Biz yaxshi amal qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!
Siz qidirgan ج ز ي masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 118 ta oyat mavjud.
jazalanmaydi, jazosi, jazosini torqmaydi, ularning jazosi, ularning mukofoti, va mukoforlaydi, va mukofotlaymiz, uning jazosi, jazolanadi, bir jazo sifatida
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Biz yaxshi amal qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!
Darhaqiqat, sen tushni tasdiqlading. Albatta, Biz yaxshi ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.
Biz yaxshi ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!
Biz yaxshi ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!
Biz yaxshi amal qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!
Ular uchun Robbilari huzuridagi jannatda xohlagan narsalari bordir. Bu yaxshi amal qiluvchilarning mukofotidir.
Zero, Alloh ularning qilgan eng yomon amallarini oʻchirib, dunyoda qilgan eng chiroyli amallarining ajri bilan ularni mukofotlaydi.
Bu kunda har bir jon oʻzi qilgan ishiga yarasha jazolanadi. Bu kunda hech kimga zulm qilish yoʻq. Albatta, Alloh tez hisob qiluvchi Zotdir.
Kimki biror yomonlik qilsa, unga oxiratda oʻsha yomonligi barobaricha jazo beriladi. Erkakdir, ayoldir kimki moʻmin boʻlgan holida biror yaxshilik qilsa, aynan oʻshalar jannatga kiradilar. U joyda ularga behisob rizq beriladi.
Bas, albatta, kufr keltirgan kimsalarga qattiq azobni tottiramiz va qilib oʻtgan gunoh ishlari uchun ularni eng yomon jazo bilan jazolaymiz.
Bu azob Alloh dushmanlarining jazosi boʻlgan doʻzaxdir. Oyatlarimizni inkor qilganlarining jazosi sifatida ularga u yerda mangulik diyori bordir.
Bu azob Alloh dushmanlarining jazosi boʻlgan doʻzaxdir. Oyatlarimizni inkor qilganlarining jazosi sifatida ularga u yerda mangulik diyori bordir.
Har qanday yomonlikning jazosi xuddi oʻziga oʻxshash yomonlikdek boʻladi. Bas, kimki intiqom olishga kuchi yetsa ham afv qilib oʻrtani tuzatsa, bas, uning mukofoti Allohning zimmasidadir. Albatta, U zolimlarni sevmaydi.
Ey Muhammad, iymon keltirgan kimsalarga: “Allohning kunlaridan umidvor boʻlmaydiganlarni kechirib yuboraversinlar”, – deb ayting. Toki Alloh kechirimli qavmni qilgan ishlari sababidan mukofotlasin.
Alloh osmonlar va Yerni haq hikmat bilan, har bir jon qilgan kasbiga yarasha, zulm qilinmagan holida jazo yoki mukofot olishi uchun yaratgan.
Qiyomat kuni barcha ummatni qoʻrquv va iztirobdan tiz choʻkkan holda koʻrasiz. Har bir ummat oʻz nomai aʼmolini koʻrishga chaqiriladi, Bugun qilib oʻtgan amallaringizga koʻra jazolanasizlar.
Aynan oʻshalar jannat ahli boʻlib, u joyda mangu qoladilar. Bu ular qilib oʻtgan amallarining mukofotidir.
Kufr keltirgan kimsalar doʻzaxga koʻndalang qilinadigan kunda ularga: “Sizlar dunyo hayotingizdayoq mazangizni qilib, huzurlanib boʻlgansiz. Bugun Yer yuzida nohaq takabburlik va fosiqlik qilganingiz uchun xorlik azobi bilan jazolanasizlar”, – deyiladi.
U Robbisining amri bilan barcha narsani yer bilan yakson qiladi. Bas, boʻron kelib, tong otganida ularning faqat xaroba maskanlarigina koʻrinib turar edi. Biz jinoyatchi qavmlarni mana shunday jazolaymiz.
Unga kirib, kuyinglar. Endi uning azobiga xoh sabr qilinglar, xoh sabr qilmanglar, sizlarga barobardir. Sizlar faqat oʻzingiz qilib oʻtgan qilmishlaringizning jazosini olmoqdasiz, xolos.