Holbuki, oldin ular dunyo hayotida uni inkor qilgan edilar. Ular uzoqdan turib, g‘aybga tosh otar edilar.
Siz qidirgan غ ي ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 60 ta oyat mavjud.
g'aybga, g'ayblarini, ko'rinmas olamning, g'ayb, yashirinni, yashirinda, yashirinlarini, g'aybni, g'aybning, ulardan uzoq
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Holbuki, oldin ular dunyo hayotida uni inkor qilgan edilar. Ular uzoqdan turib, g‘aybga tosh otar edilar.
Qiyomat kunida hech bir gunoh yukini koʻtaruvchi oʻzga kishining yukini koʻtarmaydi. Agar gunoh yuki og‘ir egasi oʻz yukini koʻtarishga birovni chaqirsa ham, garchi chaqiriluvchi uning qarindoshi boʻlsa-da, u gunohdan biror narsa yuklatilmaydi. Ey Muhammad, siz faqat Robbilaridan g‘oyibona qoʻrqadigan va namozni toʻliq ado etgan zotlarnigina ogohlantira olasiz. Kimki poklansa, u faqat oʻzi uchun poklangan boʻladi. Oxir oqibat qaytish faqat Allohning huzurigadir.
Albatta, Alloh osmonlar va Yerning g‘ayb sirlarini biluvchidir. Shubhasiz, U koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
Siz faqat eslatma boʻlib kelgan Qurʼonga ergashgan va Rahmondan g‘oyibona qoʻrqqan kishilarnigina ogohlantira olasiz. Bas, oʻsha kimsalarga mag‘firat va ulug‘ mukofot borligi haqida xushxabar bering!
Ey Muhammad ularga: “Ey Allohim, ey osmonlar va Yerni yoʻqdan bor qilib yaratuvchisi, ey yashirin va oshkor narsalarni biluvchi Zot, Sen bandalarning orasida ular ixtilof qilib yurgan narsalar xususida hukm qilasan”, – deb ayting.
Ey iymon keltirganlar, koʻp gumonlardan chetda boʻlinglar, chunki baʼzi gumonlar gunohdir! Oʻzgalarning aybini izlab josuslik qilmanglar va biringiz biringizni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi oʻlgan birodarining goʻshtini yeyishni yaxshi koʻradimi?! Uni yomon koʻrasiz-ku, shundaymi?! Allohdan qoʻrqinglar! Shubhasiz, Alloh tavbalarni koʻplab qabul qiluvchi – Tavvob va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Albatta, Alloh osmonlar va Yerdagi g‘ayb sirlarini biladi. Alloh barcha qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchidir.
Shuningdek, bular Rahmondan g‘oyibona qoʻrqqan va tavba qiluvchi qalb bilan kelgan kishilar uchun hamdir.
Yoki ularning huzurlarida g‘ayb ilmi boʻlib, ular undan koʻchirib yozib olayotgandirlar?!
Uning huzurida g‘ayb ilmi bormidiki, u kelajakni koʻra olsa?!
Biz payg‘ambarlarimizni dalillar bilan yubordik va ular bilan birga kitob hamda odamlar adolatda turishlari uchun mezon tushirdik. Yana, Biz temirni tushirdik unda katta kuch va odamlar uchun koʻplab manfaatlar bordir. Alloh Oʻziga va payg‘ambarlariga Alloh yoʻlida jihod qilish bilan g‘oyibona yordam beradigan kishilarni bilish uchun ham temirni yaratdi. Albatta, Alloh hammadan kuchli boʻlgan – Qoviy va izzati ulug‘ – Aziz Zotdir.
U – Alloh, shunday Zotdirki, Undan oʻzga iloh yoʻqdir. U yashirin va oshkora narsalarni biluvchidir. U mehribon va rahmlidir.
Ey Rasulim ularga: “Sizlar qochayotgan oʻlim, albatta, sizlarga yoʻliquvchidir! Soʻngra sizlar yashirin va oshkora narsalarni biluvchi Allohga qaytarilasizlar. Bas, U Zot qiyomatda sizlarga qilib oʻtgan amallaringizning xabarini beradi”, – deb ayting.
Alloh maxfiy va oshkora ishlarni biluvchi, qudrat va hikmat sohibidir.
Robbilaridan g‘oyibona qoʻrqadigan kimsalar uchun mag‘firat va katta mukofot bordir.
Yoki ularni oldilarida g‘ayb ilmi bor-u, ular aytayotgan soʻzlarini undan yozib olyaptilarmi?!
Alloh g‘aybni biluvchidir. Bas, biror kimsani Oʻz g‘aybidan xabardor qilmaydi.
Alloh g‘aybni biluvchidir. Bas, biror kimsani Oʻz g‘aybidan xabardor qilmaydi.
U payg‘ambar g‘aybga baxil emasdir.
Undan g‘oyib boʻluvchi emaslar.