Ana u qavmimiz esa Undan boshqalarni iloh qilib oldilar. Qani, u butlarga iloh ekani haqida biror aniq hujjat keltira olarmikinlar?! Bas, Alloh shaʼniga yolg‘on uydirgan odamdan ham zolimroq kim bor?!
Siz qidirgan س ل ط masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 39 ta oyat mavjud.
hech bir kuch, ularni yuborardi, bir hokimiyat, bir dalil, hech bir dalil, dalil, dalilingiz, va bir hujjat bilan, bir kuch(im), bir kuchning
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ana u qavmimiz esa Undan boshqalarni iloh qilib oldilar. Qani, u butlarga iloh ekani haqida biror aniq hujjat keltira olarmikinlar?! Bas, Alloh shaʼniga yolg‘on uydirgan odamdan ham zolimroq kim bor?!
Ular Allohni qoʻyib, unga biror hujjat tushirmagan va oʻzlarida u haqida maʼlumot boʻlmagan narsalarga ibodat qiladilar. Zolimlar uchun hech bir yordamchi yoʻqdir.
Keyin Biz Muso va uning birodari Horunni moʻʼjizalarimiz va aniq dalil bilan payg‘ambar qilib yubordik.
Albatta, uni qattiq azob bilan azoblayman yo soʻyib yuboraman yoki menga uzrini bayon qilib aniq hujjat keltirsin.
Alloh Musoga: “Biz birodaring bilan bilagingni quvvatlaymiz va ikkingizga saltanat ato qilamiz. Bas, ular moʻʼjizalarimiz sababli sizlarga biror ziyon yetkaza olmaydilar. Sizlar ham, sizlarga ergashganlar ham, albatta, g‘olib boʻluvchidirlar”, – dedi.
Yoki Biz osmondan ularning Allohga shirk keltirishlarini toʻg‘ri deb soʻzlaydigan biror dalil nozil qildikmi?!
Holbuki, iblisning ular ustidan hech qanday bir hukmronligi yoʻq edi. Faqat oxiratga iymon keltiradigan kishilarni undan shubhada boʻlgan kimsalardan ajratib, bilib olishimiz uchun shunday qildik. Robbingiz barcha narsani kuzatib turuvchidir.
Axir bizlar uchun sizlarning ustingizdan dunyoda hukmronlik yoʻq edi-ku! Yoʻq, sizlar oʻzlaringiz tug‘yonga ketgan qavm edingiz.
Yoki sizlar uchun Allohning farzandi bor ekani haqida biror aniq hujjat bormi?!
Biz Musoni, moʻʼjizalarimiz va ochiq-oydin hujjat bilan yubordik.
Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan biror dalilsiz tortishadigan kimsalar Alloh nazdida ham, iymon keltirgan zotlar nazdida ham qattiq nafratga qoladilar. Alloh har bir mutakabbir va zoʻravonning qalbini mana shunday muhrlab qoʻyadi.
Albatta, Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan biror hujjatsiz tortishadigan kimsalarning koʻngillarida kibr bor. Ular oʻzlari orzu qilgan bu kibrlariga yetishuvchi emaslar. Bas, siz Allohdan panoh soʻrang. Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Allohga kibr qilmanglar. Men sizlarga payg‘ambar ekanligimga doir aniq hujjat keltiraman.
Muso qissasida ham ibrat bor. Oʻshanda, Biz uni aniq hujjat bilan firʼavnning yoniga yuborgan edik.
Balki, ularda ustiga chiqib, farishtalarning soʻzlarini eshitib oladigan narvon bordir?! U holda ularning eshitib oluvchisi Allohning amridan aniq hujjat keltirsin!
U nomlar faqat sizlar oʻzingiz va ota-bobolaringiz qoʻyib olgan nomlardir. Alloh ularning maʼbudaligi haqida biror hujjat tushirmagan. U mushriklarga Robbilari tomonidan hidoyat boʻlgan Qurʼon kelib turgan holda ular faqat gumonga va havoyi nafslarigagina ergashmoqdalar.
Ey jin va ins jamoasi! Agar sizlar Allohning jazosidan qochib osmonlar va Yer chegaralaridan oʻtib ketishga qodir boʻlsangizlar, oʻtib ketaveringizlar! Sizlar kuch-qudratsiz aslo oʻtib keta olmaysizlar!
Alloh Oʻz Payg‘ambariga ulardan oʻlja qilib bergan narsalar ustiga sizlar qiynalib ot va tuyalarni choptirib borganingiz yoʻq. Lekin Alloh Oʻz payg‘ambarlarini Oʻzi xohlagan kimsalar ustidan hukmron qilib qoʻydi. Alloh har narsaga qodir Zotdir.
Saltanatim ham halok boʻlib ketdi.