Kimki chiroyli amal qiluvchi boʻlgan holida oʻzini Allohga topshirsa, bas, u mustahkam xalqani ushlabdi. Barcha ishlarning oqibati yolg‘iz Allohga qaytadi.
Siz qidirgan أ م ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 248 ta oyat mavjud.
buyurgani, buyurmoqdamisizlar, sizga buyurmoqda, sizga buyurilgan, amrini, bir ishga (narsaga), U sizga buyuradi, ishning, barcha ishlar, sizga buyurgani
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Kimki chiroyli amal qiluvchi boʻlgan holida oʻzini Allohga topshirsa, bas, u mustahkam xalqani ushlabdi. Barcha ishlarning oqibati yolg‘iz Allohga qaytadi.
U osmondan yergacha boʻlgan barcha ishni boshqarib turadi. Soʻngra bu ishlarning barchasi miqdori siz sanayotgan hisobda ming yilga teng boʻlgan kunda Uning Oʻziga koʻtariladi.
Ular musibatlarga sabr qilishgach, Biz ulardan amrimiz bilan toʻg‘ri yoʻlga boshlaydigan rahnamolarni chiqardik. Ular oyatlarimizga aniq ishonar edilar.
Alloh va Uning payg‘ambarlari bir ishni hukm qilganda – hech bir moʻmin va moʻminaga uni bajarish yoki bajarmaslik ishlarida ixtiyor boʻlishi mumkin emas. Kimki Alloh va Uning payg‘ambariga osiylik qilsa, bas, u aniq zalolat bilan yoʻldan adashibdi.
Alloh va Uning payg‘ambarlari bir ishni hukm qilganda – hech bir moʻmin va moʻminaga uni bajarish yoki bajarmaslik ishlarida ixtiyor boʻlishi mumkin emas. Kimki Alloh va Uning payg‘ambariga osiylik qilsa, bas, u aniq zalolat bilan yoʻldan adashibdi.
Ey Muhammad, Alloh hidoyat bilan neʼmat bergan va siz ham qullikdan ozod qilish orqali inʼom qilgan shaxs Zayd ibn Horisaga: “Juftingni taloq qilishga shoshmay oʻzingda saqlagin va Allohdan qoʻrqqin”, – deb aytganingizni eslang. Alloh oshkor qiluvchi boʻlgan narsani ichingizda maxfiy tutardingiz va odamlarning ig‘vosidan qoʻrqar edingiz, holbuki, Allohdan qoʻrqmog‘ingiz haqliroq edi. Bas, qachonki, Zayd undan ehtiyojini ado etib taloq qilgach Biz sizni unga uylantirdik. Toki moʻminlarga asrandi bolalari oʻz xotinlaridan hojatlarini ado etishgach ularga uylanishlarida tanglik boʻlmasligi uchun shunday qildik. Allohning amri esa qilinuvchidir.
Allohning payg‘ambarga halol deb farz qilgan narsada unga tanglik boʻlmaydi. Bu oldingi oʻtgan payg‘ambarlar haqidagi Allohning yoʻlidir. Allohning amri belgilangan qadar boʻlgandir.
Sulaymonga ertalab bir oylik, kechki payt bir oylik masofani bosib oʻtadigan shamolni xizmatkor qilib qoʻydik va unga mis bulog‘ini oqizib qoʻydik. Hamda jinlardan ham Robbisining izni bilan uning qoʻl ostida ishlaydigan toifalarni boʻysundirib qoʻydik. Agar ulardan kim amrimizdan tashqari chiqsa, unga oʻt azobidan tottirib qoʻyardik.
Zaif sanalganlar mutakabbir kimsalarga: “Yoʻq, kecha-yu kunduz bizga qilgan makrlaringizchi?! Oʻshanda sizlar bizlarni Allohga kufr keltirishga va Unga teng sheriklar qilishga buyurar edingiz”, – deydilar. Ular azobni koʻzlari bilan koʻrgan vaqtlarida nadomatni ichlarida tutadilar. Biz kufr keltirgan kimsalarning boʻyinlariga kishanlar solamiz. Ular faqat dunyoda qilib oʻtgan amallariga yarasha jazolanadilar.
Ey Muhammad, agar mushriklar sizning payg‘ambar ekanligingizni inkor qilsalar, bas, bilingki, sizdan avvalgi payg‘ambarlar ham qavmlari tomonidan inkor qilinganlar. Albatta, barcha ishlar Allohga qaytariladi.
Biror narsa yaratishni iroda qilganda, Uning amri faqatgina unga “Boʻl!” deb aytishdir. Bas, U amr qilgan narsa darhol paydo boʻladi.
Bas, qachonki u bola otasi bilan birga yuradigan boʻlgach, Ibrohim unga: “Ey oʻg‘ilcham, men koʻpincha tushimda seni qurbon qilish uchun soʻyayotganimni koʻrmoqdaman. Oʻylab qarab koʻr, nima deysan?” – degan edi. Oʻg‘li Ismoil: “Ey otajon, senga tushingda Alloh tomonidan nima buyurilgan boʻlsa, oʻsha narsani qilgin. Inshaalloh, meni sabr qiluvchilardan topasan”.
Bas, unga uning buyrug‘i bilan u istagan tomonga mayin esaveradigan shamolni boʻysundirib qoʻydik.
Yana ularga: “Men Allohga dinni Unga xolis qilgan holda ibodat qilishga buyurilganman”, – deb ayting.
Shuningdek, musulmonlarning avvali boʻlishga buyurilganman, – deb ayting.
Ey Muhammad, mushriklarga: “Ey johillar, sizlar meni Allohdan boshqaga ibodat qilishga buyuryapsizlarmi?!” – deb ayting.
Alloh yuksak darajali va Arsh sohibidir. U Oʻz amri bilan bandalari orasidan kimni xohlasa, oʻshanga qiyomatdagi muloqot kunidan ogohlantirish uchun ruhni nozil qiladi.
Boshingizga azob tushganda men sizlarga aytayotgan bu soʻzlarimni eslaysizlar. Men oʻz ishimni Allohga topshiraman. Shubhasiz, Alloh bandalarining qilayotgan ishlarini koʻrib turuvchidir.
Ey Muhammad, ularga: “Men oʻzimga Robbim tomonidan hujjatlar kelgan paytda, sizlar Allohdan boshqaga duo qilayotgan narsalaringizga ibodat qilishdan man etilganman va olamlarning Robbisiga taslim boʻlishga amr qilindim”, – deb ayting.
U tiriltiradigan va oʻldiradigan Zotdir. Agar biror ishni hukm qilsa, unga faqat: “Boʻl!” – deydi, xolos. Bas, u ish boʻladi.