Oʻsha kunda har bir ummatdan oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan guruhlarni toʻplaymiz keyin ular saf-saf boʻlib tizilib turadilar.
Siz qidirgan أ م م masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 118 ta oyat mavjud.
ummiylar, peshvo, bir ummat (chiqadi), bir ummat edi, bir ummat, ummat, onasidur, va ummiylarga, ummiylarga, bir jamoa
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Oʻsha kunda har bir ummatdan oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan guruhlarni toʻplaymiz keyin ular saf-saf boʻlib tizilib turadilar.
Biz esa u yerda xorlangan kishilarga beminnat neʼmat berishni, ularni xorlikdan chiqarib, yoʻlboshchi zotlarga aylantirishni va ularni firʼavn mulkiga merosxoʻr qilishni istaymiz.
Biz Musoning onasiga uni tug‘gach firʼavn odamlari kelib oʻldirishlaridan qoʻrqib turgan paytida vahiy qilib: “Uni emizib turaver, agar Musoni oʻldirib yuborishlaridan qoʻrqsang, uni daryoga tashla. Hamda bu ishingdan qoʻrqmagin va qayg‘urmagin. Albatta, Biz uni senga qaytaruvchimiz va uni payg‘ambarlardan qiluvchimiz”, – dedik.
Musoning onasi oʻg‘lining daryoda oqib ketganini koʻrgach qalbi boʻshashib qoldi. Agar "Biz uni senga qaytaramiz”, degan vaʼdamizga iymon keltiruvchilardan boʻlishi uchun uning koʻnglini xotirjam qilmaganimizda, albatta, uni oʻz oʻg‘li ekanini bildirib qoʻygan boʻlar edi.
Shunday qilib, Biz Musoning onasining koʻzlari quvonishi va tashvish chekmasligi hamda Allohning vaʼdasi haq ekanini bilishi uchun uni yana onasiga qaytardik. Lekin odamlarning koʻpchiligi Allohning vaʼdasi haq ekanini bilmaydilar.
Qachonki, Madyan qudug‘idagi suv oldiga kelganda u joyda bir gala odamlar hayvonlarini sug‘orayotganini koʻrdi. Ulardan nariroqda ikki ayol qoʻylarini sug‘orishdan tortinib turganini koʻrdi. Muso ularga: “Sizlarga nima boʻldi, nega qoʻylarni sug‘ormayapsiz?” – dedi. Ular: “Biz, to podachilar mollarini sug‘orib qaytarmaguncha, sug‘ora olmaymiz. Otamiz esa qari bir chol”, – dedilar.
Ularni doʻzaxga chorlaydigan yoʻlboshchilar qilib qoʻydik. Qiyomat kunida ham ularga yordam berilmaydi.
Robbingiz shahar va qishloqlarning ona markazlariga ularga oyatlarimizni tilovat qiladigan bir payg‘ambar yubormagunicha, ularni halok qiluvchi boʻlmadi. Lekin yurtlarning aholisi zolimlardan boʻlganda halok qiluvchi boʻldik.
Biz u kunda har bir ummatdan bir payg‘ambarni guvoh qilib chiqaramiz. Keyin ularga: “Keltirgan shirkingiz uchun dalillaringizni olib keling”, – deymiz. Bas, ular haqiqat Alloh uchun ekanini biladilar va toʻqib olgan soxta ilohlari esa ulardan g‘oyib boʻladi.
Agar payg‘ambarimni yolg‘onga chiqarsangiz, bas, sizlardan avvalgi ummatlar ham payg‘ambarlarini yolg‘onchiga chiqarganlar. Payg‘ambar zimmasida esa faqat Allohning buyruqlarini bandalariga aniq yetkazishlik bordir.
Biz insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni amr qildik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan qornida koʻtarib yurdi. Uni koʻkrakdan ajratish muddati ikki yilda tugaydi. Biz insonga: “Menga va ota-onangga shukr qilgin. Oxirida qaytishlik, faqat Mening huzurimgadir!” – dedik.
Ular musibatlarga sabr qilishgach, Biz ulardan amrimiz bilan toʻg‘ri yoʻlga boshlaydigan rahnamolarni chiqardik. Ular oyatlarimizga aniq ishonar edilar.
Alloh hech bir kishining ichida ikki yurak qilgan emasdir. Shuningdek, sizlar zihor qiladigan xotinlaringizni ham sizlarga ona qilgan emas va asrandi bolalaringizni ham oʻz bolalaringiz qilgan emasdir. Bu, faqatgina sizlarning og‘izlaringizdagi soʻzingizdir. Alloh esa haqiqatni aytadi va Uning Oʻzi toʻg‘ri yoʻlga boshlaydi.
Payg‘ambar, moʻminlarga oʻz jonlaridan ham qiymatliroqdir, uning ayollari esa ularning onalaridir. Allohning kitobida qarindoshlar merosxoʻrlikda bir-birlariga qarindosh boʻlmagan moʻminlardan va muhojirlardan koʻra haqliroqdirlar. Biroq sizlar diniy doʻstlaringizga meros berishlik bilan yaxshilik qilishingiz mumkin. Bu, kitobda bitib qoʻyilgan hukmdir.
Albatta, Biz sizni haq din bilan, xushxabar beruvchi va jahannam azobidan ogohlantiruvchi payg‘ambar qilib yubordik. Har bir ummat ichida ham, albatta, bir ogohlantiruvchi payg‘ambar boʻlib oʻtgan.
Makka kofirlari agar ularga biror ogohlantiruvchi payg‘ambar kelsa, albatta, unga iymon keltirib har qanday ummatlardan koʻra hidoyatliroq boʻlishlari haqida jon-jahdlari bilan qasam ichgan edilar. Vaqtiki, ularga ogohlantiruvchi payg‘ambar kelgach, bu ularni hidoyatdan yanada uzoqlashtirdi.
Albatta, Biz qiyomatda oʻliklarni tiriltiramiz va ularning taqdim qilgan narsalarini va hayotda qoldirgan izlarini yozib boramiz. Barcha narsani ochiq-oydin kitobda hisoblab qoʻyganmiz.
U sizlarni bir jondan yaratdi, soʻngra undan jufti Havvoni paydo qildi. Sizlar uchun chorva hayvonlaridan sakkiz juftni yaratib tushirdi. U sizlarni onalaringizning qornida uch tabaqa zulmat ichida asta-sekin yaratadi. Ana shu Alloh – Robbingizdir. Barcha mulk faqat Unikidir. Undan oʻzga iloh yoʻq. Bas, Unga ibodat qilmay qay tomonga burilib ketyapsizlar?!
Ulardan oldin Nuh qavmi va ulardan keyingi firqalar ham payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqargan edilar. Har bir ummat oʻz payg‘ambarini tutib oʻldirishga qasd qilgan va haqni yoʻqotish uchun botil hujjatlar bilan tortishganlar. Bas, ularni azobim bilan tutdim. Mana, azobim qanday boʻldi?!
Biz dunyoda ular uchun toʻg‘ri yoʻldan ozdiradigan yaqin doʻstlar biriktirib qoʻydik. Bas, bu doʻstlar ularga oldilaridagi va orqalaridagi gunoh ishlarni chiroyli qilib koʻrsatdilar. Ularga ham, insu jindan iborat oʻzlaridan avvalgi yashab oʻtgan ummatlar qatorida, azob haqidagi soʻz muqarrar boʻldi. Haqiqatan, ular ziyon koʻruvchi boʻldilar.