Muso unga: “Mana shu sen bilan mening oʻrtamizdagi kelishuvdir. Ikki muddatdan qay birini ado qilsam ham bas, menga nohaqlik qilinmaydi. Alloh aytayotgan soʻzimizga vakildir”, – dedi.
Siz qidirgan ع د و masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 106 ta oyat mavjud.
dushman sifatida, haddan oshgan, haddan oshganlarni, va dushmanlik bilan, dushmandir, dushman, dushmanidir, dushmaningizdir, va haddan oshmasdan, haddan oshsa
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Muso unga: “Mana shu sen bilan mening oʻrtamizdagi kelishuvdir. Ikki muddatdan qay birini ado qilsam ham bas, menga nohaqlik qilinmaydi. Alloh aytayotgan soʻzimizga vakildir”, – dedi.
Shayton sizlarga aniq dushmandir, bas, uni dushman tutinglar! U oʻziga ergashgan firqasini doʻzax ahli boʻlishga chaqiradi.
Shayton sizlarga aniq dushmandir, bas, uni dushman tutinglar! U oʻziga ergashgan firqasini doʻzax ahli boʻlishga chaqiradi.
Men sizlarga: “Ey Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmanglar, albatta, u sizlarga aniq dushmandir”, – deb amr qilmaganmidim?!
Allohning dushmanlari doʻzaxga haydalish uchun toʻplanib, keyin ular tizilib qoʻyiladigan kunni eslang.
Bu azob Alloh dushmanlarining jazosi boʻlgan doʻzaxdir. Oyatlarimizni inkor qilganlarining jazosi sifatida ularga u yerda mangulik diyori bordir.
Yaxshilik bilan yomonlik barobar boʻlmaydi. Siz har qanday yomonlikka eng chiroyli muomala bilan javob qaytaring. Shunda birdan siz bilan oʻrtalaringizda adovat boʻlgan kimsa qadrdon doʻstdek boʻlib qoladi.
Shayton sizlarni Allohning dinidan aslo toʻsmasin! Albatta, u sizlarga ochiq dushmandir.
Oʻsha qiyomat kunida taqvodorlardan boshqa doʻstlar bir-birlariga dushmandir.
Qiyomat kuni barcha insonlar hisobot uchun Uning huzuriga jam qilinganda, oʻsha butlar ularga dushman va ularning ibodat qilganlarini ham inkor qiluvchi boʻladilar.
Shuningdek, yaxshilikni man qiluvchi, tajovuzkor va Allohga shak keltiruvchini ham jahannamga tashlanglar.
Ey Muhammad, oʻzaro shivirlashishdan qaytarilganlaridan soʻng yana taqiqlangan narsaga qaytadigan hamda gunoh, adovat va payg‘ambarga itoatsizlik qilish toʻg‘risida oʻzaro maxfiy suhbatlashadigan kimsalarni koʻrmadingizmi?! Qachonki, ular sizning oldingizga kelsalar, Alloh sizga oʻsha soʻz bilan salom bermagan ibora bilan sizga salom beradilar. Yana ular oʻzlaricha: “Aytayotgan soʻzimiz sababli Alloh bizlarni azoblamasa boʻlgani?!” – deydilar. Ularga oʻzlari kirib toblanadigan jahannam bas keladi. U qanday ham yomon joy!
Ey moʻminlar, sizlar oʻzaro maxfiy suhbat qilganingizda gunoh, adovat va payg‘ambarga itoatsizlik qilish toʻg‘risida shivirlashmanglar, balki yaxshilik va taqvo haqida shivirlashinglar hamda sizlar Uning huzuriga toʻplanadigan Zot boʻlgan Allohdan qoʻrqinglar!
Ey iymon keltirganlar, Mening dushmanim va sizlarning dushmaningiz boʻlgan mushriklarni doʻst tutmanglar! Sizlar ularga doʻstlik haqida xabar yuborasizlar, holbuki, ular sizlarga kelgan haq dinni inkor qilganlar. Ular payg‘ambarning va sizlarning Robbingiz boʻlgan Allohga iymon keltirganlaringiz uchun oʻz yurtlaringizdan haydab chiqarmoqdalar. Agar sizlar Mening yoʻlimda jihod qilish va roziligimni istash uchun chiqqan boʻlsangiz ularni doʻst tutmanglar! Sizlar ularga pinhona doʻstlik qilmoqdasizlar. Holbuki, Men sizlar berkitgan va oshkor qilgan narsani yaxshi biluvchiman. Sizlardan kimki shu ishni qilsa, bas, aniqki, u toʻg‘ri yoʻldan ozibdi.

Ey moʻminlar, agar mushriklar sizlardan ustun kelsalar, dushmanlaringiz boʻladilar va sizlarga qoʻl va tillarini yomonlik bilan uzatadilar. Yana ular sizlarni oʻzlariga oʻxshab kofir boʻlishingizni xohlaydilar.
Sizlar uchun Ibrohim va u bilan birga boʻlgan iymonli kimsalarda goʻzal namuna bordir. Oʻshanda ular oʻz qavmlariga: “Bizlar sizlardan va Allohdan boshqaga ibodat qilayotgan narsalaringizdan bezormiz. Bizlar sizlarni inkor qildik. Toki, sizlar yolg‘iz Allohga iymon keltirmaguningizgacha, sizlar bilan bizning oʻrtamizda doimiy adovat va nafrat paydo boʻldi”, – dedilar. Faqat Ibrohimning otasiga: “Albatta, men Allohdan sen uchun mag‘firat soʻrayman, lekin senga Alloh tomonidan boʻladigan biror narsani qaytarishga kuchim yetmaydi”, – degan soʻzi bundan mustasnodir. Ibrohim va u bilan birga boʻlgan iymonli kimsalarning duosi: “Ey Robbimiz, Sengagina tavakkul qildik, Oʻzingga qaytdik va qaytishimiz ham faqat sening huzuringgadir”, – deyish edi.
Ajab emas, balki Alloh sizlar bilan va Makka kofirlari orasidagi sizlar dushmanlashib yurgan kimsalar oʻrtasida ularni iymonga kiritib doʻstlik paydo qilib qoʻyar. Alloh hammasiga qodirdir. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, Allohning yordamchilari boʻlinglar. Xuddi Maryam oʻg‘li Iso havoriylarga: “Alloh yoʻliga daʼvat qilishimda kim mening yordamchilarim boʻladi?” – deganidek. Havoriylar Isoga: “Biz Allohning dini yoʻlida yordam beruvchilarmiz”, – dedilar. Bas, Isroil avlodidan bir toifa Iso payg‘ambarga iymon keltirdi va bir toifa kufr keltirdi. Bas, Biz iymon keltirgan kimsalarni dushmanlariga qarshi qoʻllab-quvvatladik Natijada, ular g‘olib boʻldilar.
Agarda ularni koʻrsangiz, jismlari sizni ajablantiradi, soʻzlaganlarida esa soʻzlariga beixtiyor quloq solasiz. Ular goʻyo devorga suyab qoʻyilgan chirik yog‘ochlarga oʻxshaydilar. Ular har bir qichqiriq ovozni ustilariga tushayotgan balo va ofat deb gumon qiladilar. Ular moʻminlarga dushmandirlar. Bas, ulardan ehtiyot boʻling! Alloh ularni laʼnatlasin! Oʻzi qayoqqa og‘ib ketmoqdalar?!