Bular Alloh har bir jonga qilgan kasbiga munosib jazo berishi uchundir. Albatta, Alloh tez hisob-kitob qiluvchidir.
Siz qidirgan ك س ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 67 ta oyat mavjud.
topganlaridan, topadi, ularning topganlari, sizning topganlaringiz, topganlari, topganidan, topganlaringiz, topgan bo'lsa, topgani, qilgani
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Bular Alloh har bir jonga qilgan kasbiga munosib jazo berishi uchundir. Albatta, Alloh tez hisob-kitob qiluvchidir.
Kasb qilgan narsalari ularga hech qanday foyda bermadi.
Robbingiz mag‘firatli va rahmat egasidir. Agar ularni qilgan gunohlari sababli halokatlar bilan tutganida edi, ularga azobni tezlashtirgan boʻlar edi. Yoʻq, ular uchun vaʼda qilingan qiyomat vaqti bor va u, albatta, keladi. Undan oʻzga biror panoh aslo topa olmaydilar.
Albatta, bu tuhmatni vujudga keltirgan kimsalar orangizdan boʻlgan bir toʻdadir. Bu tuhmatni oʻzingiz uchun yomonlik deb oʻylamanglar, balki u sizlar uchun yaxshidir. Ulardan har bir kishi uchun oʻzi orttirgan gunohning jazosi bordir. Ularning orasidan gunohning kattasini koʻtargan kimsa uchun esa katta azob bordir.
Odamlarning oʻz qoʻllari bilan qilgan yomon ishlari tufayli quruqlik va dengizda har xil buzg‘unchiliklar oʻrtaga chiqdi. Bu ularning oʻz qilmishlaridan tavba qilib qaytishlari uchun qilgan baʼzi yomon ishlarining jazosini ularga tottirish uchundir.
Shak-shubhasiz, Allohning huzuridagina qiyomatning qachon boʻlishi toʻg‘risida maʼlumot bordir. U xoxlagan vaqtda va xoxlagan joyga yomg‘ir yog‘diradi va, faqat U bachadonlardagi narsani oʻg‘ilmi-qizmi, budmi nobudmi, baxtlimi-baxtsizmi ekanini biladi. Biror jon egasi ertaga nima ish qilishini bilmaydi. Biror jon qaerda va qachon oʻlishini bilmaydi. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Moʻmin va moʻminalarga, ular biror narsa qilmasalar ham ozor beradigan kimsalar, albatta, oʻz ustilariga ochiq boʻhton va gunohni olgan boʻladilar.
Agar Alloh odamlarni ular qilgan gunohlari bilan jazolasa edi, Yer ustida biror jonivorni tirik qoʻymagan boʻlar edi. Lekin Alloh ularni jazolashni belgilangan qiyomat kunidagi muddatgacha kechiktiradi. Bas, belgilangan muddatlari kelgach esa ularning har biriga qilib oʻtgan yaxshi yoki yomon amallarining mukofot va jazosini beradi. Shubhasiz, Alloh bandalarini koʻrib turuvchi Zotdir.
Biz bu kunda gapirmasliklari uchun ularning og‘izlarini muhrlab qoʻyamiz. Bizga ularning qilib oʻtgan ishlari haqida qoʻllari soʻzlab, oyoqlari guvohlik beradi.
Axir, qiyomat kunida yomon azobdan oʻz yuzi bilan saqlanadigan kimsa moʻmin bilan teng boʻlarmidi?! U kunda zolimlarga: “Oʻzlaringiz kasb qilib olgan narsaning oqibatini tatib koʻringlar!” – deyiladi.
Ularga oʻzlari kasb qilgan yomonliklari oshkor boʻldi va ularni dunyoda masxara qilib oʻtgan narsa oʻrab oldi.
U gapni ulardan oldingilar ham aytgan edilar. Bas, qilgan kasblari oʻzlariga foyda bermadi.
Bas, ularga qilgan kasblarining yomonliklari musibat boʻldi. Ana u Makka mushriklaridan boʻlgan zolimlarga ham yaqinda qilgan yomonliklari musibat boʻladi. Ular azobdan qochib qutuluvchi emaslar.
Bas, ularga qilgan kasblarining yomonliklari musibat boʻldi. Ana u Makka mushriklaridan boʻlgan zolimlarga ham yaqinda qilgan yomonliklari musibat boʻladi. Ular azobdan qochib qutuluvchi emaslar.
Bu kunda har bir jon oʻzi qilgan ishiga yarasha jazolanadi. Bu kunda hech kimga zulm qilish yoʻq. Albatta, Alloh tez hisob qiluvchi Zotdir.
Axir, ular yer yuzida sayr qilib, oʻzlaridan avval oʻtgan iymonsiz kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganiga nazar solmaydilarmi?! Ular Makka mushriklaridan koʻra kuchliroq va yer yuzida qoldirgan asarlari koʻproq boʻlgan edilar. Biroq qilgan kasbu korlari oʻzlariga foyda bermadi.
Samud qavmini esa, toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilgan edik. Ular hidoyat oʻrniga haqiqatni bilishdan koʻr boʻlishni afzal bildilar Bas, qilgan yomon ishlari tufayli ularni xor qiluvchi azob chaqmog‘i urdi.
Qiyomatda zolimlarni qilgan yomon ishlaridan qoʻrqib turgan hollarida koʻrasiz. Bu jazo baribir ularga tushuvchidir. Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar esa jannat bog‘larida boʻlib, ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Mana shuning oʻzi katta fazldir.
Ey insonlar, sizlarga nimaiki musibat yetsa, bas, u oʻz qoʻllaringiz qilgan gunoh ishlaringiz sabablidir. Shunda ham Alloh koʻp gunohlarni afv qilib turadi.
Yoki odamlarning qilgan gunoh ishlari sababli u kemalarni halok qiladi shunda ham Alloh koʻp gunohlarni afv qilib turadi.