Ey Muhammad, u mushriklarni barcha ish bitirilgan hasrat kuni boʻlmish qiyomatdan ogohlantiring. Ular bugun g‘aflatdadirlar, shuning uchun ular iymon keltirmaydilar.
Siz qidirgan أ م ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 248 ta oyat mavjud.
buyurgani, buyurmoqdamisizlar, sizga buyurmoqda, sizga buyurilgan, amrini, bir ishga (narsaga), U sizga buyuradi, ishning, barcha ishlar, sizga buyurgani
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Muhammad, u mushriklarni barcha ish bitirilgan hasrat kuni boʻlmish qiyomatdan ogohlantiring. Ular bugun g‘aflatdadirlar, shuning uchun ular iymon keltirmaydilar.
U oʻz ahlini namoz va roʻzaga buyurar edi. U Robbisi nazdida rozi boʻlingan kishi edi.
Jabroil: “Biz farishtalar faqat Robbingizning amri bilan tushamiz. Oldimizdagi oxirat ham, ortimizdagi dunyo ham, ikkisi oʻrtasidagi barcha ishlar ham, faqat Uning izmidadir. Robbingiz unutuvchi boʻlmagan”, – deydi.
Hamda ishimni oson qilgin.
Hamda uni payg‘ambarlik ishimda sherik qilgin.
Bas, sehrgarlar qiladigan ishlarini talashib-tortishib, asta shivirlasha boshladilar.
Holbuki, Horun buzoqqa sig‘inishlaridan oldin ularga: “Ey qavmim, sizlar bu bilan imtihon qilindingiz. Robbingiz, shubhasiz, yagona Rahmondir. Bas, menga ergashinglar va amrimga itoat qilinglar!” – degan edi.
Yoki nega mening orqamdan izlab bormading? Amrimga itoatsizlik qildingmi?!.
Ahlingizni namoz oʻqishga buyuring va oʻzingiz ham unga bardoshli boʻling. Biz sizdan rizq soʻramaymiz, aksincha, Biz sizga rizq beramiz. Chiroyli oqibat esa taqvo ahli uchundir.
Farishtalar Undan oldin biror soʻz aytmaydilar. Ular Allohning amri bilan ish qiladilar.
Yana ularni Bizning amrimiz bilan odamlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlaydigan rahnamolar qildik. Shuningdek, ularga yaxshi amallar qilishni, namozni toʻliq ado etishni va zakot berishni vahiy qildik. Ular, faqat Bizgagina ibodat qiluvchi boʻldilar.
Sulaymonga esa shiddatli shamolni boʻysundirdik. Uning buyrug‘i bilan shamolni Biz ichini muborak qilgan Shom diyoriga esadigan qilib qoʻydik. Biz boʻlayotgan barcha narsalarni biluvchi edik.
Odamlar esa ishlarini oralarida boʻlib yubordilar. Qiyomat kuni barchalari Bizning huzurimizga qaytuvchidirlar.
Ularga yer yuzida imkon bersak, namozni toʻliq ado qiladilar, haqdorlarga zakotni beradilar, odamlarni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradilar. Barcha ishlarning oqibati Allohga oiddir.
Ularga yer yuzida imkon bersak, namozni toʻliq ado qiladilar, haqdorlarga zakotni beradilar, odamlarni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradilar. Barcha ishlarning oqibati Allohga oiddir.
Alloh sizlarga yerdagi narsalarni va dengizda Uning amri bilan suzib ketayotgan kemalarni boʻysundirib qoʻyganini hamda osmonni Uning iznisiz yerga qulab tushishdan tutib turishini koʻrmadingizmi?! Shubhasiz, Alloh odamlarga shafqatli – Raʼuf va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Biz har bir ummatga oʻziga xos shariat qilib ibodat shaklini qildik va ular unga amal qiluvchidirlar. Bas, ey Rasulim, ular siz bilan bu ishda aslo tortishmasinlar. Ularni Robbingizning yoʻliga daʼvat qiling. Shubhasiz, siz toʻg‘ri yoʻldasiz.
Alloh ularning oldilaridagi va orqalaridagi hamma narsani biladi. Shuningdek, barcha ishlar yolg‘iz Allohga qaytariladi.
Keyin, Biz unga vahiy qilib: “Bizning himoyamiz va vahiyimiz bilan bir kema yasagin. Bas, qachonki, Bizning amrimiz kelib, tannurdan olov oʻrniga favvoralar otilgan payt, u kemaga bir juft har bir jonivordan va oilangni olgin. Lekin kofirlardan kim haqida Bizni g‘arq boʻlishi xususida soʻzimiz oʻtgan boʻlsa, ulardan voz kech. Hamda zulm qilganlar haqida yordam soʻrab Menga xitob qilma. Ular, albatta, g‘arq qilinuvchilardir”, – deb vahiy qildik.
Keyin odamlar oʻrtalarida ishlarini parcha-parcha qilib yubordilar. Har bir guruh oʻz oldilaridagi narsa bilan xursanddirlar.