Yusufning akalari: “Uning jazosi bizning qoidamizga koʻra, oʻg‘irlangan narsa kimning yuki orasidan topilsa, bas, uning oʻziga jazo berib garovga olinadi. Bizlar zulm qiluvchi kimsalarni yurtimizda mana shunday jazolaymiz”, – dedilar.
Siz qidirgan ج ز ي masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 118 ta oyat mavjud.
jazalanmaydi, jazosi, jazosini torqmaydi, ularning jazosi, ularning mukofoti, va mukoforlaydi, va mukofotlaymiz, uning jazosi, jazolanadi, bir jazo sifatida
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Yusufning akalari: “Uning jazosi bizning qoidamizga koʻra, oʻg‘irlangan narsa kimning yuki orasidan topilsa, bas, uning oʻziga jazo berib garovga olinadi. Bizlar zulm qiluvchi kimsalarni yurtimizda mana shunday jazolaymiz”, – dedilar.
Yusufning akalari: “Uning jazosi bizning qoidamizga koʻra, oʻg‘irlangan narsa kimning yuki orasidan topilsa, bas, uning oʻziga jazo berib garovga olinadi. Bizlar zulm qiluvchi kimsalarni yurtimizda mana shunday jazolaymiz”, – dedilar.
Yusufning akalari: “Uning jazosi bizning qoidamizga koʻra, oʻg‘irlangan narsa kimning yuki orasidan topilsa, bas, uning oʻziga jazo berib garovga olinadi. Bizlar zulm qiluvchi kimsalarni yurtimizda mana shunday jazolaymiz”, – dedilar.
Ular otalaridan bu soʻzlarni eshitgach, yegulikka almashtirish uchun bor bisotlarini yig‘ishtirib, yana Misr tomonga joʻnab ketishdi. Qachonki Misrga yetib kelib Yusufning huzuriga kirishgach: “Ey aziz inson, bizni va ahli oilalarimizni qiyinchilik tutdi. Bizlar bu safar yoningga arzimas mollar bilan keldik. Bas, bizlarga toʻliq oʻlchovda oziq-ovqat bergin va bizlarga xayr-sadaqa qilgin. Alloh, shak-shubhasiz, sen kabi sadaqa qiluvchi zotlarni mukofotlaydi”, – dedilar.
Bular Alloh har bir jonga qilgan kasbiga munosib jazo berishi uchundir. Albatta, Alloh tez hisob-kitob qiluvchidir.
Ular ostidan anhorlar oqib turadigan mangu Adn jannatlariga kiradilar. Ular uchun u yerda xohlagan narsalari bordir. Alloh taqvo qilganlarni ana shunday mukofotlaydi.
Sizlarning oldingizdagi narsalar tugab ketadi. Biroq Alloh huzuridagi narsalar esa boqiy qoluvchidir. Biz, albatta, musibatlarga sabr qilganlarga dunyoda qilib oʻtgan amallarining ajrlarini eng goʻzali bilan mukofotlarmiz.
Xoh erkak boʻlsin, xoh ayol boʻlsin, kimda-kim moʻmin boʻlgan holda biror solih amal qilsa, bas, Biz unga chiroyli hayot beramiz. Hamda ularga dunyoda qilib oʻtgan amallarining ajrlarini eng goʻzali bilan mukofotlarmiz.
Alloh unga: “Boraver, senga qiyomatgacha umr berdim. Bas, ulardan kimki senga ergashsa, u holda, shubhasiz, jahannam toʻliq jazongiz boʻladi”, – dedi.
Alloh unga: “Boraver, senga qiyomatgacha umr berdim. Bas, ulardan kimki senga ergashsa, u holda, shubhasiz, jahannam toʻliq jazongiz boʻladi”, – dedi.
Bu koʻrgiliklar Bizning oyatlarimizga kufr keltirganlar hamda: “Chirigan suyak va titilgan tuproqqa aylangan vaqtimizda, yangitdan yaralib, qayta tiriluvchimizmi?!” – deganlarning jazosidir.
Ammo kim iymon keltirib, solih amal qilsa, bas, unga goʻzal mukofot bordir. Biz ham unga ishimizdan osonlarini buyuramiz.
Kufr keltirganlari hamda oyatlarimni va payg‘ambarlarimni masxara qilganlari sababli, ularning jazolari oʻsha jahannamdir!
Albatta, qiyomat soati keluvchidir. Lekin har bir jon qilgan harakatiga yarasha jazo olishi uchun uni maxfiy tutaman.
Ularga ostidan anhorlar oqadigan, u yerda doimiy qoladigan Adn nomli mangulik jannatlari boʻladi. Bu shirk va kufrdan pok boʻlgan kishilarning mukofotidir.
Haddidan oshgan va Robbisining oyatlariga iymon keltirmaganlarni mana shunday jazolaymiz. Oxirat azobi esa, shubhasiz, qattiqroq va uzunroqdir.
Ulardan biron kimsa: “Men ham Allohdan oʻzga bir ilohman”,– deb aytsa, bas, uni jahannam bilan jazolaymiz. Biz zolimlarni ana shunday jazolaymiz.
Ulardan biron kimsa: “Men ham Allohdan oʻzga bir ilohman”,– deb aytsa, bas, uni jahannam bilan jazolaymiz. Biz zolimlarni ana shunday jazolaymiz.
Men esa bugun ularni sabr qilganlari uchun mukofotladim. Albatta, ular ulkan yutuqqa erishganlardir.
Alloh qilgan amallarining ularga eng goʻzali bilan mukofotlashi va fazlu karamidan savobni orttirib berishi uchun ibodat qiladilar. Alloh Oʻzi xohlagan kishilarga behisob rizq beradi.