Ey Muhammad, ularga: “Qani, mana shu doʻzax yaxshimi yoki taqvodorlarga mukofot va qaytish joyi boʻlib, ularga vaʼda qilingan abadiylik jannatimi?!” deb ayting.
Siz qidirgan ج ز ي masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 118 ta oyat mavjud.
jazalanmaydi, jazosi, jazosini torqmaydi, ularning jazosi, ularning mukofoti, va mukoforlaydi, va mukofotlaymiz, uning jazosi, jazolanadi, bir jazo sifatida
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Muhammad, ularga: “Qani, mana shu doʻzax yaxshimi yoki taqvodorlarga mukofot va qaytish joyi boʻlib, ularga vaʼda qilingan abadiylik jannatimi?!” deb ayting.
Ana oʻshalar ozorlarga sabr qilganlari uchun jannatdagi baland qasrlar bilan mukofotlanadilar va u yerda farishtalar tomonidan salom va tabrik bilan kutib olinadilar.
Bordi-yu kimki yomonlik bilan kelsa, bas, yuztuban hollarida doʻzaxga tashlanadilar. Sizlarga faqat qilib oʻtgan amallaringizning jazosi beriladi.
Qachonki, u voyaga yetib, kamol topganida, unga hikmat va bilim berdik. Biz yaxshi ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.
Keyin, qizlardan biri hayo bilan yurib kelib: “Otam bizlarga qoʻylarimizni sug‘orib berganing haqini berish uchun seni chaqirmoqda”, – dedi. Soʻngra, Muso Shuʼayb payg‘ambarning huzuriga kelib, unga oʻz qissasini, soʻzlab berdi. Shuʼayb Musoga “Endi, qoʻrqma, sen zolimlar qavmidan qutulding”, – dedi.
Kim Uning huzuriga yaxshilik bilan kelsa, bas, unga undan yaxshiroq mukofot beriladi. Kim bir yomonlik bilan kelsa, yomonlik qilganlar faqat qilganlariga yarasha jazo oladilar.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarning oldin qilgan gunohlarini, albatta, oʻchiramiz va ularni dunyoda qilib oʻtgan amallarining eng yaxshisi bilan mukofotlaymiz.
Bu ajrlar Allohga iymon keltirib, solih amallarni qilganlarni Oʻz fazlidan mukofatlashi uchundir. Shubhasiz, U kofirlarni sevmaydi.
Ey insonlar, Robbingizga taqvo qiling va yana shunday bir kundan qoʻrqingizki, u kunda biror ota oʻz bolasi tomonidan hech narsani oʻtab bera olmaydi va bola ham otasi tomonidan biror narsani oʻtab beruvchi emasdir. Albatta, Allohning qiyomat haqidagi vaʼdasi haqdir. Bas, sizlarni oʻtkinchi dunyo hayoti aslo aldab qoʻymasin va sizlarni oʻta aldoqchi shayton, har qanday gunohni Alloh kechaveradi, degan aldov bilan aldab qoʻymasin.

Bas, hech kim ular uchun qilib oʻtgan amallarining mukofoti uchun berkitib qoʻyilgan oxirat neʼmatlaridagi koʻz quvonchlarini bilmaydi.
Alloh ahdiga sodiq kishilarning sadoqatlari tufayli mukofotlashi uchun, munofiqlarni esa, agar xohlasa, munofiq hollarida oʻldirib azobga giriftor qilishi yoki tavbalarini qabul qilishi uchun ushbu sinovga duchor qildi. Albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Alloh iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni jannat bilan mukofatlashi uchun ham qiyomat qoim boʻladi. Ana oʻshalar uchun Allohdan mag‘firat va farovon rizq bordir.
Kufr ketirganlari sababli ularni mana shu falokat bilan jazoladik. Biz faqat kofir kimsagagina mana shunday jazo beramiz.
Kufr ketirganlari sababli ularni mana shu falokat bilan jazoladik. Biz faqat kofir kimsagagina mana shunday jazo beramiz.
Zaif sanalganlar mutakabbir kimsalarga: “Yoʻq, kecha-yu kunduz bizga qilgan makrlaringizchi?! Oʻshanda sizlar bizlarni Allohga kufr keltirishga va Unga teng sheriklar qilishga buyurar edingiz”, – deydilar. Ular azobni koʻzlari bilan koʻrgan vaqtlarida nadomatni ichlarida tutadilar. Biz kufr keltirgan kimsalarning boʻyinlariga kishanlar solamiz. Ular faqat dunyoda qilib oʻtgan amallariga yarasha jazolanadilar.
Na mol-dunyolaringiz va na farzandlaringiz sizlarni Bizning dargohimizga yaqin qila olmaydi. Lekin kim iymon keltirgan va solih amal qilgan boʻlsa, ana oʻshalargagina qilgan amallari tufayli koʻpaytirilgan mukofot bordir. Ular jannatdagi koʻshklarda omonlikda boʻladilar.
Kufr keltirgan kimsalarga esa jahannam otashi bordir. Ularga yana bir bor oʻlishlari uchun hukm qilinmaydiki oʻlsalar. Shu bilan birga, ulardan doʻzax azobi ham yengillatilmaydi. Biz har bir kofirni mana shunday jazolaymiz.
Mana bugun hech bir jonga zulm qilinmaydi va sizlar faqat qilib oʻtgan amallaringizga yarasha jazolanasizlar.
Sizlar faqat qilib oʻtgan gunohlaringiz sababli jazolanasizlar.