chiqardilar. Endi, azobdan qutulishga ham, bir-biringizga yordam qilishga ham qodir emassiz. Sizlardan kim zulm qilsa, unga katta azobni tottiramiz.
Bas, ey Rasulim, kofirlarga itoat qilmang va bu Qurʼon bilan ularga qarshi qattiq jang qiling.
Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.
Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.