Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.
Siz qidirgan ط و ع masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 129 ta oyat mavjud.
o'z ixtiyori bilan qilsa, ko'ngildan, kuchlari yetsa, kuchlari, kuch yetolmaydi, va itoat qildik, itoat qiling, va menga itoat qiling, ixtiyoriy ravishda, kuchi yetgan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.
Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.
Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.
Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.
Haddan oshuvchilarning amriga itoat qilmanglar.
Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.
Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar.
Ular uchun buning imkoni yoʻq va bunga kuchlari ham yetmaydi.
Biz insonga ota-onasi uchun yaxshilik qilishni buyurdik. Biroq ular oʻzing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishingga undasalar, u holda ularga itoat qilma! Barchangizning qaytib boradigan joyingiz Mening huzurimgadir. Bas, oʻshanda sizlarga qilib oʻtgan amallaringizning xabarini beraman.
Agar ota-onang seni oʻzing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga majburlasalar, u holda ularga itoat qilma. Lekin ularga garchi kofir boʻlsalar ham, dunyoda chiroyli muomalada boʻlgin va Menga tavba qilib qaytgan kishilarning yoʻliga ergashgin. Soʻngra qiyomat kunida qaytishlik Mening huzurimgadir, bas, sizlarga nima amal qilganingizning xabarini beraman.
Ey Payg‘ambar, Allohdan qoʻrqing. Kofirlar va munofiqlarga itoat qilmang. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Besabab tashqariga chiqmay uylaringizda qaror topinglar. Koʻchaga chiqqanlaringizda esa oldingi johiliyat davridagi yasanishdek yasanmanglar. Namozni mukammal toʻliq qilinglar, zakotni beringlar hamda Alloh va Uning payg‘ambariga itoat etinglar! Ey Payg‘ambarning xonadon ahli, Alloh sizlardan nopoklikni ketkazishni va sizlarni butunlay poklashni istaydi, , xolos.
Kofirlar va munofiqlarga itoat qilmang va ularning ozorlariga eʼtibor bermang hamda Allohga tavakkul qiling! Allohning Oʻzi yetarli vakildir.
Yuzlari olov ichida aylantiriladigan kunda, ular: “Koshki edi, Allohga itoat qilganimizda, payg‘ambarga itoat etganimizda”, – deydilar.
Yuzlari olov ichida aylantiriladigan kunda, ular: “Koshki edi, Allohga itoat qilganimizda, payg‘ambarga itoat etganimizda”, – deydilar.
Yana ular: “Ey Robbimiz, darhaqiqat, bizlar boshliqlarimizga va kattalarimizga itoat qildik, bas, ular bizlarni toʻg‘ri yoʻldan adashtirdilar, – dedilar.
Shunda Alloh ishlaringizni oʻnglaydi va gunohlaringizni mag‘firat qiladi. Kimki Allohga va Uning payg‘ambariga itoat qilsa, bas, u ulkan yutuqqa erishibdi.
Oʻshanda, ular vasiyat qilishga ham ahli oilalarining oldiga qaytib borishga ham kuchlari yetmaydi.
Agar xohlasak, ularni turgan joylarida boshqa narsalarga aylantirib qoʻygan boʻlar edik. Keyin ular oldinga yurishga ham kuchlari yetmas edi orqalariga ham qayta olmas edilar.
Soxta ilohlari ularga yordam berishga kuchlari yetmaydi. Holbuki, ular bu butlar uchun xizmatga shay turgan lashkar kabi edilar.