Bas, Muso Robbisiga: “Ular jinoyatchi qavmlardir”, – deb duo qildi.
Siz qidirgan د ع و masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 212 ta oyat mavjud.
va chaqiring, duo qil, chaqirmay, duosiga, duo qiluvchining, menga duo qilgani, chaqiryaptilar, chaqiryapti, ularni (o'ziga) chaqir, chaqirilganlari
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Bas, Muso Robbisiga: “Ular jinoyatchi qavmlardir”, – deb duo qildi.
Ular u joyda xotirjam boʻlgan hollarida har turli mevani huzurlariga chaqiradilar.
Qiyomat kuni barcha ummatni qoʻrquv va iztirobdan tiz choʻkkan holda koʻrasiz. Har bir ummat oʻz nomai aʼmolini koʻrishga chaqiriladi, Bugun qilib oʻtgan amallaringizga koʻra jazolanasizlar.
Ey Muhammad, mushriklarga: “Sizlar Allohni qoʻyib iltijo qilayotgan butlaringiz haqida xabar berib menga koʻrsatinglar-chi, ular yerdan nimani yaratganlar?! Yoki ular uchun osmonlarni yaratishda sheriklik bormi?! Agar rostgoʻy boʻlsangizlar, menga ushbu Qurʼondan oldin nozil qilingan biror kitobni yoki biror ilmiy asarni keltiringlar-chi!” – deb ayting.
Allohni qoʻyib, qiyomat kunigacha ham chaqiriqqa javob qila olmaydiganlarga iltijo qiladigan kimsadan ham adashganroq kim bor?! Holbuki, u jonsiz butlar oʻsha mushriklarning duolaridan bexabardirlar.
Allohni qoʻyib, qiyomat kunigacha ham chaqiriqqa javob qila olmaydiganlarga iltijo qiladigan kimsadan ham adashganroq kim bor?! Holbuki, u jonsiz butlar oʻsha mushriklarning duolaridan bexabardirlar.
Ey qavmimiz, Allohning daʼvatchisi Muhammadga javob beringlar. va unga iymon keltiringlar, shunda Alloh gunohlaringizni mag‘firat qiladi va sizlarni alamli azobdan saqlaydi.
Kim Allohning daʼvatchisini qabul qilmasa, bas, u yer yuzida biron joyga qochib qutuluvchi emasdir va uning uchun Allohdan boshqa doʻstlar ham yoʻqdir. Ana oʻshalar aniq zalolatdadirlar.
Bas, ey moʻminlar, jang maydonida sustkashlik qilmanglar va oʻzingiz ustun boʻla turib ularni sulhga chorlamanglar. Alloh sizlar bilan birgadir va U qilgan amallaringiz mukofotini aslo kamaytirmaydi.
Ey siz odamlar! Sizlar Alloh yoʻlida ehson qilishga chaqirilmoqdasiz. Bas, aniqki orangizda baxillik qiladigan kimsalar ham bordir. Kimki baxillik qilsa, bas, faqat oʻz zarariga baxillik qiladi. Alloh boy, sizlar esa faqirdirsizlar. Agar sizlar Allohga itoat qilishdan bosh tortsangiz, U xohlasa oʻrningizga sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qoʻyadi. Keyin ular sizlarga oʻxshagan itoatsiz boʻlmaydilar.
Ey Rasulim, aʼrobiylardan jangga chiqmay qolgan munofiq kimsalarga: “Yaqinda sizlar katta kuch egalari boʻlmish bir qavm bilan jang qilishga chaqirilasizlar. Oʻshanda ular bilan urushasizlar yoki ular jangsiz Islomga kiradilar. Bas, agar oʻshanda Payg‘ambarga itoat qilsangizlar, Alloh sizlarga goʻzal mukofot ato qiladi. Agar ilgari yuz oʻgirib ketganlaringizdek yuz oʻgirib ketsangizlar, Alloh sizlarni alamli azob bilan azoblaydi.
Darhaqiqat, bizlar ilgari dunyoda ekanimizda Unga duo qilar edik. Albatta, U yaxshiliklarni ato qiluvchi – Barr va marhamati cheksiz boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey Muhammad, endi siz ulardan yuz oʻgiring! Chaqiruvchi farishta notanish bir narsaga chaqiradigan kunda…
Ey Muhammad, endi siz ulardan yuz oʻgiring! Chaqiruvchi farishta notanish bir narsaga chaqiradigan kunda…
Kofirlar chaqiruvchi tomoniga qarab boʻyinlarini choʻzib, shoshganlaricha borar ekanlar,: “Bu og‘ir kundir”, – deydilar.
Shunda Nuh Robbisiga: “Men mag‘lubdirman, yordam qilgin!” – deb duo qildi.
Agar sizlar iymon keltiruvchi boʻlsangiz – holbuki, payg‘ambar sizlarni Robbingizga iymon keltirishga chaqirib turibdi, ahdu paymoningizni olgach, nima uchun sizlar Allohga iymon keltirmayapsizlar?!
Oʻzi Islomga daʼvat qilinayotganda uni qabul qilish oʻrniga Alloh shaʼniga yolg‘on toʻqigan kimsadan ham zolim kimsa bormi?! Alloh zolimlar qavmini hidoyat qilmaydi.
Bas, qachonki, ular qiyomat azobini yaqindan koʻrganlarida, kofirlarning yuzlari qora boʻladi va ularga: “Mana shu sizlar soʻragan narsa”, – deyiladi.
Boldirlar ochilib ishlar qiyinlashadigan va sajda qilishga chaqirilganda, lekin sajdaga kuchlari yetmay qoladigan kunni eslang!