Oralaridan ozgina insofli boʻlgan bir soʻzlovchi: “Yoʻq, Yusufni oʻldirmanglar, agar shu ishni qilmoqchi boʻlsangiz, uni quduq qaʼriga tashlanglar, shunda uni baʼzi yoʻlovchilar olib ketadi”, – dedi.
Siz qidirgan غ ي ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 60 ta oyat mavjud.
g'aybga, g'ayblarini, ko'rinmas olamning, g'ayb, yashirinni, yashirinda, yashirinlarini, g'aybni, g'aybning, ulardan uzoq
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Oralaridan ozgina insofli boʻlgan bir soʻzlovchi: “Yoʻq, Yusufni oʻldirmanglar, agar shu ishni qilmoqchi boʻlsangiz, uni quduq qaʼriga tashlanglar, shunda uni baʼzi yoʻlovchilar olib ketadi”, – dedi.
Bas, otalarini ishontirib uni olib ketishgach, uni quduqning qaʼriga tashlashga kelishib olishdi hamda Yusufni quduqqa tashlab yubordilar. Shu payt Biz unga: “Vaqti kelganda u akalaringga bu qilgan ishlari toʻg‘risida, albatta, xabar berasan. Lekin ular asl haqiqatni sezmaydilar”, – deb vahiy qildik.
Elchi qaytib kelib, boʻlib oʻtgan gaplarni aytib bergach, Yusuf: “Bu begunohligimni isbotlash talabini hokim yoʻqligida unga xiyonat qilmaganimni va Alloh hech qachon xoinlarning hiylasini oʻnglamasligini podshoh ham bilishi uchun qildim”, – dedi.
Sizlar endi otalaringiz oldiga qaytinglar va: “Ey otamiz, oʻg‘ling Binyamin oʻg‘rilik qildi. Bizlar faqat bilgan narsamizga guvohlik bermoqdamiz. Axir biz g‘aybga taalluqli boʻlgan yashirin ishlarni biluvchi emasmiz”, – deb aytinglar.
Ey Muhammad, bu Biz sizga vahiy qilayotgan g‘ayb xabarlaridandir. Chunki siz Yusufning akalari makr-hiyla qilib oʻzlarining ishlarini tuzayotgan vaqtlarida ularning yonlarida boʻlmagan edingiz.
Alloh maxfiy va oshkora barcha narsani biluvchi buyuk va yuksak Zotdir.
Osmonlar va Yerning g‘ayb ilmi Allohga xosdir. Qiyomat ishi esa koʻzni ochib-yumgandek yoki undan ham yaqinroqdir. Shubhasiz, Alloh barcha narsaga qodirdir.
Hali yahudiy va nasroniylarning ayrimlari oʻsha Ashob ul-Kahfning adadi haqida: “Ular uch kishi edi, toʻrtinchilari itlaridir”, – deydilar. Yana boshqalari: “Ular beshta boʻlib, oltinchilari itlaridir”, – deya taxmin gap aytib, g‘aybga tosh otadilar. Shuningdek, yana: “Ular yettitadirlar, sakkizinchilari itlaridir”, – deyishadi. Ey Muhammad: “Ularning sanog‘ini Robbim eng yaxshi biluvchidir. Ularni juda oz kishi biladi”, – deb ayting. Bas, ular xususida tortishmang, faqat vahiy asosida ochiq munozara qiling. Hamda Ashobi Kahf haqida ularning birortasidan fatvo soʻramang.
Ey Muhammad, ularga: “Ularning qancha muddat g‘orda qolganlarini Alloh eng yaxshi biluvchidir. Osmonlar va Yerning sirlari faqat Unga oiddir. U naqadar mukammal koʻruvchi va eshituvchidir! Oʻsha odamlar uchun Undan oʻzga biror doʻst yoʻqdir. Alloh Oʻz hukmida hech kimni sherik qilmaydi”, – deb ayting.
Ular Rahmonning bandalariga g‘aybdan vaʼda qilgan Adn nomli abadiy qolinadigan jannatlarga kiradilar. Albatta, Uning vaʼdasi oʻz vaqtida keluvchidir.
Nima, u g‘oyibdan xabardor boʻlibdimi yoki Rahmon dargohidan ahd olganmi?!
Ular Robbilaridan g‘oyibona qoʻrqadilar va qiyomat soatidan ham titrab turuvchidirlar.
Alloh pinhona va oshkora barcha narsani biluvchidir. Bas, Alloh ular keltirayotgan shirklaridan oliy va pokdir.
U qushlarni koʻzdan kechirdi va ularning orasida hudhudga koʻzi tushmagach: “Nega men hudhudni koʻrmayapman yoki u beruxsat koʻzdan g‘oyib boʻluvchilardan boʻldimi?” – dedi.
Yana ularga: “Allohdan oʻzga osmonlar va Yerdagi biror kimsa g‘ayb xabarlarini bilmaydi. Shuningdek, ular qachon qayta tirilishlarini ham sezmaydilar”, – deb ayting.
Osmon va Yerdagi har bir sir-asror aniq kitobda yozib qoʻyilgandir.
Ana shu Zot sizlarga koʻringan va koʻrinmaganni biluvchi, oʻta izzatli va oʻta rahmlidir.
Kufr keltirgan kimsalar: “Bizlarga qiyomat kelmaydi”, – dedilar. Ey Muhammad, ularga: “Yoʻq, g‘aybni biluvchi Robbimga qasamki, albatta, u sizlarga keladi. Osmonlar va Yerdagi bir zarra vaznicha, hatto undan ham kichik yoki katta biror narsa Allohdan maxfiy qolmaydi, barchasi aniq kitobda mavjuddir”, – deb ayting.
Bas, qachonki, Biz Sulaymonga oʻlimni hukm qilganimizda, uning oʻlimiga faqat hassasini yeyayotgan yog‘och kemiruvchi qurtgina dalolat qildi. Vaqtiki, Sulaymon joyidan qulab tushgach, jinlarga ayon boʻldiki, agar ular g‘aybni bilganlarida bu xor qiluvchi mehnat azobida qolmagan boʻlar edilar.
Yana ularga: “Albatta, Robbim haqni oʻrtaga tashlaydi. U Zot g‘ayblarni yaxshi biluvchidir” –, deb ayting.